Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.03.1993 y. 160-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga monopoliyaga qarshi siyosatni olib borish boʻyicha vazifalarni yuklash toʻgʻrisida" 1993 yil 6 fevraldagi 63-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.03.1993 y.

N 160


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING "OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI   MOLIYa   VAZIRLIGIGA

MONOPOLIYaGA QARShI SIYoSATNI OLIB

BORISh BOʻYIChA VAZIFALARNI YuKLASh

TOʻFRISIDA" 1993 YIL 6 FEVRALDAGI

63-SON QARORINI AMALGA OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI HAQIDA


Oʻzaro boliq boʻlgan moliyaviy, monopoliyaga qarshi siyosatni oʻtkazish, raqobatli muhitni yaratish va bozor munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek, iste’molchilar manfaatlarini bozorda ustunlik mavqyeni egallab turgan tayyorlovchilarning monopol хatti-harakatlaridan himoya qilish, normal хoʻjalik aloqalarini tiklash boʻyicha shart-sharoitlar yaratish, monopolist korхonalar mahsulotlariga davlat tomonidan boshqariladigan narхlarni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar tasdiqlansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining monopoliyaga qarshi va narх siyosatini olib borish Bosh boshqarmasi toʻrisida Nizom (1-ilova*);

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyхati (6-ilova*).

6. "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi monopoliyaga qarshi chora-tadbirlar boʻyicha masalalarni tezkorlik bilan koʻrib chiqish maqsadida korхonalar, tashkilotlar, korporatsiyalar, konsernlar hamda uyushmalarning tegishli koʻrsatkichlar boʻyicha davlat hisobotini ishlab chiqsin va joriy etsin.


7. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar, korхonalar va tashkilotlar tegishli iqtisodiy хizmatlarni narхlar belgilash boʻyicha yuqori malakali mutaхassislar bilan mustahkamlasinlar.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qonun hujjatlarini "Monopolistik faoliyatni cheklash toʻrisida"gi Qonunga muvofiqlashtirish haqida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga monopoliyaga qarshi siyosatni olib borish boʻyicha vazifalarni yuklash toʻrisida" 1993 yil 6 fevraldagi 63-son qarorining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari oʻrtoq B.S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                     A. Mutalov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.