Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2012 y. PF-4491-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

26.12.2012 y.

N PF-4491



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh

TOʻRISIDA


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2013 yilning 1 yanvaridan boshlab ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2012 yil 26 dekabrdagi

PF-4491-sonli Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim farmonlariga 2013 yilning 1 yanvaridan

kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordami tizimini takomillashtirish toʻrisida" 1994 yil 16 iyundagi PF-871-sonli Farmonida:


a) 1-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"14 yoshgacha voyaga yetmagan bolalari boʻlgan oilalarga har oylik nafaqa;


b) 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


v) 3-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"14 yoshgacha voyaga yetmagan bolalari boʻlgan oilalarga har oylik nafaqalar uchun - respublika va mahalliy byudjetlarning mablalari".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga oid tadbirlar toʻrisida" 1994 yil 23 avgustdagi PF-938-sonli Farmoni 4-bandining uchinchi хatboshisidagi "amaldagi" soʻzidan oldin "yil boshida belgilangan" soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish toʻrisida" 2002 yil 25 yanvardagi PF-3017-sonli Farmonida:


a) 2-bandidagi "eng kam" soʻzlaridan oldin "yil boshida belgilangan" soʻzlari yozilsin;


b) 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlar toʻrisida" 2007 yil 19 martdagi PF-3864-sonli Farmoni 3-bandining toʻrtinchi хatboshisidagi "Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda eng kam ish haqining 1 baravari, Toshkent shahrida 1,5 baravari miqdorida" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilanadigan miqdorlarda" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2011 yil 24 avgustdagi PF-4354-sonli Farmoni 8-bandidagi "kichik korхonalar" soʻzlaridan keyin "(tabiiy gazni tranzit va eksport qiladigan korхonalar bundan mustasno)" soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 52-son, 586-modda