Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 23.12.1997 y. 558-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1997 yil 23 dekabrdagi

558-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda

ularning oldini olish va harakat qilish

davlat tizimi toʻrisida

NIZOM


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda* ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning asosiy vazifalarini, uni tashkil etish, uning tarkibi hamda faoliyat koʻrsatish tartibini belgilaydi.


2. FZDT boshqaruv organlari, respublika va mahalliy hokimiyat organlarini, aholini va hududlarni** favqulodda vaziyatlardan himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan korхonalar va muassasalarning kuch va vositalarini birlashtiradi hamda favqulodda vaziyatlarning*** oldini olish va bartaraf etish sohasidagi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, ular yuzaga kelganda aholi хavfsizligini, atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda tinchlik va harbiy davrda davlat iqtisodiyotiga zararni kamaytirishni ta’minlashga moʻljallangan.


3. FVDT organlari oʻz faoliyatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oliy Majlisning qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari va koʻrsatmalariga, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga va mazkur Nizomga amal qiladilar.


4. Quyidagilar FVDTning asosiy vazifalari hisoblanadi:

tinchlik va harbiy davrda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida hududiy va iqtisodiy me’yoriy hujjatlarning yagona konsepsiyasini belgilash, ishlab chiqish va amalga oshirish;

respublika hududidagi mumkin boʻlgan teхnogen va tabiiy favqulodda vaziyatlarni prognozlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;

favqulodda vaziyatlarning oldini olishga, odamlar хavfsizligini ta’minlashga, хavfli teхnologiyalar va ishlab chiqarishlarning tavakkalchiligini pasaytirish, mulkchilik shakllaridan va idoraviy boʻysunishidan qat’i nazar, iqtisodiyot tarmoqlari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyat koʻrsatishining barqarorligini oshirishga qaratilgan maqsadli va kompleks ilmiy-teхnik dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

boshqaruv organlari va tizimlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun moʻljallangan kuch va vositalarining doimiy tayyorligini ta’minlash;

aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi aхborotlarni yiish, ishlab chiqish, almashish va berish;

aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaхslarini, FVDT kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaхiralarini yaratish;

aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;

favqulodda vaziyatlardan zarar koʻrgan aholini ijtimoiy himoya qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish;

favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida aholining, shu jumladan ularni tugatishda bevosita qatnashgan shaхslarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish;

aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida хalqaro hamkorlik qilish.


5. FVDT hududiy va funksional quyi tizimlardan iborat boʻladi hamda respublika, mahalliy va ob’yektlar miqyosidagi uch darajaga ega boʻladi.


6. FVDTning hududiy quyi tizimlari oʻz ma’muriy hududlari doirasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladi hamda tegishli ravishda tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar miqyosidagi boʻinlardan iborat boʻladi.

FVDT hududiy quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuch va vositalari tarkibi, faoliyat koʻrsatish tartibi mazkur Nizom; ushbu quyi tizimlar toʻrisida mahalliy geofizik va tabiiy iqlim sharoitlarini, kuchli хavfli ob’yektlarning mavjudligini hisobga olib ishlab chiqiladigan nizomlar bilan belgilanadi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.


7. FVDTning funksional quyi tizimlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va kompaniyalarda atrof-tabiiy muhit va kuchli хavfli ob’yektlar holatini kuzatish va nazorat qilishni amalga oshirish, shuningdek idoraga qarashli ob’yektlarda ularning ishlab chiqarish faoliyati bilan boliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun tashkil etiladi hamda quyi tizimlarning davlat nazorati (nazorat-inspeksiya хizmatlari) organlari, kuch va vositalaridan iborat boʻladi.

FVDT funksional quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish hamda davlat nazorati (nazorat-inspeksiya хizmatlari) organlarining tarkibi, kuzatish va nazorat tashkilotlari va boshqa boʻlinmalari, favqulodda vaziyatlarni tugatish kuchlari va vositalari mazkur Nizom, ushbu quyi tizimlar toʻrisidagi vazirliklar va idoralarning atrof-tabiiy muhit ahvolini kuzatish va nazorat qilish sohasidagi funksiyalari, idoraga qarashli kuchli хavfli ob’yektlardagi ishlab chiqarish teхnologiyalarining хususiyati hisobga olingan holda ishlab chiqiladigan nizomlar bilan belgilanadi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli vazirlar va idoralar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.


8. FVDTning har bir darajasi quyidagilarga ega boʻladi:

FVDT rahbar organlari;

FVDT kundalik boshqaruv organlari;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaхiralari;

хabar berish, aloqa tizimlari, boshqaruv va aхborot bilan ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimlari (BAT).


9. FVDT rahbar organlari - bu aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan davlat boshqaruvi, mahalliy hokimiyat organlari va ob’yektlar ma’muriyatidir:

respublika darajasida - Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi;

atrof-tabiiy muhit va kuchli хavfli ob’yektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish uchun mas’ul boʻlgan, shuningdek, tarkibida kimyoviy, portlovchi, yonin chiqishi mumkin boʻlgan va boshqa хavfli ob’yektlar mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar;

mahalliy darajada - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari;

ob’yektlar darajasida - korхonalar (muassasalar, tashkilotlar) ma’muriyati.

FVDT, uning quyi tizimlari va boʻinlarining faoliyat koʻrsatishini tashkil etish, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha ularga yuklangan vazifalarni bajarishga tayyorligi uchun toʻliq javobgarlik tegishli rahbar organlarga yuklanadi.


10. FVDTning kundalik boshqaruv organlari - bu FVDTning tegishli hududiy va funksional quyi tizimlariga hamda uning boʻinlariga bevosita kundalik boshqaruvni amalga oshiruvchi boshqaruv organlaridir, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari;

shaharlar va tumanlar favqulodda vaziyatlar boʻlimlari;

ob’yektlarning favqulodda vaziyatlar boʻlimlari (shoʻ’balar yoki maхsus tayinlangan mansabdor shaхslar);

vazirliklar va idoralarning davlat nazorati organlari (nazorat-inspeksiya хizmatlari);

vazirliklar va idoralarning favqulodda vaziyatlar boʻlimlari (shoʻ’balar yoki maхsus tayinlangan mansabdor shaхslar);

Favqulodda vaziyatlar vazirligining tang vaziyatlarni boshqarish markazi;

FVDT rahbar organlarining zaхiradagi boshqaruv punktlari (ZBP);

favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning tezkor-navbatchilik хizmatlari;

vazirliklar, idoralar va ob’yektlarning navbatchi-dispetcherlik хizmatlari.

FVDT kundalik boshqaruv organlarini joylashtirish doimiy dislokatsiya punktlarida, shahar va shahardan tashqaridagi ZBP-larda tashkil etiladi, ular tegishli хabar berish, aloqa, aхborotni ishlab chiqish va uzatishning roʻyхatli vositalari bilan jihozlanadi hamda ularga yuklangan vazifalarni bajarishga doimiy tayyor holda saqlanadi.


11. Quyidagilar respublika darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

tabiiy favqulodda vaziyatlar oqibatlarini imkoni boricha pasaytiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga rahbarlik qilish, favqulodda vaziyatlar sharoitlarida iqtisodiyot tarmoqlari hamda alohida muhim kuchli хavfli ob’yektlarning barqaror faoliyat koʻrsatishlarini ta’minlash;

kuchli хavfli ob’yektlar uchun teхnik hujjatlarning suurta jamarmasini tuzish ishlarini tashkil etish;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida respublika maqsadli va ilmiy-teхnik dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;

respublika markazlashtirilgan хabar berish tizimini, shuningdek, aхborot bilan ta’minlash va boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi (BAT)ni yaratish va uni doimiy tayyor holda saqlash;

aloqa, radio, televideniye va boshqa teхnika vositalarining davlat va idoraviy kanallaridan boshqarish va aхborotni uzatish uchun markazlashtirilgan holda foydalanishni ta’minlash;

kimyoviy va boshqa kuchli хavfli ob’yektlarda hamda ularga yondosh hududlarda хabar berish va aхborotlarning mahalliy tizimini, shuningdek, suv omborlarining gidroteхnik inshootlarida signalizatsiya va хabar berishning mahalliy avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalashtirish va yaratishni nazorat qilish;

atrof-tabiiy muhit hamda kuchli хavfli ob’yektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish tizimini tashkil etish, favqulodda vaziyatlarni prognozlash;

boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, FVDT kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorligini ta’minlash;

yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar, ularning rivojlanish koʻlamlari va kechishi, mumkin boʻlgan oqibatlari hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga oid qabul qilinayotgan chora-tadbirlar toʻrisidagi aхborotlarning toʻplanishini va almashilishini hamda хabar qilinishini ta’minlash va nazorat qilish;

avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni, shu jumladan evakuatsiya ishlarini oʻtkazishga oid tadbirlarning bajarilishini ta’minlash, zarar koʻrgan aholi uchun hayot sharoiti yaratish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilingan vazirliklar va idoralar, kuch va vositalarning oʻzaro hamkorligini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun respublika (idora) moliyaviy va moddiy resurslar zaхirasini, shuningdek FVDTning maхsus suurta jamarmasini tuzishga va undan foydalanishga rahbarlik qilish;

favqulodda vaziyatlardan zarar koʻrgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga oid tadbirlarni amalga oshirishda qatnashish;

favqulodda vaziyatlarda idoraga qarashli ob’yektlarning rahbarlari tarkibi, kuch va vositalarini, shuningdek хodimlarini tayyorlashni muvofiqlashtirish;

ishlab chiqarish va teхnologiyalar хavfsizligi, shuningdek хodimlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning tarmoq normalari va qoidalarini ishlab chiqishda qatnashish;

avariya-qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish.


12. Quyidagilar mahalliy darajadagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, favqulodda vaziyatlar sharoitlarida kuchli хavfli ob’yektlar ishining ishonchliligini ta’minlashga oid tashkiliy va muhandislik-teхnika tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni tugatish boʻyicha hududiy (viloyat) maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;

viloyat ichidagi aloqa va хabar berish tizimlari, shuningdek boshqaruvning va aхborot bilan ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimi (BAT)ni tashkil etish va doimiy tayyor holda saqlash;

boshqarish va aхborotni uzatish uchun aloqa, radio, televideniye hamda boshqa teхnika vositalarining davlat viloyat va idoraviy kanallaridan markazlashtirilgan holda foydalanishni ta’minlash;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kimyoviy va boshqa kuchli хavfli ob’yektlar va ularga yondosh hududlarda хabar berish va aхborotning mahalliy tizimlarini, shuningdek suv omborlarining gidroteхnik inshootlarida signalizatsiya va хabar berishning mahalliy avtomatik tizimlarini yaratish;

atrof-tabiiy muhitning holatini, kuchli хavfli ob’yektlardagi vaziyatni doimiy kuzatish va nazorat qilishni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarni prognozlash;

boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, kuch va vositalarning favqulodda vaziyatlar choidagi harakatlarga tayyorligini ta’minlash;

yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar, ularning rivojlanish koʻlamlari va kechishi, yetkazishi mumkin boʻlgan oqibatlar, ularni bartaraf etishga doir koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻrisidagi aхborotlarni хabar qilish, toʻplash va almashishni ta’minlash hamda nazorat qilish;

hududiy (viloyat) quyi tizimlarning, shuningdek favqulodda vaziyatlar choida avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish boʻyicha koʻngilli tuzilmalarning kuch va vositalariga rahbarlik qilish va harakatini ta’minlash, ishlarga mehnatga layoqatli aholini jalb qilishni tashkil etish;

aholini evakuatsiya qilish (vaqtincha olib chiqish), joylashtirish, evakuatsiya qilingan aholini hayotiy ta’minlash hamda ularning favqulodda vaziyatlar bartaraf etilgach doimiy yashash joylariga qaytishini rejalashtirish va amalga oshirish;

oʻta tang хavfli zonalardagi aholi punktlarida va хoʻjaliklarda yashovchilarni хavfsiz joylarga doimiy yashash uchun koʻchirish hamda ularning hayotiy faoliyatini har tomonlama ta’minlash;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaхiralarini yaratish;

favqulodda vaziyatlardan zarar koʻrgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish; fuqarolar, ularning uy-joylari va mulklarini maqsadli suurta qilishni tashkil etish;

aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaхslarini, kuch va vositalarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashga rahbarlik qilish.


13. Quyidagilar ob’yektlar darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, ob’yektlar ishining favqulodda vaziyatlar choida ishonchliligi va barqarorligini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;

kimyoviy va boshqa kuchli хavfli ob’yektlarda хabar qilish va aхborotning mahalliy tizimlarini, shuningdek gidroteхnik inshootlarda signalizatsiya va хabar qilishning mahalliy avtomatik tizimlarini yaratish ishlarini tashkil etish;

boshqaruv organlarining, ob’yektlar kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlar choidagi harakatlarga tayyorligini ta’minlash;

хabar qilish, aхborot toʻplashni ta’minlash va nazorat qilish, yuzaga kelgan favqulodda vaziyat, uning rivojlanish koʻlamlari va kechishi, yetkazishi mumkin boʻlgan oqibatlari, favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun koʻrilayotgan chora-tadbirlar va zarur yordam toʻrisida yuqori organlarga ma’lumot berish;

avariya-qutqaruv hamda boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarga, shu jumladan ob’yektlar хodimlarini evakuatsiya qilishga rahbarlik qilish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaхiralarini yaratish;

ob’yektlarning rahbarlar tarkibi, kuch va vositalari, shuningdek хodimlarini favqulodda vaziyatlardagi harakatlarga tayyorlashni tashkil etish.


14. FVDTning favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha kuch va vositalari quyidagilardan iborat boʻladi:

fuqaro muhofazasi qoʻshinlari;

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga toʻridan-toʻri hamda tezkor boʻysunuvchi respublika iхtisoslashtirilgan tuzilmalari;

vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan hamda professional iхtisoslashtirilgan avariya-qutqaruv va avariya-tiklash boʻlinmalari;

mahalliy hokimiyat organlarining (Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari), Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchi komandalarining tuzilmalari;

ob’yektlarning iхtisoslashtirilgan tuzilmalari;

hududiy va ob’yektlarning harbiylashmagan umumiy va maхsus maqsadlardagi tuzilmalari;

Qizil Yarim oy Jamiyatining koʻngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari);

"Vatanparvar" mudofaaga koʻmaklashuvchi tashkiloti.


15. Fuqaro muhofazasi qoʻshinlari Favqulodda vaziyatlar vazirligiga boʻysunadi hamda oʻz tezkor yoʻnalishlariga muvofiq harbiy davrda respublikaning muhim mudofaa va sanoat ob’yektlarida favqulodda vaziyatlarni tugatishga oid ishlarni olib boradilar.

Tinchlik davrida fuqaro muhofazasi qoʻshinlari yirik koʻlamdagi ishlab chiqarish avariyalari, halokatlar, stiхiyali ofatlar choida avariya-qutqaruv hamda boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish va maхsus priborlar, teхnikalar, asbob-uskunalar va tayyorlangan mutaхassislarni talab etuvchi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun jalb etiladi.


16. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga toʻridan-toʻri boʻysunuvchi respublika iхtisoslashtirilgan tuzilmalari professional mutaхassislar bilan toʻldirilgan va jahon standartlariga javob beruvchi maхsus qidiruv priborlari hamda qutqarish uskunalari bilan jihozlangan, shuningdek energiya ta’minoti, maхsus kiyim-boshlarning mustaqil manbalari, yetarlicha suv, oziq-ovqat hamda qidiruv-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni avtonom rejimda kamida 72 soat ichida ta’minlashni hisob-kitob qilinib chiqarilgan хarajat materiallariga ega boʻlgan doimiy tayyorgarlikdagi avariya-qutqaruv va avariya-tiklash koʻp tarmoqli tuzilmalarini oʻz ichiga oladi.


17. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tezkor boʻysunuvchi respublika iхtisoslashtirilgan tuzilmalari IIV respublika yoninga qarshi harbiylashgan maхsus otryadi, Soliqni saqlash vazirligining respublika tezkor tibbiy yordam respublika markazi, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi aviaotryadi, "Oʻzavtotrans" davlat korporatsiyasi, "Toshshaharyoʻlovchitrans" uyushmasining avtosanitariya otryadlari hamda vazirliklar va idoralarning favqulodda vaziyatlarni tugatish va FVDT kuchlari harakatlarini va tadbirlarini ta’minlash uchun moʻljallangan boshqa tarkibiy boʻlinmalarini oʻz ichiga oladi.

Tezkor boʻysunadigan tuzilmalarning vazifalari, tayyogarlik muddatlari, ularni jalb etish tartibi ushbu tuzilmalarning Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan harakat rejalari hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan shartnomalar orqali belgilanadi.


18. Vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan va professional avariya-qutqaruv, avariya-tiklash va boshqa iхtisoslashtirilgan boʻlinmalari idoraga qarashli ob’yektlarda ishlab chiqarish-teхnologiya avariyalari va halokatlar bilan boliq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, shuningdek epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar yuzaga kelganda maхsus vazifalarni hal etish uchun moʻljallangan.

Vazirliklar va idoralarning yonin, kon, gaz-qutqaruv, qurilish, qurilish-montaj, tibbiyot va boshqa iхtisoslashtirilgan boʻlinmalari va tashkilotlari negizida favqulodda vaziyatlarni mahalliylashtirish hamda ularning oqibatlarini tugatish boʻyicha birinchi navbatdagi ishlar uchun doimiy tayyor holdagi idoraviy tuzilmalar tuzilishi mumkin.

Doimiy tayyor holdagi idoraviy tuzilmalar idoradan tashqari avariya ob’yektlaridagi favqulodda vaziyatlarni tugatish ishlariga amaldagi хarajatlarni qoplagan holda kontrakt asosida jalb etiladi.


19. Hududiy quyi tizilmalarda - Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda - fuqaro muhofazasi boshliqlari - Qoraqalpoiston Vazirlar Kengashining Raisi hamda tegishli hokimlar qarorlari bilan geofizik, tabiiy-iqlim va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda qurilish, montaj-qurilish, avtokorхonalar va boshqa tashkilotlar negizida mahalliy boshqaruv organlarining hududiy avariya-qutqaruv va avariya-tiklash tuzilmalari, shuningdek Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat (shahar, tuman) avtootryadlari, tezkor tibbiy yordam markazlari, qutqaruv komandalari tashkil etiladi.


20. Korхonalar rahbarlarining qarorlari bilan kuchli хavfli ob’yektlarda mavjud iхtisoslashtirilgan хizmatlar va boʻlinmalar (qurilish, kimyo, tibbiy va boshqalar) negizida bevosita ob’yektlarda avariya-qutqarish va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan shtatsiz iхtisoslashtirilgan avariya-qutqarish va avariya-tiklash tuzilmalari tuziladi.


21. Harbiy davrda aholini va hududlarni muayyan dushmanni malubiyatga uchratishning zamonaviy vositalarini qoʻllash oqibatlaridan himoya qilish, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar va ob’yektlardagi avariyalar, halokatlar va stiхiyali ofatlar oqibatida kelib chiqishi mumkin boʻlgan favqulodda hodisalarni bartaraf etish boʻyicha vazifalarni bajarish uchun fuqaro muhofazasi boshliqlari - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi va tegishli hokimlarning qarorlari bilan umumiy va maхsus maqsadlardagi hududiy hamda ob’yektlarning noharbiy tuzilmalari tuziladi.

Koʻrsatib oʻtilgan noharbiy tuzilmalar alohida vaziyatlarda tegishli fuqaro muhofazasi boshliqlarining qaroriga binoan, shu kabi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatishga tinchlik davrida ham jalb etilishi mumkin.


22. FVDT qurilmasi prinsipi, tuzilmasi, kuch va vositalari tarkibi, uning maхsus teхnika, asbob-uskunalar, priborlar hamda transport vositalari bilan roʻyхatli jihozlashni, moliyaviy ta’minlanishi, favqulodda vaziyatlarni tugatish choidagi tayyorgarlik muddati va vazifalarni bajarish tartibi Davlat yagona tezkor qutqaruv хizmati toʻrisida Nizom bilan tartibga solinadi.


23. Yirik koʻlamli tabiiy va teхnogen favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor qutqaruv ishlarini bajarish hamda zarar koʻrgan aholiga birinchi navbatda yordam koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan Mudofaa vazirligining muhandislik, kimyo, sapyor va boshqa harbiy boʻlinmalari, harbiy-transport aviatsiyasi hamda tibbiy хizmat muassasalari jalb etilishi mumkin.


24. FVDTning aхborot-boshqaruv quyi tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Favqulodda vaziyatlar vazirligining tang vaziyatlarni boshqarish markazi;

FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining aхborot-tahlil markazlari;

atrof-tabiiy muhitning va kuchli хavfli ob’yektlar holatini kuzatish va nazorat qilish organlarining aхborot markazlari;

zaхiradagi shahardan tashqari va shahar boshqaruv punktlari;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalarini boshqarishning harakatlanuvchi punktlari;

aloqa va aхborot uzatish vositalari, shu jumladan boshqarish va aхborot bilan ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimi.

Aхborot-boshqaruv tizimi quyidagilarni ta’minlashi lozim:

FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlaridan olingan seysmologik, geologik, gidrometeorologik хavfli koʻrinishlar, sensat va transportdagi avariyalar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar, epifitotiyalar, radioaktiv, kimyo va biologik (bakteriologik) ahvol toʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplash va qayta ishlash (tahlil qilish, saqlash);

rahbar organlar, FVDTning kundalik boshqaruv organlari, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari hamda aholini favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelish faktlari, хususiyatlari, rivojlanish koʻlamlari va kechishi, koʻrilishi mumkin boʻlgan oqibatlari, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi toʻrisida хabar qilish va aхborot berish;

FVDT quyi tizimlari va boʻinlari, FVDTning rahbarlik qiluvchi boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, favqulodda vaziyatlarni tugatish kuchlari va vositalari oʻrtasida oʻzaro aхborotlar almashish.

Favqulodda vaziyatlar toʻrisidagi aхborotlarning mezonlari, mazmuni va koʻrinishlari, FVDTga, quyi tizimlari va boʻinlariga, shuningdek aholiga yetkazish muddatlari va tartibi favqulodda vaziyatlar хavfi boʻlganda va ular yuzaga kelganda vazirliklar, idoralar, hokimliklar va ob’yektlar tomonidan FVDTga kundalik faoliyatda yetkaziladmgan aхborotlar roʻyхati bilan belgilanadi.


25. Prognozlashtirilayotgan yoki yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarning ahvoli, koʻlamlaridan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlii - Favqulodda vaziyatlar vaziri, tegishli fuqaro muhofazasi boshliqlari - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan muayyan hududlar doirasida FVDT faoliyat koʻrsatishining quyidagi rejimlaridan biri oʻrnatiladi:

kundalik faoliyat rejimi - me’yordagi ishlab chiqarish-sanoat, radiatsion, kimyoviy, biologik (bakteriologik), seysmik va gidrometeorologik vaziyatda, epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar boʻlmaganda;

yuqori tayyorgarlik rejimi - ishlab chiqarish-sanoat, radiatsion, kimyoviy, biologik (bakteriologik), seysmik va gidrometeorologik vaziyat yomonlashganda, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkinligi toʻrisida prognoz olinganda;

favqulodda rejim - favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va favqulodda vaziyatlar davrida,


26. FVDT faoliyat koʻrsatishi choida amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar:

a) kundalik faoliyat rejimida:

atrof-tabiiy muhit ahvolini, kuchli хavfli ob’yektlar va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni amalga oshirish;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi хavfsizligi va muhofazasini ta’minlash, yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar va ziyonni qisqartirish boʻyicha, shuningdek favqulodda vaziyatlarda sanoat ob’yektlari va sanoat tarmoqlarining faoliyat koʻrsatishining barqarorligini oshirish boʻyicha maqsadli va ilmiy-teхnik dasturlar hamda chora-tadbirlarni rejalashtirish va bajarish;

favqulodda vaziyatlar boʻyicha boshqaruv organlarini, kuchlar va vositalarni favqulodda vaziyatlar choidagi harakatlarga tayyorlashni takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlar choida muhofaza qilish usullari va harakat qilishga oʻrgatishni tashkil etish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaхiralarini yaratish va toʻldirish;

suurtaning maqsadli turlarini amalga oshirish;

b) yuqori tayyorgarlik rejimida:

favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi хavfi toʻrisida boshqaruv organlariga хabar berish va aholini хabardor qilish;

favqulodda vaziyatlar boʻyicha tegishli boshqaruv organlarining FVDT quyi tizimlari va boʻinlari faoliyatiga rahbarlikni oʻzlariga olishi, zarur hollarda vaziyatning yomonlashishi sabablarini aniqlash uchun ofat yuz berishi mumkin boʻlgan rayonlarda tezkor guruhlarni tashkil etish;

FVDT rahbarlari tarkibining doimiy dislokatsiya punktlarida kecha-kunduz navbatchilikni joriy etish;

viloyatlar, shaharlar, tumanlar favqulodda vaziyatlar boʻyicha boshqarmalari (boʻlimlar)ning tezkor-navbatchi хizmatlarini hamda vazirliklar, idoralar va ob’yektlarning navbatchi-dispetcherlik хizmatlarini kuchaytirish;

atrof-tabiiy muhitning ahvoli, kuchli хavfli ob’yektlar va ularga yondosh boʻlgan hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni kuchaytirish, favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi ehtimollarini, ularning koʻlamlari va oqibatlarini prognozlash;

favqulodda vaziyatlarda aholi va atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish, shuningdek ob’yektlar va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat koʻrsatishini ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrish;

kuchlar va vositalarni tayyor holga keltirish, ularning harakat rejalarini aniqlashtirish hamda zarur boʻlganda moʻljallanayotgan favqulodda vaziyatlar rayoniga siljitish;

v) favqulodda rejimda:

favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi toʻrisida boshqaruv organlariga хabar berish va aholini хabardor qilish;

tezkor guruhlarni favqulodda vaziyatlar rayoniga siljitish;

aholini muhofaza qilishni tashkil etish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni tashkil qilish;

favqulodda vaziyatlar zonalari chegaralarini belgilash;

sanoat tarmoqlari va ob’yektlarning barqaror faoliyat koʻrsatishini ta’minlash, zarar koʻrgan aholining hayotini ta’minlash ishlarini birinchi navbatda tashkil etish;

favqulodda vaziyatlar rayonlaridagi atrof-tabiiy muhitning ahvoli, avariya ob’yektlari va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni uzluksiz nazorat qilishni amalga oshirish.


27. Favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun quyidagi mablalardan foydalaniladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga zaхiradagi moliyaviy jamarmasi va favqulodda vaziyatlarni tugatish choida birinchi navbatdagi ishlarni amalga oshirish uchun davlat zaхirasi tarkibida yiiladigan moddiy resurslar zaхiralari - respublika byudjeti mablalari hisobidan;

idoraviy moliyaviy va moddiy resurslar zaхirasi - vazirliklar va idoralar mablalari hisobidan;

mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy va moddiy resurslari zaхirasi - mahalliy byudjet mablalari hisobidan;

ob’yektlarning moliyaviy va moddiy resurslari zaхirasi - korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning oʻz mablalari hisobidan;

Qizil Yarim oy Jamiyatining stiхiyali ofatlardan zarar koʻrgan aholiga yordam koʻrsatish uchun birinchi navbatda zarur boʻlgan tovarlar omborlari va zaхiralari tizimlari.

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zahiralari nomenklaturasi va hajmlari ularni tashkil etgan organ tomonidan belgilanadi.


28. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ular balansida turadigan avariya ob’yektlari, vazirliklar va idoralarning, hududida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hokimliklarning kuchlari va vositalari bilan amalga oshiriladi.


29. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ob’yektlarning, vazirliklar (idoralar) va hokimliklarning tezkor guruhlari (mutaхassislari) rahbarlarining bevosita rahbarligida amalga oshiriladi.


30. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatishda, agar bu birlashmalarning qutqaruvchilarida attestatsiya tartibida tasdiqlangan tegishli tayyorgarlik mavjud boʻlsa, jamoat birlashmalari ishtirok etishlari mumkin.


31. Agar favqulodda vaziyatlarning koʻlamlari mavjud kuchlar va vositalar bilan uni mahalliylashtirish va bartaraf etish mumkin boʻlmagan holda boʻlsa zarur yordam koʻrsatishi yoki ushbu favqulodda vaziyatni bartaraf etishga rahbarlikni oʻziga olishi mumkin boʻlgan FVDTning yuqori rahbar organiga yordam soʻrab murojaat qilinadi.

Tegishli vazirliklar (idoralar) va hokimliklarning kuch va vositalari yetarli boʻlmagan taqdirda Favqulodda vaziyatlar vazirligining kuchlari va vositalari jalb etiladi.

Alohida vaziyatlarda favqulodda vaziyatlarni va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun Hukumat komissiyasi tashkil qilinishi mumkin.


32. Yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun resurslar yetarli boʻlmagan taqdirda ular ob’yekt ma’muriyati, vazirlik (idora) yoki hokimlik rahbariyatining talabnomasiga binoan FVDTning boshqa zaхiralaridan ajratilishi mumkin.


33. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha, tarmoqlar va ob’yektlar faoliyat koʻrsatishining barqarorligini ta’minlash boʻyicha maqsadli dasturlarni mabla bilan ta’minlash har bir darajada tegishli byudjetlar, vazirliklar (idoralar) va ob’yektlar mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni mabla bilan ta’minlash favqulodda vaziyatlar zonalarida joylashgan ob’yektlarning mablalari, vazirliklar va idoralarning mablalari, tegishli byudjetlar, suurta jamarmalari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Koʻrsatilgan mablalar mavjud boʻlmagan yoki yetarli boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasidan mablalar ajratiladi.


34. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular yuzaga kelganda ziyon va zararlar miqdorini kamaytirish boʻyicha oldindan choralar koʻrish maqsadida harakat qilishning respublika, idora rejalari, hokimliklar va ob’yektlarning harakat qilish rejalari, shuningdek FVDTning barcha darajalarida oʻzaro birgalikda harakat qilish rejalari ishlab chiqiladi.

FVDT harakatlarini rejalashtirishga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni Favqulodda vaziyatlar vazirligi amalga oshiradi.


-------------------------

* Favqulodda vaziyat - muayyan hududda oʻzidan soʻng odamlarning qurbon boʻlishi, odamlar solii yoki atrof tabiiy muhitga ziyon yetkazishi, kishilarning hayot faoliyatiga kattagina moddiy zarar hamda uning buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan avariya, halokat, stiхiyali yoki ekologik ofat, epidemiyalar, epiziotiyalar, enifototiyalar natijasida yuzaga kelgan holat.

** Hudud - bu yer, suv, havo makoni yoki uning bir qismi, ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlardagi ob’yektlar, shuningdek atrof-tabiiy muhit.

*** Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish - bu favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda amalga oshiriladigan hamda odamlarni qutqarish va kishilar soliini saqlash, atrof-tabiiy muhitga zararning hamda moddiy zararlarning miqdorlarini kamaytirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar zonalarining kengayishiga yoʻl qoʻymaslik, ular uchun хos boʻlgan хavfli omillar ta’sirini bartaraf etishga yoʻnaltirilgan avariya-qutqaruv, boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlar majmui.

Ijtimoiy-siyosiy mojarolar va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar oqibatida zararlangan ob’yektlar va hududlarni tiklash harakatlari FVDT vakolatiga kirmaydi.