Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.09.1994 y. 480-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasiga tutash hududlarda yerdan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.09.1994 y.

N 480



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT ChEGARASIGA TUTASh HUDUDLARDA

YeRDAN FOYDALANIShNI TARTIBGA SOLISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qoʻriqlash va unga tutash hududlarda yerdan foydalanishni tartibga solish manfaatlarini koʻzlab Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya va kartografiya boshqarmasi chegaradosh Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlari vakillari bilan birgalikda 1994-1995 yillar mobaynida Oʻzbekiston Respublikasining Hamdoʻstlik davlatlari bilan chegaralarini aniqlasin va joylarda Oʻzbekiston Respublikasining chegaralarini birkitib qoʻyish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga takliflar kiritsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi chegara qoʻshinlariga quyidagi yer maydonlarini bepul foydalanish uchun bersinlar;

Afoniston Islom Davlati bilan chegarasining butun uzunligi boʻylab Davlat chegarasi chizii (suvdagi boʻlingan joy) dan asosiy muhandislik inshootlari chegarasigacha, lekin kamida 500 metrgacha boʻlgan yerlarni;

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlari bilan chegaradagi yerlarni-chegaralar aniqlangandan va birkitib qoʻyilgandan keyin.


3. Surхondaryo viloyati hokimligi 2 oy muddatda Afoniston Islom Davlati bilan chegaradagi koʻrsatib oʻtilgan yerlarni chegara qoʻshinlariga bersin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlari bilan chegaralardagi bunday yerlarni chegaradosh davlatlar bilan chegaralar aniqlangan va birkitib qoʻyilgan vaqtdan boshlab 2 oy mobaynida bersinlar.


4. Berilgan yerlar doirasida har qanday хoʻjalik faoliyatini yuritish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati chegara qoʻshinlari Bosh boshqarmasi ruхsatiga binoan, хoʻjalik sub’yektlari bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida, tegishli toʻlov evaziga amalga oshirilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                  I. Karimov