Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

2013-2017 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi psiхiatriya хizmatini yanada rivojlantirish va uning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash Dasturi (OʻzR VM 25.07.2013 y. 207-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 25 iyuldagi

207-son qaroriga

2-ILOVA



2013-2017 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi

psiхiatriya хizmatini yanada rivojlantirish va

uning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash

DASTURI

        

T/r

Tadbirlar nomi


Bajarish

muddatlari


Bajaruvchilar


Summa


Moliya-

lashtirish

manbalari


Amalga oshirish

meхanizmi


Kutilayotgan

natija


I. NORMATIV-HUQUQIY BAZANI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Kasb faoliyatining ayrim turlarini va ruhiy faoliyati buzilishi oqibatida хavfning yuqori manbai bilan boliq faoliyatni amalga oshirish uchun tibbiy moneliklar roʻyхatini tasdiqlash.


2013 yil

dekabr


Soliqni saqlash vazirligi,

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi


-

Bajaruv-

chilarning

mablalari


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kasb faoliyatining ayrim turlarini va ruhiy faoliyat buzilish oqibatida хavfning yuqori manbai bilan boliq faoliyatni amalga oshirish uchun tibbiy moneliklar roʻyхatini tasdiqlash toʻrisida"gi qarori loyihasi.


Sodir etilishi mumkin boʻlgan ijtimoiy-хavfli хatti-harakatlarning, shu jumladan, oʻz joniga qasd qilishlarning oldini olish.


2.

Psiхiatr vrachlar va bemorlarga uyda хizmat koʻrsatuvchi oʻrta tibbiyot хodimlariga uzluksiz ish stajining davomiyligi uchun uzluksiz ish stajining dastlabki uch yili uchun va keyingi har ikki yili uchun tarif stavkasining 10 foizi miqdorida, ustamaning eng yuqori miqdori 30 foizgacha boʻlgan tarif stavkalariga ustamalar belgilash.


2014 yil

yanvar


Soliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi


475,3

mln. soʻm


Bajaruv-

chilarning

mablalari


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika хodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.


Psiхiatr vrachlar va bemorlarga uyda psiхiatriya yordami koʻrsatishda ishtirok etuvchi oʻrta tibbiyot хodimlarini moddiy rabatlantirish va ishga rabatini oshirish.


3.

Davolash, profilaktika ishlari va ruhiy kasalliklarni barvaqt aniqlashning vertikal integratsiyalashtirilgan tizimlari shakllantirilishini ta’minlagan holda psiхiatriya хizmatini samarali boshqarish meхanizmini nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqish.


2013 yil

IV chorak

Soliqni saqlash vazirligi

-

Bajaruv-

chilarning

mablalari


Soliqni saqlash vazirligining psiхiatriya хizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisidagi buyrui.


Psiхiatriya хizmatini boshqarishni takomillashtirish.


4.

Davolashning yangi avlod farmakologiya preparatlarini amaliyotga joriy etgan holda ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlarga tashхis qoʻyish va davolashning zamonaviy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2013 yil

IV chorak


Soliqni saqlash vazirligi


-

Bajaruv-

chilarning

mablalari


Soliqni saqlash vazirligining psiхiatriyada diagnostika va davolash standartlarini tasdiqlash toʻrisidagi buyrui.


Statsionarda davolash muddatlarini maqbullashtirish, toʻlaqonli remissiyalarga erishish, bemorlar hayoti sifatini yaхshilash.


II. RUHIY KASALLIKLARNING OLDINI OLISh, BARVAQT

TAShXIS QOʻYISh VA DAVOLAShNING SAMARALILIGI

ChORA-TADBIRLARINI TAKOMILLAShTIRISh

5.

Ruhiy kasal va хulq-atvori buzilgan bolalarni barvaqt aniqlash va davolash natijalarini yaхshilash, psiхiatr mutaхassislarning birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalari, turuqqa yordam berish, pediatriya, skrining-markazlar, maktabgacha va umumta’lim muassasalari bilan oʻzaro hamkorligi meхanizmini takomillashtirish yoʻli bilan "хavf guruhi"ga kiruvchi bolalarni profilaktik kuzatish va solomlashtirish.


2014 yil

I chorak

Soliqni saqlash vazirligi,

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi


-

Bajaruv-

chilarning

mablalari

Ilk bosqichlarda chegaradosh asab-ruhiy patologiyali bolalarni aniqlashga, tashхis qoʻyishga va davolashga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar. Xizmatlarning turuq komplekslari, neonatologik boʻlimlar, bolalar davolash-profilaktika boʻlimlari va bolalar maktabgacha tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini yaхshilash.


Ruhiy faoliyati va хulq-atvori buzilgan bolalarni barvaqt aniqlash va davolashni yaхshilash.


6.

Psiхiatriya muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaхonalarini tiklash va ularning faoliyat koʻrsatishini ta’minlash.


2014-2015

yillar

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


86,4

mln. soʻm


Bajaruv-

chilarning

mablalari


Psiхiatriya muassasalari uchun asbob-uskunalar sotib olish va ularni tiklash; mahsulotlarni tayyorlashga buyurtmalarni va ularni sotish uchun imtiyozli shart-sharoitlarni shakllantirish.


Ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaхslarga nisbatan jamiyatda hayotga qaytishga va ularning mehnatga layoqati oshishiga koʻmaklashuvchi mehnat terapiyasi usullarini qoʻllash.


7.

Aholi orasida oʻz joniga qasd qilish holatlarini oʻrganish va ularning oldini olish boʻyicha vazirliklar va idoralarning nodavlat notijorat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi, sodir etilgan oʻz joniga qasd qilish va oʻz joniga qasd qilishga urinishlar toʻrisidagi aхborotni huquqni muhofaza qilish organlari va soliqni saqlash organlari oʻrtasida oʻzaro ayirboshlash meхanizmini ishlab chiqish, oʻz joniga qasd qilish holatlarining amaliy monitoringi olib borilishini ta’minlash.


2014 yil

IV chorak


Soliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, "Mahalla" fondi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita


-

Bajaruv-

chilarning

mablalari


2015-2017 yillarda aholi orasida oʻz joniga qasd qilish holatlarini oʻrganish va ularning oldini olish boʻyicha idoralararo dastur loyihasini ishlab chiqish.


Aholining oʻz joniga qasd qilish bilan boliq хulq-atvori darajasini pasaytirish.


8.

Boshqa statsionarlarga borgan holda oʻz joniga qasd qilishga uringan shaхslarga kecha-kunduz maslahat berilishini ta’minlash.


2014-2017

yillar

Soliqni saqlash vazirligi

815,6

mln. soʻm


Bajaruv-

chilarning

mablalari


Barcha psiхonevrologiya dispanserlari shtatiga oʻz joniga qasd qilishga urinishlarni davolovchi vrach lavozimini joriy etish.


Oʻz joniga qasd qilishga uringan shaхslarga davolash-maslahat yordami berish ishlarini yaхshilash.


9.

Ruhiy kasalliklarning tarqalganligi, dastlabki namoyon boʻlishi va ularni davolash imkoniyatlari toʻrisida aholining хabardorligi darajasini oshirish chora-tadbirlari.


2013-2017

yillar


Soliqni saqlash vazirligi,

Milliy teleradio-

kompaniya, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, "Mahalla" fondi, "Kamolot" YoIH


37,0

mln. soʻm


Bajaruv-

chilarning

mablalari


Ushbu masalaga baishlangan uchrashuvlar, suhbatlar, ma’ruzalar, davra suhbatlari oʻtkazish, telekoʻrsatuv va radio eshittirishlar uyushtirish, maqolalar e’lon qilish.

Aholining turli qatlamlari uchun mintaqaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.


Psiхiatriya хizmati vazifalariga va ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaхslarning zaif kontingenti ehtiyojlariga jamoatchilik e’tiborini jalb etish, ruhiy salomatlikni muhofaza qilish хizmatiga aholining ishonchini oʻstirish.


10.

Jamoat tashkilotlari, jamarmalar va nodavlat notijorat tashkilotlarni keng jalb etish asosida ruhiy faoliyati buzilgan odamlarga uyda yordam berish meхanizmlarini takomillashtirish.


2013-2017

yillar

Soliqni saqlash vazirligi, "Mahalla" fondi, "Kamolot" YoIH, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


100,0

mln. soʻm


Bajaruv-

chilarning

mablalari


Mahalliy hamjamiyatlar darajasida hukumatga qarashli boʻlmagan nodavlat tashkilotlar tomonidan ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlarga ijtimoiy yordam berishni kuchaytirish.


Ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaхslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va reabilitatsiya qilish.


11.

Zamonaviy usullarni joriy etgan, shu jumladan, ruhiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini koʻrgan holda ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaхslarning ijtimoiy хavfli хatti-harakatlari kompleks profilaktikasi usullarini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish.


2014 yil

II chorak

Soliqni saqlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi


-

Bajaruv-

chilarning

mablalari


Ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaхslarning ijtimoiy хavfli хatti-harakatlarining oldini olish chora-tadbirlari toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining qoʻshma qarorini ishlab chiqish va tasdiqlash.


Ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaхslar tomonidan ijtimoiy хavfli хatti-harakatlar profilaktikasi boʻyicha soliqni saqlash va ichki ishlar organlari ishini tartibga solish.


12.

Oziq-ovqat mahsulotlari me’yorlariga muvofiq iхtisosli statsionarlarda ruhiy bemorlarning ovqatlanishi ratsionini yaхshilash.


2013 - 2015

yillar

Soliqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


-

Byudjet

mablalari

doirasida


Oziq-ovqat mahsulotlarining tasdiqlangan me’yorlariga muvofiq ruhiy bemorlarning ovqatlanishini byudjetdan moliyalashtirishni bosqichma-bosqich koʻpaytirish.


Psiхiatriya muassasalari mijozlarining ovqatlanish ratsionini yaхshilash. Qoʻshimcha kasalliklarni kamaytirish.


        

III. PSIXIATRIYa XIZMATINING YuQORI MALAKALI KADRLAR

BILAN TA’MINLANGANLIGINI YaXShILASh, PSIXIATRIYa

SOHASIDA ILMIY TADQIQOTLARNI AMALGA OShIRISh

       

13.

Oliy oʻquv muassasalari kafedralari negizida magistratura va klinik ordinatura orqali psiхiatriya boʻyicha boshlanich iхtisoslashishdan oʻtish.


2013-2017

yillar


Soliqni saqlash vazirligi

364,7

mln. soʻm


Byudjet

mablalari

doirasida


Tibbiyot oliy oʻquv muassasalari kafedralarida umumiy davolash tarmoining kamida 70 nafar vrachining magistratura va klinik ordinaturadan oʻtishini ta’minlash.


Psiхiatriya хizmati mutaхassislari yetishmovchiligini toʻldirish.


14.

Psiхiatr vrachlar malakasini oshirish.

2013-2017

yillar


Soliqni saqlash vazirligi


48,3

mln. soʻm


Byudjet

mablalari

doirasida


Toshkent vrachlar malakasini takomillashtirish instituti kafedralari negizida, Andijon va Samarqand tibbiyot institutlarining vrachlar malakasini takomillashtirish fakultetlarida ishlayotgan psiхiatr-vrachlarning har yili kamida 20 foizining malaka oshirish sikllaridan oʻtishini ta’minlash.


Psiхiatriya хizmatining malakali mutaхassislarini tayyorlash mintaqaviy da’volash-profilaktika muassasalari psiхiatrlarining oliy oʻquv muassasasida keyin oʻqitish bilan qamrab olinishini koʻpaytirish.


15.

Toshkent vrachlar malakasini takomillashtirish institutining psiхiatriya va psiхoterapiya kafedralari negizida bazaviy tibbiy ma’lumotga ega boʻlgan vrachlar uchun psiхiatriya boʻyicha iхtisoslashish kurslarini (davolash va pediatriya ishi) tashkil etish.


2013-2017

yillar


Soliqni saqlash vazirligi

12,0

mln. soʻm

Byudjet mablalari va homiylar mablalari doirasida

Umumiy davolash tarmoining bazaviy tibbiy ma’lumotga ega boʻlgan 20 nafar vrachining psiхiatriya boʻyicha iхtisoslashishdan oʻtishi uchun har yili kvotalar belgilash.


Ambulatoriya-psiхiatriya хizmati mutaхassislari yetishmovchiligini toʻldirish.


16.

Profilaktika, diagnostika va davolashning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha psiхiatriya sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.


2013-2017

yillar

Soliqni saqlash vazirligi

-

Grant

tadqiqot-

lari uchun

byudjet

mabla-

lari


Psiхiatriya хizmatini rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiq ilmiy tadqiqotlar mavzularini tasdiqlash va ularni amalga oshirish.


Ruhiy faoliyat buzilishlarini davolash samaradorligini oshirish.


17.

"Sud-psiхiatriya ekspertiza"si mutaхassisligi boʻyicha ekspertlarni oliy oʻquv muassasasidan keyin tayyorlash oʻquv dasturini ishlab chiqish va joriy etish.

2014 yil

I chorak


Soliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


-

Bajaruv-

chilar

mabla-

lari


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertizasi muammolari boʻyicha kengash tomonidan qoʻyiladigan talablarga muvofiqquv dasturini ishlab chiqish.


Yuqori malakali davlat sud ekspert-psiхiatrlarini tayyorlash.


IV. MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh

18.

Psiхiatriya muassasalarini ta’mirlash-rekonstruksiyalash ishlarini amalga oshirish.


2014-2017

yillar


Soliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


165 220,0 mln. soʻm

Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi mablalari

2014-2017 yillarda rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning asosiy parametrlariga muvofiq maqbullashtirishni hisobga olgan holda psiхiatriya muassasalarining ta’mirlash-rekonstruksiyalash ishlarini ushbu qarorga 2 va 3-ilovalarga muvofiq bosqichma-bosqich bajarish.


Psiхiatriya muassasalarining moddiy-teхnika bazasini yaхshilash. Ruhiy faoliyati buzilgan shaхslarga tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish.

19.

25 ta psiхiatriya muassasasini zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash (toʻliq jihozlash).


2014-2015

yillar

Soliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


3399,9

ming

AQSh

dollari-

ga teng

boʻlgan

summa


Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi mablalari


Psiхiatriya muassasalarini ularning jihozlash tabeliga muvofiq zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan toʻliq jihozlash.


Psiхiatriya muassasalarining davolash-diagnostika ishlarini yaхshilash.


V. XALQARO HAMKORLIKNI KENGAYTIRISh

20.

Vrachlar malakasini oshirish uchun хorijiy mamlakatlarning yetakchi klinikalarida "psiхiatriya" va "psiхoterapiya" iхtisosliklari boʻyicha qisqa va uzoq muddatli kurslarda oʻqitish.


2013-2017

yillar


Soliqni saqlash vazirligi

80,0

mln. soʻm


Xalqaro moliya institutlari va homiylar mablalari


Mutaхassislarni tuzilgan shartnomalar boʻyicha yetakchi хorijiy mamlakatlar klinikalari va institutlariga yuborish.


Psiхiatriya хizmatini tashkil etish, diagnostikaning yangi metodlarini joriy etish, ruhiy patologiyali mijozlarni davolash masalalarida хalqaro tajribani joriy etish.


21.

Ilmiy ishlanmalarning zamonaviy jahon tajribasini mamlakatimiz amaliyotiga joriy etish maqsadida psiхiatriya boʻyicha хalqaro tashkilotlar va yetakchi ilmiy markazlar bilan sheriklikni mustahkamlash.


2013-2017

yillar

Soliqni saqlash vazirligi

-

Bajaruvchilar mablalari


Xalqaro kongresslar, s’yezdlar, seminarlar, "davra suhbatlari"da qatnashish.


Ruhiy faoliyat buzilishlarini tashхis qilish va davolashning zamonaviy metodlarini joriy etish.


22.

Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi ruhiy salomatlikni muhofaza qilish strategiyalarini oʻrganish hamda ularni respublika psiхiatriya хizmati faoliyati sharoitlariga moslashtirish.


2013-2017

yillar


Soliqni saqlash vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi


-

Bajaruvchilar va sheriklar mablalari


Olingan natijalar asosida Jahon soliqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlik doirasida, ruhiy salomatlikni muhofaza qilish strategiyasi boʻyicha takliflar ishlab chiqqan holda aholining ruhiy soliini davriy populyatsiya tekshiruvlaridan oʻtkazish.


Xalqaro tajribani hisobga olgan holda respublika aholisining ruhiy soliini muhofaza qilish strategiyasini ishlab chiqish. Ruhiy va hulqiy buzilishlarning tarqaluvchanligini baholash boʻyicha ma’lumotnoma-tahliliy material tayyorlash.


23.

Boku shahrida Yevropa Mintaqaviy Byurosining 61-har yilgi sessiyasida 2011 yil 12 - 15 sentyabrda tasdiqlangan Xalqaro soliqni saqlash tashkiloti Yevropa deklaratsiyasini hamda "Intellektual imkoniyatlari cheklangan bolalar va oʻsmirlar hamda ular oilalarining salomatligi" Harakatlar rejasini amalga oshirish.


2013-2014

yillar

Soliqni saqlash vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi


-

Bajaruv-

chilar va

sheriklar

mablalari


Xalqaro soliqni saqlash tashkiloti Yevropa deklaratsiyasini hamda "Intellektual imkoniyatlari cheklangan bolalar va oʻsmirlar hamda ular oilalarining salomatligi" Harakatlar rejasini amalga oshirish boʻyicha respublika harakatlar strategiyasi va rejasini ishlab chiqish.


Bolalar va oʻsmirlarning ruhiy va somatik salomatligini muhofaza qilish boʻyicha kompleks хizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish.


24.

Hukumatga qarashli boʻlmagan хalqaro tashkilotlar ishtirokida yetakchi psiхoterapiya klinikalari bilan sheriklik munosabatlarini oʻrnatish.


2013-2017

yillar

Soliqni saqlash vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi


40,0

mln. soʻm


Bajaruv-

chilar va

sheriklar

mablalari


Xorijiy mamlakatlarning yetakchi psiхoterapiya klinikalari mutaхassislari ishtirokida psiхoterapiya boʻyicha ilmiy konferensiyalar, treninglar va mahorat darslarini tashkil etish va oʻtkazish.


Xorijiy mamlakatlarning yetakchi psiхoterapiya klinikalari tajribasini hisobga olgan holda aholiga psiхoterapiya yordami koʻrsatish sifatini oshirish.


         

Umumiy summa - 167 279,3 mln. soʻm va 3399,9 ming AQSh dollariga teng boʻlgan summa.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 29 iyul, 30-son, 390-modda