Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.12.1997 y. 558-son "Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi toʻgʻrisida"gi Qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING
23.12.1997 y.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA
VAZIYaTLARDA ULARNING OLDINI OLISh VA
HARAKAT QILISh DAVLAT TIZIMI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida" 1996 yil 4 martdagi PF-1378-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) toʻgʻrisidagi Nizom va uning tuzilmasi (1, 2*-ilovalar) tasdiqlansin.
2. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha funksiyalar 3-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralariga yuklansin.
3. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 3 oy muddatda FVDTning funksional va hududiy quyi tizimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsinlar va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. Karimov