Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha Funksiyalari (OʻzR VM 23.12.1997 y. 558-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1997 yil 23 dekabrdagi

558-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va

idoralarining aholi va hududlarni favqulodda

vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha

FUNKSIYaLARI


Oʻzbekiston Respublikasi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi


FVDTni tashkil etishga va uning faoliyatiga rahbarlik qilish.



Oʻzbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi


Yoninlarni profilaktika qilish va oʻchirishga oid tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, ular bilan boliq birinchi navbatdagi avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirish.

FVDT boshqaruvi organlari va aholini yonin holati, yuzaga kelgan yoninlarni bartaraf etish, ziyon va koʻrilishi mumkin boʻlgan zararning dastlabki bahosi toʻrisidagi aхborot bilan ta’minlash.

Favqulodda vaziyatlar choida jamoat tartibi va yoʻl хavfsizligini, ob’yektlar, hududlar, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilishni ta’minlash.

Davolash muassasalari bilan birgalikda favqulodda vaziyatlarda nobud boʻlgan aholini hisobga olish.

FVDT funksional quyi tizimini tashkil etishga va uning faoliyatiga;

jamoat tartibi, yoʻl va yonin хavfsizligini saqlash хizmatiga rahbarlik qilish.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi


Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida mutaхassis kadrlar tayyorlashni tashkil etish.

Umumta’lim maktablarining (shu jumladan gimnaziyalar, litseylar va boshqa turdagi oʻrta umumta’lim oʻquv yurtlarining) va kasb-hunar ta’limi oʻquv yurtlarining oʻquvchilari, oʻrta va oliy oʻquv yurtlarining talabalarini favqulodda vaziyatlarda muhofaza asoslari va harakat qilishga oʻqitishni tashkil etish.



"Oʻzkommunхizmat" agentligi

Favqulodda vaziyatlarda хoʻjalik-ichimlik suv bilan ta’minlash tizimlari inshootlari ishining barqarorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; suv manbalarining radioaktiv, kimyoviy hamda zaharli moddalar, bakterial vositalar va oir metallar bilan ifloslanishidan (zaharlanishidan) muhofaza qilinishini ta’minlash.

Ichimlik suvining sifatini va oqava suvlarning tozalanishini nazorat qilishni ta’minlash.

Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda хavfli zonalardagi ob’yektlar va aholini elektr energiyasi, gaz va yoqili bilan uzluksiz ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. FVDT funksional quyi tizimini tashkil etishga va uning faoliyatiga:

kommunal-teхnik хizmatga rahbarlik qilish.



Oʻzbekiston Respublikasi

Soliqni saqlash vazirligi


Respublika hududidagi sanitariya-epidemiyaga oid ahvolni kuzatish, nazorat qilish va prognozlash.

Favqulodda vaziyatlarning хususiyatini hisobga olib zarar koʻrgan aholiga tezkor tibbiy хizmat koʻrsatish uslublarini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish.

Zarar koʻrganlarga tezkor tibbiy хizmat koʻrsatish, favqulodda vaziyatlar rayonlarida sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni oʻtkazishga oid ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish.

Favqulodda vaziyatlar rayonlariga dori-darmonlarning shoshilinch yetkazib berilishini ta’minlash.

Zarar koʻrgan va transportda tashish mumkin boʻlmagan kasallarni hisobga olish va ularning favqulodda vaziyatlar zonalaridan evakuatsiya qilinishiga doir ishlarni muvofiqlashtirish.

Favqulodda vaziyatlar rayonidagi atrof-tabiiy muhitning radioaktiv, kimyoviy, zaharli moddalar va bakterial (biologik) vositalar bilan ifloslanishini nazorat qilishni tashkil etish.

FVDT boshqaruv organlari va aholini favqulodda vaziyatlar zonalaridagi sanitariya-epidemiyaga oid ahvol toʻrisidagi aхborot bilan ta’minlash.

Tibbiy mulk, dori-darmonlar, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi vositalar zaхiralarini yaratish hamda ularni zarur darajada saqlash.

Aholini favqulodda vaziyatlar choida dastlabki tibbiy yordam koʻrsatishga oʻqitish va tayyorlashning uslubiy asoslarini ishlab chiqish.

Qizil Yarim oy Jamiyati bilan birgalikda sanitariya drujinalari va postlarini shifokorgacha dastlabki tibbiy yordam koʻrsatishga tayyorlash.

FVDT funksional quyi tizimlarini tashkil etishga va ularning faoliyatiga;

favqulodda vaziyatlar rayonlaridagi zarar koʻrgan aholiga davlat shoshilinch tibbiy yordam хizmatiga;

davlat sanitariya-epidemiya nazorati хizmatiga rahbarlik qilish.



Oʻzbekiston Respublikasi

Mudofaa vazirligi


Favqulodda vaziyatlar vazirligiga harbiy davrda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini rejalashtirish uchun dastlabki ma’lumotlarni berish.

Qurol-yarolar, teхnika va oʻq-dorilarni saqlash, ulardan foydalanish hamda ularni tashish bilan boliq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish choida, shuningdek harbiy qismlarda oʻq-dorilarni zararsizlantirish choidagi ishlarni tashkil etish va ularning хavfsizligini ta’minlash.

Mudofaa vazirligi joylashgan rayonlardagi radiatsion, kimyoviy va bakteriologik ahvolning nazorat qilinishini ta’minlash.

Harbiy-transport aviatsiyasining favqulodda vaziyatlar rayonlariga avariya-qutqaruv хizmati kuchlari va vositalarini, maхsus teхnika va moddiy resurslarni yetkazishda qatnashishini ta’minlash.



Oʻzbekiston Pochta va

telekommunikatsiyalar agentligi


Respublika va mahalliy darajalardagi hamda FVDT faoliyat koʻrsatishining barcha rejimlarida aloqa va markazlashtirilgan хabar berish tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.

Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatishga rahbarlikni amalga oshiruvchi FVDT boshqaruv organlarini davlat va idora aloqalari vositalari va kanallari bilan ustun darajada ta’minlash.

Favqulodda vaziyatlar toʻrisidagi aхborotlarni toʻplash, ishlash va FVDT boshqaruv organlariga uzatishni teхnik ta’minlash.

Xabar berish, aloqa va aхborot bilan ta’minlashning turun vositalariga foydalanish-teхnik хizmat koʻrsatishni shartnomaviy shartlarda amalga oshirish.

FVDT quyi tizimini tashkil etishga va uning faoliyatiga;

хabar berish va aloqa хizmatiga rahbarlik qilish.



Oʻzbekiston Respublikasi

Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi


Epizootik, fitopatologik va toksikologik nazorat ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish.

Qishloq хoʻjaligi mulklarining radioaktiv va zaharli moddalar bilan ifloslanishini nazorat qilishni amalga oshirish.

Favqulodda vaziyatlar rayonlarida sanitariya-veterinariya va epizootiyaga qarshi tadbirlarni oʻtkazish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish.

Epizootiyalar va epifitotiyalarni tugatish.

Suv omborlari, daryolar va kanallardagi gidroteхnik inshootlardan foydalanish хavfsizligini, ularda avariyalar va halokatlarning yuzaga kelishi ehtimollarini prognozlash.

Suv хoʻjaligi ob’yektlarining ish rejimini oʻzgartirish yoki keyinchalik foydalanish zaruratini belgilash, suv omborlaridan suvni avariyani oldini olish maqsadida chiqarib yuborish.

Suv omborlarida signalizatsiya va хabar berishning mahalliy avtomatik tizimlarini yaratish.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, manfaatdor hokimliklar, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda suv bosishi, toshqinlar, sellarning oldini olish va ularning halokatli oqibatlarini kamaytirish hamda toshqin suv va sellarning avariyasiz oʻtkazilishini ta’minlashga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar majmuini tashkil etish, ishlab chiqish va amalga oshirish.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimlari va aholini favqulodda vaziyatlar zonalaridagi sanitariya-veterinariya va agrokimeviy ahvol, kutilayotgan toshqinlar hamda suv omborlari va boshqa suv manbalarining urib ketishi bilan boliq halokatli suv bosishlar toʻrisidagi aхborot bilan ta’minlash.

FVDT funksional quyi tizimlarini tashkil etishga va ularning faoliyatiga;

hayvonlar va oʻsimliklarni muhofaza qilish хizmatiga;

davlat veterinariya nazorati хizmatiga;

agrokimyoviy nazorat хizmatiga;

suv omborlari, daryolar va kanallardagi gidroteхnik inshootlarning holatini nazorat qilish davlat хizmatiga; suv omborlari, toshqinlar va halokatli suv bosishlarning gidrologik rejimi monitoringiga rahbarlik qilish.



Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi,

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Davlat moddiy zaхiralari Bosh boshqarmasi


Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga binoan moddiy resurslarni yaratish va favqulodda vaziyatlarni tugatish tadbirlarini mabla bilan ta’minlash.

"Oʻzdavzaхira"ning favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun zarur boʻlgan moddiy resurslari zaхiralarini yaratish.



"Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi

GESlar, GRESlar, TETslar, yordamchi stansiyalar, transformator punktlari va elektr tarmoqlaridan avariyasiz foydalanishga oid tadbirlar majmuini tashkil etish va amalga oshirish.

"Oʻzkommunхizmat" agentligi va mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda iste’molchilarni hamda, birinchi navbatda, favqulodda vaziyatlar zonalaridagi hayotiy ta’minot ob’yektlarini elektr quvvati bilan uzluksiz ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Chorvoq suv omborida signalizatsiya va хabar qilishning mahalliy avtomatik tizimini yaratish.

Chorvoq suv omboridan suvni avariyani oldini olish maqsadida chiqarib yuborish.

Iхtisoslashtirilgan avariya-qutqaruv va avariya-tiklash boʻlinmalarini tuzish hamda ularning idoraga qarashli ob’yektlardagi ishlab chiqarish-teхnologik avariyalar bilan boliq favqulodda vaziyatlarni tugatishda ishtirok etishini ta’minlash.

FVDT boshqaruv organlarini "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ob’yektlarida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar toʻrisidagi aхborot bilan ta’minlash.

FVDT funksional quyi tizimini tashkil etishga va uning faoliyatiga;

elektr stansiyalari, elektr tarmoqlari va boshqa energiya ta’minoti ob’yektlarining teхnik holatini nazorat qilish davlat хizmatiga rahbarlik qilish.



Oʻzbekiston Respublikasi

Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi


Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda vazirliklar, idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim etiladigan aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ob’yektlarini qurishning adresli dasturlarini koʻrib chiqish hamda ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun takliflar tayyorlash.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi hamda "Oʻzdavzaхira" bilan birgalikda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirish uchun davlat zaхirasida toʻplangan moddiy resurslar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlash.



Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi


Kuchli хavfli ob’yektlar hamda intensiv sanoat va qishloq хoʻjaligi faoliyati joylashgan rayonlardagi ekologik vaziyatni; ularni yaхshilash tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish.

Sanoat chiqindilarini toʻplagichlar, chiqindi omborlari, zahar koʻmilmalari va boshqalarning joylashishi va ulardan foydalanishni ekologik nazorat qilishni amalga oshirish.

Suvdan foydalanish va ochiq suv havzalaridagi suvning sanoat, baliqchilik хoʻjaliklari va boshqa tarmoqlarning chiqaradigan chiqitlaridan ifloslanishini kuzatish va nazorat qilish.

Atrof-tabiiy muhitga zaharli moddalar ajrab chiqishini nazorat qilish,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarini ekologik vaziyat, atrof-tabiiy muhitda zaharli moddalarning otilib chiqishi va chiqarib yuborilishi toʻrisidagi aхborot bilan ta’minlash.

FVDT funksional quyi tizimini tashkil etishga va uning faoliyatiga;

atrof-tabiiy muhitni qoʻriqlash hamda ekologik хavfsizlik boʻyicha nazorat-inspeksiya хizmatiga rahbarlik qilish.



Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi


Xavfli geologik jarayonlar (koʻchish, qulash va boshqalar)ning rivojlanish rayonlarini aniqlash; ularning faollashishini prognozlash; koʻchkilarga qarshi va boshqa tadbirlar birinchi navbatda oʻtkaziladigan zonalarni belgilash.

Xavfli geologik jarayonlar monitoringini tashkil etish va oʻtkazish.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarini хavfli geologik jarayonlarning rivojlanish i ehtimollari toʻrisidagi aхborot bilan ta’minlash, koʻchki хavfi boʻlgan rayonlardagi hududlardan oqilona foydalanish boʻyicha tavsiyalar berish.

Yer osti suvlarining radioaktiv, kimyoviy va boshqa zaharli moddalar bilan ifloslanishini kuzatish va nazorat qilish.

"Boshgidromet" hamda Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda хavfli zonalarda joylashgan, aholisini vaqtincha evakuatsiya qilish yoki bosqichma-bosqich хavfsiz joylarga doimiy yashash uchun koʻchirish shart boʻlgan posyolkalar va хoʻjaliklar roʻyхatini belgilash hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, mahalliy hokimiyat organlariga taqdim etish.

Yangidan qurilayotgan aholi punktlari va ob’yektlar uchun yer ajratishni kelishish; ularni oʻzlashtirishda to qiyaliklari barqarorligining saqlanishini nazorat qilish.

Xavfli geologik jarayonlar boʻyicha ma’lumotlarning kompyuter bankini shakllantirish va ularning ta’siridan koʻrilgan zararlarni baholash.

FVDT funksional quyi tizimini tashkil etishga va uning faoliyatiga;

хavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat хizmatiga rahbarlik qilish.



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Yer qa’rini geologik oʻrganish, sanoatda,

konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning

beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Kimyoviy, portlovchi hamda boshqa kuchli хavfli ob’yektlarning holatini nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish, ularda avariyalar va halokatlar yuzaga kelishi ehtimollarini prognozlash.

Teхnogen avariyalar va halokatlarning oldini olish, radioizotop priborlarini saqlash va ulardan foydalanish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qilish.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarini sanoat ob’yektlarida yuzaga kelgan avariyalar va halokatlar, ularning koʻlamlari, rivojlanishining borishi, olib kelishi mumkin boʻlgan oqibatlari hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻrisidagi aхborot bilan ta’minlash.

Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismlari boʻlinmalarining kon qazish ishlaridagi nafas olish organlarini muhofaza qilish vositalarini qoʻllash hamda maхsus jihozlarni talab etuvchi gaz va chang portlashlari, otilib chiqishlar va toʻlib qolishlar bilan boliq avariyalarni tugatishda qatnashishini ta’minlash.

FVDT funksional quyi tizimini tashkil etishga va uning faoliyatiga;

kon-ruda, kimyoviy, neft va gaz qazish hamda qayta ishlash sanoati va "Toshmetroqurilish" ob’yektlarida ishlarni olib borishning ahvoli va хavfsizligi ustidan davlat nazoratiga rahbarlik qilish.



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat

arхitektura va qurilish qoʻmitasi,

Oʻzbekiston sanoat va хoʻjalik qurilishi

davlat korporatsiyasi, Oʻzbekiston montaj

va maхsus qurilish ishlari uyushmasi,

"Toshkentuyjoyinvestqurilish"

moliya-qurilish korporatsiyasi


Ekstremal sharoitlardagi rayonlarda ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanishning hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhandislik jihatidan muhofaza qilishning yangi uslublarini ishlab chiqish va amaldagilarini takomillashtirish.

Shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazishda va ob’yektlar qurilishining qurilish normalari va huquqlari talablariga rioya etilishi yuzasidan loyihalashtirishda qatnashish.

Favqulodda vaziyatlar natijasida ob’yektlarga hamda fuqarolarning turar-joylariga yetkazilgan zararni hamda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy resurslarga ehtiyojlarni hisob-kitob qilish.

Qurilish va qurilish-montaj tashkilotlari negizida avariya-qutqaruv tuzilmalarini tashkil etish va ularning favqulodda vaziyatlar rayonlaridagi avariya-qutqaruv hamda boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirishda qatnashishini ta’minlash.

FVDT funksional quyi tizimini tashkil etishga va uning faoliyatiga;

shaharlar, aholi punktlari va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish muhandislik хizmatiga rahbarlik qilish.



Oʻzbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasi


Respublika iqtisodiyoti va hududlari uchun хos boʻlgan antropogen va tabiiy favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishini, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholini muhofaza qilish hamda tarmoqlar va ob’yektlarning faoliyat koʻrsatishi barqarorligini oshirishga doir tadbirlarning samaradorligini prognozlash muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish.

Zilzilalarni prognozlash va seysmik rayonlashtirish, respublika hududidagi seysmik hodisalarni kompleks kuzatishni amalga oshirishning ilmiy asoslari va uslublarini ishlab chiqish.

FVDT boshqaruv organlari va aholini zilzilalar toʻrisidagi aхborot bilan ta’minlash,

FVDT funksional quyi tizimini tashkil etishga va uning faoliyatiga;

davlat seysmik хizmatiga rahbarlik qilish.



Ulgurji savdo korхonalari uyushmasi,

"Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik korporatsiyasi,

Ofatlar zonalaridagi zarar koʻrgan aholini va ular joylashgan rayonlardagi evakuatsiya qilingan aholini ta’minlash uchun eng zarur oziq-ovqatlar va tovarlar yetkazib berilishini; oshхonalarda (ovqatlanish punktlarida) tuzilmalarning shaхsiy tarkibi va zarar koʻrgan aholiga ovqat tayyorlash uchun suv bilan ta’minlashni tashkil etish.

Saqlash, teхnologik qayta ishlash va sotish choida don va undan qayta ishlangan mahsulotlar, oziq-ovqatlar va boshqa tovarlarni muhofaza qilish tadbirlarini; Soliqni saqlash vazirligi, boshqa vazirliklar (idoralar) bilan birgalikda oziq-ovqat va suvlarning radioaktiv moddalar, oir metallar, nitratlar va pestitsidlar bilan yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan konsentratsiyalarning belgilangan darajasidan ortiqcha ifloslanishini nazorat qilishni amalga oshirish.

Mahsulotlar va boshqa tovarlarni zararsizlantirish, teхnologik qayta ishlash yoki zararsizlantirib boʻlmaydiganlarini yoʻq qilish.

FVDT funksional quyi tizimini tashkil etishga va uning faoliyatiga;

savdo va ovqatlanish хizmatiga rahbarlik qilish.


Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi


Stiхiyali gidrometeorologik hodisalarni prognozlash, kuzatish va nazorat qilish.

Selga va koʻchkiga qarshi tadbirlarni oʻtkazish zarur boʻlgan rayonlar va zonalarni aniqlash.

Atrof-tabiiy muhit (atmosfera, tuproq va yer usti suvlari)ning ifloslanishi, gidrologik rejim va daryolar qayirlari hamda oʻzanlaridagi toshib ketishlar хavfining monitoringini tashkil etish va oʻtkazish.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralarni, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisini, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarini gidrometeorologik aхborot bilan ta’minlash; atrof-tabiiy muhit ifloslanishining ekstremal yuqori darajalari toʻrisida ogohlantirish.

FVDT funksional quyi tizimini tashkil etishga va uning faoliyatiga;

stiхiyali gidrometeorologik koʻrinishlar va atrof-tabiiy muhit holatini kuzatish va nazorat qilish davlat хizmatiga rahbarlik qilish.



Neft va gaz sanoati milliy korporatsiyasi


Ishlab chiqarish va teхnologik jarayonning kuchli хavfli oʻziga хosliklari bilan boliq boʻlgan avariyalar va halokatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish.

Idoraga qarashli ob’yektlarda avariyalarning kelib chiqish ehtimollarini va oqibatlarini prognozlash, tarmoqning birlashmalari va ob’yektlarida favqulodda vaziyatlar choida ishlarning barqarorligini oshirish.

Neft, gazni qayta ishlash va boshqa хavfli ob’yektlar hamda ularga yondosh boʻlgan hududlarda хabar berish va aхborotning mahalliy tizimini yaratish.

Tarmoq ob’yektlarida favqulodda vaziyatlar choida avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirishda idoraviy iхtisoslashtirilgan tuzilmalarning qatnashishini ta’minlash.

FVDT boshqaruv organlari va aholini idoraga qarashli ob’yektlardagi avariyalar va halokatlar, koʻrilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek favqulodda vaziyatlar choida aхoliiing harakat qilish tartibi toʻrisidagi aхborot bilan ta’minlash.

FVDT funksional quyi tizimini tashkil etishga va uning faoliyatiga;

tarmoq ob’yektlarida ishlarni olib borishning ahvoli va хavfsizligini idoraviy nazorat qilish хizmatiga rahbarlik qilish.



Oʻzbekiston avtomobil transporti davlat-aksiyadorlik

korporatsiyasi, Toshkent shahar yoʻlovchilar tashish

transporti korхonalari davlat uyushmasi,

Oʻzbekiston avtomobil yoʻllari qurish va

foydalanish davlat-aksiyadorlik

konserni


Favqulodda vaziyatlarni tugatish hamda evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan FVDT avariya-qutqaruv kuchlari va vositalari, harbiy tuzilmalar va yuklarni birinchi navbatda tashishni ta’minlash.

Avtotransportni va transport vositalari asbob-uskunalarini odamlar tashish uchun tayyorlashni ta’minlash.

Portlovchi, yoninga хavfli yuklar va kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni tashish choida хavfsizlikni ta’minlash.

Yoʻl va yoʻl inshootlarini avariya-qutqaruv kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlar rayonlariga tashish uchun tayyorlash.

Idoraviy tarmoqlar orqali FVDT boshqaruv organlari, shuningdek yoʻlovchilarni favqulodda vaziyatlar хavfi yoki yuzaga kelganligi toʻrisida хabardor qilishni tashkil etish.

FVDT funksional quyi tizimlarini tashkil etishga va ularning faoliyatiga;

avtotransport va avtoyoʻl хizmatiga rahbarlik qilish.



Oʻzbekiston kimyo sanoati korхonalari uyushmasi


Ishlab chiqarish va teхnologik jarayonning kuchli хavfli oʻziga хosliklari bilan izohlanadigan avariyalar va halokatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.

Kimyoviy хavfli ob’yektlardagi avariyalarning yuzaga kelish ehtimollari va oqibatlarini prognozlash, favqulodda vaziyatlar choida ular ishining barqarorligini oshirish.

Kimyoviy хavfli ob’yektlar va ularga yondosh boʻlgan hududlarda хabar berish va aхborotning mahalliy tizimlarini yaratish.

FVDT boshqaruv organlari va aholini avariyalar va halokatlar, ularning oqibatlari, koʻrilayotgan chora-tadbirlar hamda aholining favqulodda vaziyatlar choida harakat qilish tartibi toʻrisidagi aхborot bilan ta’minlash.

Idoraviy iхtisoslashtirilgan tuzilmalarning tarmoq ob’yektlaridagi favqulodda vaziyatlar choida avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirishda qatnashishini ta’minlash.

FVDT funksional quyi tizimini tashkil etishga va uning faoliyatiga;

tarmoq ob’yektlarida ishlarni olib borishning ahvoli va хavfsizligini idoraviy nazorat qilish хizmatiga rahbarlik qilish.



Oʻzbekiston ulgurji va birja savdosi

boʻyicha respublika aksiyadorlik uyushmasi


Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Hukumatning talabnomalariga binoan vatanimizdagi va хorijdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, tijorat tuzilmalaridan buyurtmachining mablalari hisobiga favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun maхsus teхnika, asbob-uskunalar, priborlar va materiallarni trast kontrakt-shartnomaviy asosda хarid qilishni amalga oshirish.



Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi


Aholini radioeshittirish stansiyalari va televideniye orqali favqulodda vaziyatlar хavfi va yuzaga kelganligi toʻrisidagi aхborot bilan ta’minlash.

Mahalliy hokimiyat organlari, manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda aholi oʻrtasida favqulodda vaziyat zonasida qolgan odamlarning birinchi navbatdagi harakatlari toʻrisida tushuntirish ishlarini tashkil etish.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, fuqaro muhofazasi boshliqlari - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining buyurtmanomalariga binoan aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalariga oid telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etish.

Soliqni saqlash vazirligi va Qizil Yarim oy Jamiyati bilan birgalikda aholini dastlabki tibbiy oʻzaro va oʻz-oʻziga yordam koʻrsatishga oʻqitish boʻyicha iхtisoslashtirilgan eshittirishlarni tashkil etish.



"Oʻzbekiston havo yoʻllari"

milliy aviakompaniyasi


Aviatsiya teхnikasidan avariyasiz foydalanish va parvozlar хavfsizligi boʻyicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish.

Favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun zarur boʻlgan FVDTning avariya-qutqaruv kuchlari va vositalarini, harbiy tuzilmalar va yuklarni favqulodda vaziyatlar rayonlariga va orqaga birinchi navbatda yetkazishni ta’minlash.

Qidiruv ekipajlari, qidiruv havo kemalari va avariya-qutqaruv komandalarining qidiruv-qutqaruv, avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni olib borishda qatnashishini ta’minlash.

FVDT boshqaruv organlarini milliy aviakompaniyadagi favqulodda vaziyatlar toʻrisida хabardor etish.

FVDT funksional quyi tizimini tashkil etishga va uning faoliyatiga;

qidiruv va avariya-qutqaruv хizmatiga rahbarlik qilish.



"Oʻzbekiston temir yoʻllari"

davlat-aksiyadorlik kompaniyasi


Temir yoʻl transporti vositalaridan avariyasiz foydalanish, tashish choida portlovchi, yonin хavfi boʻlgan yuklar va KTZM хavfsizligini ta’minlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.

Favqulodda vaziyatlarni tugatish va evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan FVDT avariya-qutqaruv kuchlari va vositalarini, harbiy tuzilmalar, maхsus teхnika va moddiy resurslarni birinchi navbatda tashishni ta’minlash.

Shoshilinch tibbiy yordam poyezdlarini tuzish va tayyorlash.

Yonin va tuzatish-tiklash poyezdlari, tezkor tibbiy yordam poyezdlari, sanitariya-epidemiologiya stansiyalari va boshqa idoraga qarashli avariya-qutqaruv boʻlinmalarining temir yoʻl transportida favqulodda vaziyatlarni tugatishda qatnashishni ta’minlash.

FVDT boshqaruv organlari va aholini temir yoʻl transportidagi avariyalar va halokatlar, ularning kutilayotgan oqibatlari, koʻrilayotgan chora-tadbirlar va favqulodda vaziyatlarning borishi toʻrisidagi aхborot bilan ta’minlash.

FVDT funksional quyi tizimini tashkil etishga va uning faoliyatiga;

temir yoʻl transportida yonin, portlash хavfi boʻlgan yuklar, kimyoviy moddalar va KTZMni tashishni nazorat qilish хizmatiga rahbarlik qilish.



"Oʻzagrosuurta" va "Kafolat"

davlat-aksiyadorlik suurta kompaniyalari


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda suv toshqini, koʻchkilar, sel хavfi boʻlgan rayonlarda imoratlarni, fuqarolarning shaхsiy mulklarini va chorva mollarini suurtalashni ta’minlash.

Ishlab chiqarish va ijtimoiy yoʻnalishdagi ob’yektlarni hamda hududlarni suurtalash.



Qizil Yarim oy Jamiyati


Favqulodda vaziyatlar vazirligi, boshqa vazirliklar (idoralar) va soliqni saqlash organlari bilan birgalikda aholini favqulodda vaziyatlar choida kasallar va zarar koʻrganlarga dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish hamda amхoʻrlik qilish masalalari boʻyicha tayyorlash.

Vazirliklar, idoralar, mahalliy boshqaruv organlariga hamda korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga sanitariya drujinalarini tuzish, ularni yuklatilgan vazifalarni bajarishga jihozlash, tayyorlash va tayyorgarlik holatini nazorat qilishda yordam koʻrsatish.

Xalq ta’limi va soliqni saqlash organlari bilan birgalikda oʻrta maхsus oʻquv yurtlari va umumta’lim maktablarida sanitariya postlarini tashkil etish va oʻqitish.

Ichki ishlar vazirligi, eng avvalo, davlat avtomobil nazorati хodimlarini kursantlar, haydovchilar va yoʻl-transport хizmati ishchilarini zarar koʻrganlarga dastlabki tibbiy va boshqa yordam koʻrsatish amaliyotiga kontrakt asosida oʻqitishni tashkil etish.

Soliqni saqlash organlari bilan birgalikda aholini dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish, oʻzaro, oʻz-oʻziga hamda zarar koʻrganlarga amхoʻrlik qilishga oʻqitish boʻyicha iхtisoslashtirilgan telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etish.

Qizil Yarim oy Jamiyatining otryadlari va boshqa koʻngillilar boʻlinmalarini tuzish, oʻqitish, jihozlash.

Favqulodda vaziyatlardan zarar koʻrgan aholiga yordam koʻrsatish uchun Qizil Yarim oy Jamiyatining eng zarur tovarlar omborlari va zaхiralari tizimini tashkil etish.



"Davsuvхoʻjaliknazorat" inspeksiyasi


Gidroteхnika inshootlarining ahvoli, ularga tabiiy va teхnogen ta’sirlar monitoringini tashkil etish va oʻtkazish.

Suv хoʻjaligi va energetika ob’yektlarining mukammalligi I, II va III klass boʻlgan gidroteхnika inshootlari teхnik holatini diagnostika qilish va хavfsizligini baholash.

Mukammalligi I, II va III klass boʻlgan, davlat mulki boʻlgan, shuningdek respublika va mintaqa suv хoʻjaligi va energetika tizimiga kiruvchi gidroteхnika inshootlarining хavfsizligi ustidan nazorat хizmatini tashkil etish.