Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 10.12.1992 y. 769-XII-son "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY KENGAShINING

QARORI

10.12.1992 y.

N 769-XII



"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT

MADHIYaSI TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA

KIRITISh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:


1. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu Qonun bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992 yil 10 dekabrdan hamma joyda ijro etiladi.


2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Rayosatining "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gimni toʻrisida"gi 1978 yil 18 mart Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1978 yil, N 9, 134-modda; N 12);

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Rayosatining "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gimni toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi 1985 yil 29 aprel Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985 yil, N 13, 141-modda).



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Kengashining Raisi                                                     Sh. Yoʻldoshev