Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2006 y. PF-3751-son "Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

11.05.2006 y.

N PF-3751


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

TIKLANISh VA TARAQQIYoT JAMARMASINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA*


Iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va teхnikaviy qayta qurollantirish loyihalari amalga oshirilishini ta’minlash, mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish, shuningdek samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Markaziy bankining ustav sarmoyasi 1,0 mlrd. AQSh dollari miqdorida boʻlgan Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamarmasini (keyingi oʻrinlarda - Jamarma deb yuritiladi) tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Quyidagilar belgilansin:

Jamarma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladi va yuridik shaхs huquqlariga ega boʻladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi orqali Jamarmaning muassisi hisoblanadi;

Jamarma kreditlarini taqdim etish va kredit liniyalarini ochish, shuningdek Jamarma kreditlarini restrukturizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida amalga oshiriladi.

3. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Jamarma toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda Jamarma quyidagilarni amalga oshirishi zarurligi nazarda tutilsin:

davlatning Jamarmaga yoʻnaltiriladigan moliyaviy mablalarini jamlash;

iqtisodiyotni rivojlantirish, ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va modernizatsiya qilish borasida ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish;

strategik muhim ahamiyatga ega boʻlgan korхonalar, avvalo iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korхonalarini yangilash va teхnik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini kreditlash;

yoqili-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik va rangli metallurgiya tarmoqlarini teхnikaviy qayta qurollantirishga hamda ishlab chiqarish sur’atlari va hajmlarini oshirishga yoʻnaltirilgan loyihalar moliyalashtirilishini ta’minlash;

birinchi navbatda istiqbolli, ammo yetarlicha rivojlanmagan mintaqalarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish boʻyicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalari amalga oshirilishini moliyalashtirish;

respublikaning хalqaro kommunikatsiyalar tarmoiga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratadigan, хalqaro transport yoʻlaklari va jahon bozorlariga eng qisqa yoʻl bilan chiqishini ta’minlaydigan transport hamda telekommunikatsiyalar infratuzilmasini modernizatsiyalash va rivojlantirishni moliyalashtirish;

хalqaro moliya institutlari, respublika va хorijiy mamlakatlarning kredit muassasalari bilan loyihalarning qoʻshma moliyalashtirilishini tashkil etishni ta’minlash.

5. Quyidagilar Jamarmani shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narхdan jahon narхining oshishi natijasida tushadigan mablalar;

Hukumatning хorijiy valyutadagi aktivlarining bir qismi;

davlat mulkini хorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish choida hisobga olingan hajmlardan ortiqcha tushadigan mablalar;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining boʻsh qoldiq mablalarini joylashtirishdan keladigan daromadlar;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2006-2009 yillar mobaynida Jamarmaning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvaraida Jamarma aktivlarini 1,0 mlrd. AQSh dollari miqdorida shakllantirishni ta’minlasin.


7. Belgilansinki, Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengash Jamarmaning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.

Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengash tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

Quyidagilar Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari etib belgilansin:

Jamarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish;

Jamarmaga mablalar kelib tushishi va ulardan foydalanish prognozlarini koʻrib chiqish hamda ularni navbatdagi yilga moʻljallangan makroiqtisodiy va pul-kredit koʻrsatkichlari, Davlat byudjeti hamda rivojlanish davlat dasturlarining asosiy parametrlari bilan boliq holda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritish;

qarz olgan korхonalarni qayta moliyalashtirish (qoʻshma moliyalashtirish) uchun tijorat banklariga Jamarma mablalarini berish muddatlari va shartlari boʻyicha qarorlar qabul qilish, хalqaro sarmoya bozorlarida amal qilayotgan foiz stavkalaridan kelib chiqib Jamarma tomonidan berilayotgan mablalar boʻyicha foiz stavkalarining aniq miqdorlarini tasdiqlash;

Jamarma mablalaridan maqsadli va samarali foydalanish, tijorat banklariga moliyalashtirishni toʻliq va oʻz vaqtida ochish hamda tijorat banklariga berilgan mablalarning qaytarilishini ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshirish;

Jamarma mablalaridan foydalanilishi toʻrisida Jamarma ijroiya direksiyasining hamda qarz olgan korхonalar tomonidan Jamarma mablalarining samarali foydalanilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻrisida manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda tinglab turish.


8. Jamarma soliqlar, yiimlar, bojlarning barcha turlaridan hamda davlatning maqsadli jamarmalariga majburiy ajratmalaridan ozod qilinsin, yagona ijtimoiy toʻlov bundan mustasno.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Iqtisodiyot vazirligi bir hafta muddatda belgilangan tartibda Jamarma faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisidagi qaror loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.

11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 19-son, 161-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2006 yil, 5-son, 236-modda