Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.07.2003 y. 314-son "Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.07.2003 y.

N 314



LOTEREYaLAR TAShKIL ETISh FAOLIYaTINI

LITsENZIYaLASh TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar tashkil etish faoliyati bilan shuullanish huquqiga litsenziyalar berish yuzasidan хulosalar tayyorlash boʻyicha ekspert komissiyasi tarkibi va uning toʻrisidagi nizomni ikki hafta muddatda tasdiqlasin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qaror kuchga kirgunga qadar berilgan litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 15 noyabrdagi 396-son qaroriga muvofiq belgilangan muddatlarda qayta rasmiylashtirilgan taqdirda ularning amal qilish muddati tugagungacha haqiqiy hisoblanadi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 15 noyabrdagi 396-son qaroriga muvofiq litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda yuridik shaхs-litsenziatlarning mazkur qaror talablariga muvofiqligini ham hisobga olsin;

lotereyalar tashkil etish shartlarini faqat litsenziyalari mazkur qaror talablariga muvofiq qayta rasmiylashtirilgan yoki berilgan yuridik shaхslar uchun tasdiqlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda belgilangan tartibda litsenziya olmagan yoki ularni qayta rasmiylashtirmagan yuridik shaхslarning lotereyalar tashkil etish faoliyatiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻrsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Oʻ.Sultonov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 7, 62-modda.