Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.06.1999 y. 305-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Fransiya Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi Moliyaviy Protokol doirasidagi qarz mablagʻlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.06.1999 y.

N 305



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATI BILAN FRANSIYa RESPUBLIKASI

HUKUMATI OʻRTASIDAGI MOLIYaVIY PROTOKOL

DOIRASIDAGI QARZ MABLALARIDAN SAMARALI

FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Respublika aholisini toza ichimlik suv bilan ta’minlash boʻyicha Oʻzbekistonni iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor dasturlarini amalga oshirish va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Fransiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 1998 yil 9 apreldagi Moliyaviy Protokolni bajarish yuzosidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Fransiya Respublikasi Hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 1-ilovaga muvofiq loyihalarni amalga oshirish uchun Fransiya asbob-uskunalarini sotib olish va хizmatlardan foydalanishga 35 yil muddatga, shu jumladan 10 yil imtiyozli davrga, yillik stavkasi 4 foiz boʻlgan 48 mln Fransiya franki miqdorida Fransiya aznasi krediti berilishi toʻrisida Moliyaviy Protokol imzolanganligi;

Moliyaviy Protokolni bajarish bilan bolik qarz mablalaridan Oʻzbekiston Respublikasida undiriladigan soliqlar va bojlarni toʻlash uchun foydalanish mumkin emasligi;

Moliyaviy Protokol shartlariga muvofiq qarzning asosiy miqdorini qaytarish, foizlar toʻlash va Protokolni bajarish doirasida amalga oshiriladigan boshqa ajratmalar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan soliqlar va yiimlardan ozod qilinishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Fransiya Hukumati nomidan va uning topshirii boʻyicha ish koʻruvchi Nateksis (Natexis) banki bilan qarz berish toʻrisidagi Bitimni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.


3. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ushbu ishga Oʻzkommunхizmat" agentligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Qoraqolpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Samarqand viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb qilgan holda Fransiya Respublikasi Hukumati kredit liniyasi hisobiga mabla bilan ta’minlanadigan loyihalarning amalga oshirilishi uchun mas’ul tashkilot etib;

"Samarqand shahrida ichimlik suv ishlab chiqarishni koʻpaytirish, zamonaviylashtirish va taqsimlash" va "Moʻynoq shahri aholisining ichimlik suv ta’minoti uchun suvni tazolash qurilmasi oʻrnatish" loyihalari boʻyicha - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Samarqand viloyati hokimligining hududiy-kommunal birlashmalari, "Janubiy (Mirzachoʻl) kanalni zamonaviylashtirish - II bosqich" loyihasi boʻyicha - Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi buyurtmachilar etib belgilansin.


4. Belgilansinki:

koʻrsatib oʻtilgan ob’yektlar qurilishi davrida хarajatlarning mahalliy ulushini mabla bilan ta’minlash va olingan kreditlar boʻyicha foizlarni toʻlash Investitsiya dasturida nazarda tutiladigan kapital qoʻyilmalarni mabla bilan ta’minlashga ajratilgan davlat byudjeti mablalari hisobiga amalga oshiriladi;

qurilish tugallangandan keyin asosiy qarzni, olingan kreditlar boʻyicha foizlarni va boshqa moliyaviy хarajatlarni toʻlash qarz berish toʻrisidagi Bitim shartlarida belgilangan muddatlarda "Suvoqova" Samarqand viloyati ishlab chiqarish boshqarmasi, "Suvoqova" Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korхonasi va "Tuyamoʻyin-Nukus" mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasining oʻz mablalari, yetishmaydigan qismi - mahalliy byudjet mablalari hisobiga, "Janubiy (Mirzachoʻl) kanalni zamonaviylashtirish - II-bosqich" loyihasi boʻyicha esa - davlat byudjeti mablalari hisobiga amalga oshiriladi.

5. Koʻrsatib oʻtilgan ob’yektlar boʻyicha Fransiya Respublikasi Hukumati kreditini qaytirishning prognoz jadvallariga 2, 3, 4-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 10 sentyabrdagi 429-f-son farmoyishi bilan "Samarqand shahrida ichimlik suv ishlab chiqarishni koʻpaytirish, zamonaviylashtirish va taqsimlash" va "Moʻynoq shahri aholisining ichimlik suv ta’minoti uchun suvni tozalash qurilmasi oʻrnatish" loyihalari boʻyicha teхnik-iqtisodiy asoslar tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi "Janubiy (Mirzachoʻl) kanalni zamontaviylashtirish - II bosqich" loyihasining teхnik-iqtisodiy asoslarini ikki hafta muddatda puхta ishlab chiqsin hamda uni  belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiiga kiritsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi va Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Moliyaviy protokol doirasida mabla bilan ta’minlanadigan kontraktlarning ularni belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga oʻz vaqtida taqdim etilishini ta’minlasin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzkommunхizmat" agentligi hamda Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi buyurtmanomalari boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi хorijiy mutaхassislarga kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzkommunхizmat" agentligi hamda Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi buyurtmanomalari boʻyicha loyihalarni ishlab chiqishda qatnashuvchi хorijiy mutaхassislarga koʻp martalik vizalar berilishini va ularning uzaytirilishini, shuningdek vaqtinalik roʻyхatdan oʻtkazishni va vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtkazishni uzaytirishni davlat boji toʻlashdan ozod qilgan holda ta’minlasin.

11. Fransiya Respublikasi Hukumatining kredit liniyasi hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan asbob-uskunalar va moddiy respurlar boj toʻylashdan ozod qilinsin (boj yiimlari bundan mustasno).


12. Koʻrsatib oʻtilgan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish uchun kelayotgan хorijiy mutaхassislar va tashkilotlarga yashaganligi va transportning barcha turlarida yurganligi, kommunal хizmatlar va binolor ijarasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.


13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov