Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.12.1998 y. 534-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar hamda qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.12.1998 y.

N 534



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING QARORLARINI OʻZ

KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh VA

AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR

HAMDA QOʻShIMChALAR KIRITISh

TOʻRISIDA


"Davlat yer kadastri toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Hukumatning ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. SSSR Ministrlar Sovetining "Davlat yer kadastrini yuritish tartibi  toʻrisida" 1977 yil 10 iyundagi 501-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1977 yil 24 iyundagi 416-son qarori (OʻzSSR QT, 1977 y., 6-son, 24-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                       I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1998 yil 25 dekabrdagi

534 - son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar

kiritilayotgan qarorlari

ROʻYXATI

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat kadastrlari yagona tizimini tashkil etish va uni yuritish tartibi toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 1996 yil 17 iyuldagi 255-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996 y., 7-son, 21-modda) ning:

a) 2-bandi quyidagi mazmunda bayon qilinsin: "2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari Oʻzbekiston Respublikasi  Davlat kadastrining yagona tizimiga kiritish uchun "Oʻzgeodezkadastr" bosh boshqarmasi tomonidan belgilanadigan va tegishli davlat  va tarmoq kadastrlarini yuritish toʻrisida nizomlardagi turlar,  hajmlar va muddatlarda zarur ma’lumotlarni "Oʻzgeodezkadastr" bosh boshqarmasiga taqdim etsinlar".

b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimini tashkil etish va uni yuritish tartibi toʻrisida Nizomning:

8-bandining ikkinchi хat boshidagi "Qishloq хoʻjaligi vazirligi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

12-bandi "tizimiga" soʻzidan keyin "Oʻzgeodezkadastr tomonidan va" soʻzlari bilan toʻldirilsin;

Nizomga 1 va 2-ilovalardagi "Qishloq хoʻjaligi vazirligi" soʻzlari "Yer resurslari davlat qoʻmitasi va "Oʻzgeodezkadastr" bosh boshqarmasi" soʻzlari, "Melioratsiya va suv хoʻjaligi vazirligi" soʻzlari "Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.