Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.09.2003 y. 410-son "Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.09.2003 y.

N 410



QURILISh SOHASIDAGI

FAOLIYaTNI LITsENZIYaLASh

TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻrisida" 2003 yil 6 maydagi PF-3240-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

3. Belgilab qoʻyilsinki:

Komissiya qurilish sohasida litsenziyalar berish va ularni bekor qilish, ularning amal qilishini toʻхtatish toʻrisida qarorlar qabul qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi, uning qarorlariga muvofiq litsenziyalarni rasmiylashtiradi, ularni qayta rasmiylashtiradi, litsenziya bitimlari tuzadi, litsenziyalar reyestrini yuritadi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, litsenziyalarning amal qilishini toʻхtatib turadi va tiklaydi.

4. Vazirlar Mahkamasining qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash komissiyasi ikki hafta muddatda:

Komissiya toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

litsenziyalanadigan faoliyatning tegishli turlari boʻyicha ishchi guruhlar tarkibini tasdiqlasin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N.Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2003 y., 17-son, 155-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 9, 87-modda.