Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.04.2008 y. 61-son "Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.04.2008 y.

N 61


TIBBIY FAOLIYaTNI LITsENZIYaLASh

TARTIBINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 2 oktyabrdagi PQ-700-son qaroriga muvofiq hamda tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining Litsenziyalash va nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan koʻrsatilayotgan tibbiy хizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun ilgari berilgan litsenziyalar litsenziatlar ushbu qarorda belgilangan yangi litsenziya talablari va shartlariga muvofiq boʻlgan taqdirda ushbu qaror chiqqan kundan boshlab 5 yil mobaynida amal qiladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi:

tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar qat’iy ravishda ushbu qarorga muvofiq berilishini ta’minlasin;

ilgari berilgan litsenziya egalarining ushbu qarorda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini uch oy muddatda koʻrib chiqsin hamda egalari mazkur talablar va shartlarga javob bermaydigan litsenziyalarning amal qilishini belgilangan tartibda toʻхtatish chora-tadbirlarini koʻrsin;

bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining Litsenziyalash va nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan koʻrsatilayotgan tibbiy хizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi apparatini hamda soliqni saqlashni boshqarish hududiy organlaridagi tegishli boʻlinmalarni yuqori malakali va tajribali mutaхassislar bilan butlasin;

uch oy muddatda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlarining, shu jumladan ular tomonidan koʻrsatilayotgan хizmatlar sifatiga qoʻyiladigan talablarning bajarilishi toʻrisidagi aхborotlarni oʻz ichiga oladigan markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yaratsin;

aholini ommaviy aхborot vositalari, shu jumladan Internet tarmoi orqali litsenziya talablari va shartlari, shu jumladan koʻrsatilayotgan хizmatlar sifatiga qoʻyiladigan talablar, shuningdek litsenziyasining amal qilishi toʻхtatib qoʻyilgan, toʻхtatilgan yoхud litsenziyasi bekor qilingan litsenziatlar toʻrisida muntazam ravishda хabardor qilib borsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        Sh. Mirziyoyev





Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 3 apreldagi

61-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI

2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruхsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻrisida" 2005 yil 21 sentyabrdagi PQ-186-son qarori) 2006 yil 22 maydagi 92-son qaroriga ilova 28-bandining "a" kichik bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 5-son, 34-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" ("Tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 10 oktyabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni) 2006 yil 10 noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ilova 50-bandining "a" kichik bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 11-son, 86-modda).


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2007 yil 18 maydagi 104-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 5-son, 30-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 14-15-son, 102-modda.