Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.02.2012 y. 26-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.02.2012 y.

N 26



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasining

"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar

kiritish haqida" 2011 yil 7 sentyabrdagi OʻRQ-292-son Qonuni)


Oʻzbekiston Respublikasining "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2011 yil 7 sentyabrdagi OʻRQ-292-son Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 1 fevraldagi

26-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

9. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 16 iyuldagi 314-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 7-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizomda:


a) 8-bandning uchinchi хatboshidan "notarial tasdiqlangan" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) 20-bandning birinchi хatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qoʻshilsin:

"Litsenziya berishni rad etish haqidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak";


v) 21-banddagi "bir hafta" soʻzlari "bir oy" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 32-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"32. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi".


10. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 16 iyuldagi 315-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan boliq faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi nizomda:


a) 12-bandning uchinchi хatboshidan "notarial tasdiqlangan" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) 26-bandga quyidagi mazmundagi jumla qoʻshilsin:

"Litsenziya berishni rad etish haqidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak";


v) 29-banddagi "bir hafta" soʻzlari "bir oy" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 40-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"40. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi";


d) 41-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

36. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Davlat korхonalari toʻrisidagi nizomning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korхonalari faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini, faoliyatning ushbu turlarini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda, tegishli litsenziya olmasdan amalga oshirishga haqlidirlar".

38. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 9 martdagi 60-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 3-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Advokatlik faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizomda:


a) 12-bandning birinchi хatboshidagi "miqdorda" soʻzi "eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 18-bandning birinchi хatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qoʻshilsin:

"Litsenziya berishni rad etish haqidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak";


v) 20-bandning birinchi хatboshidagi "bir hafta" soʻzlari "bir oy" soʻzlari bilan almashtirilsin.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 6-son, 57-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2012 yil, 2-son, 5-modda