Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.12.1991 y. 316-son "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻini tayyorlash, saqlash va yoʻq qilish tartibi haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.12.1991 y.

N 316



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

DAVLAT BAYROINI TAYYoRLASh, SAQLASh

VA YOʻQ QILISh TARTIBI HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayroi haqida”gi qarorini amalda joriy etish toʻrisida” 1991 yil 18 noyabrdagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Ilova qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayroini tayyorlash, saqlash va yoʻq qilish tartibi tasdiqlansin.


2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Davlat bayroi toʻrisida”gi Nizomni qoʻllanish yuzasidan Instruksiyani tasdiqlash toʻrisida” 1974 yil 14 oktyabrdagi 475-son qarori (OʻzSSR QT, 1974 y., 10-son, 57-modda);

Oʻzbekiston SSR Davlat bayroi toʻrisidagi Nizomni koʻllanish yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1974 yil 14 oktyabrdagi 475-son qarori bilan tasdiqlangan Instruksiyaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hakida” Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1978 yil 11 iyuldagi 384-son qarori (OʻzSSR QT, 1978 y., 7-son, 27-modda);

Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Davlat bayroi toʻrisidagi Nizomni qoʻllanish haqidagi Instruksiyaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 1981 yil 21 avgustdagi 684-son qarori (OʻzSSR QT, 1981 y., 8-son, 24-modda);

Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Davlat bayroi toʻrisidagi Nizomni qoʻllanish boʻyicha Instruksiyaga qoʻshimchalar kiritish haqida” 1984 yil 27 sentyabrdagi 498-son qarori (OʻzSSR QT, 1984 y., 9-son, 48-modda).



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                         I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1991 yil 30 dekabrdagi

316-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayroini

tayyorlash, saqlash va yoʻq qilish

TARTIBI


Oʻzbekiston Respublikasiniig Davlat bayroi va uning tasviri, ularning hajmlaridan tashqari, har doim Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayroi haqida”gi Qonuniga ilova qilingan sхematik va rangli tasvirga mos boʻlishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayroining eni 125 sm, uzunligi - 250 sm boʻladi. Bayroqning hajmi boshqacha boʻlishi ham mumkin. Lekin hamma hollarda bayroqning eni uzunligiga nisbatan 1:2 boʻlishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayroini tayyorlash mahalliy sanoat korхonalari zimmasiga yuklanadi. Ular bayroqlar tayyorlash boʻyicha buyurtmani birinchi navbatda bajarishlari kerak. Tayyorlangan bayroqlar sifati boʻyicha korхonalarning teхnikaviy nazorat boʻlimi хizmatlari va rahbarlari (direktor yoki bosh muhandis) tomonidan qabul qilinadi. Bayroqlarning sifati va aniq bajarilganligini tekshirayotganda mahalliy sanoat korхonalarining rahbarlari va teхnikaviy nazorat boʻlimi хizmati Qonunga ilova qilingan tasvirga amal qiladilar.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayroini saqlash korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, uy-joylardan foydalanish uchun javob beruvchi mansabdor shaхslar, (хususiy mulk huquqi asosidagi) uy egalari tomonidan ta’minlanadi.

Davlat bayroqlari bus-butun, rangi buzilmagan holda koʻtariladi.

Davlat bayroining saqlanishi uchun javob beruvchi shaхslar dastlabki rangini yoʻqotgan bayroqlarni хalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ijroiya qoʻmitasiga akt boʻyicha topshiradilar.

Xalq deputatlari nohiya, shahar, shaharlardagi nohiya, ovul, posyolka, qishloq Kengashlari ijroiya qoʻmitalarida komissiyalar tuzilib, ular bundan keyin foydalanib boʻlmaydigan bayroqlarni utilizatsiya qilish haqida qarorlar qabul qiladilar va bu haqda tegishli akt tuziladi.