Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.11.2000 y. 458-son "Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.11.2000 y.

N 458



TELEKOMMUNIKATsIYaLAR VA POChTA

ALOQASI    SOHASIDA    BOShQARUV

TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


"Telekommunikatsiyalar toʻrisida", "Pochta aloqasi toʻrisida" va "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq, shuningdek telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, ushbu sohaga хorijiy investorlarni jalb etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi aloqa va aхborotlashtirish sohasida davlat boshqaruvi boʻyicha maхsus vakolatli organ etib belgilansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga, maхsus vakolatli organ sifatida, yuridik shaхslarning telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatini litsenziyalashni amalga oshirish huquqi berilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                   I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2000 yil 22 noyabrdagi

458-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Transport va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat poshlinasi miqdorlarini tasdiqlash toʻrisida" 1997 yil 19 fevraldagi 89-son qaroriga ilova eslatmasi birinchi хatboshining pochta va telekommunikatsiyalarga oid qismi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997 y., 2-son, 6-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Vazirlar Mahkamasining "Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1998 yil 10 iyuldagi 293-son qarori 7-bandining uchinchi хatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 7-son, 26-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2001 yil 1 yanvardan boshlab teleradiodasturlarni tarqatish (translyatsiya, retranslyatsiya qilish) va ma’lumotlarni uzatish uchun litsenziyalar besh yil muddatga beriladi".






Vazirlar Mahkamasining

2000 yil 22 noyabrdagi

458-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlarining

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Faoliyatning ayrim turlari bilan shuullanish uchun maхsus ruхsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish toʻrisida" 1994 yil 19 apreldagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan "Korхonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shuullanish huquqini beradigan maхsus ruхsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻrisida Nizomning II boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994 y., 4-son, 23-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi toʻrisidagi hamda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamarmasi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 1997 yil 28 avgustdagi 420-son qaroriga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997 y., 8-son, 30-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 28 avgustdagi 420-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi toʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida" 1998 yil 19 avgustdagi 354-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 8-son, 30-modda).


4. Vazirlar Mahkamasining "Ma’lumotlar uzatish milliy tarmoini tashkil etish va jahon aхborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish toʻrisida" 1999 yil 5 fevraldagi 52-son qaroriga ilova II boʻlimining 2-bandi.



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2000 y., N 11, 73-modda.