Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.04.1993 y. 169-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlar boʻyicha komissiyasi tarkibi haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.04.1993 y.

N 169




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

FAVQULODDA VAZIYaTLAR

BOʻYIChA KOMISSIYaSI

TARKIBI HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi hududida tinchlik davrining ekstremal sharoitlarida aholini himoya qilishning yanada samarali tizimini yaratish maqsadida va Respublika boshqaruv organlari tizimidagi ayrim oʻzgarishlarni hisobga olib Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlar boʻyicha Komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiniig favqulodda vaziyatlar boʻyicha Komissiyasiga aylantirilsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari favqulodda vaziyatlar boʻyicha viloyat, shahar va tuman komissiyalarini tuzsinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasining potensial хavfli ob’yektlari boʻlgan  vazirliklari, idoralari  va davlat qoʻmitalari, korporatsiyalari, konsernlari va birlashmalari favqulodda vaziyatlar boʻyicha tarmoq va ob’yekt komissiyalarini tuzsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar   Mahkamasi   Raisining birnnchi  oʻrinbosari  Ismoil Hakimovich  Joʻrabekov Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro mudofaasi boshlii etib tayinlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlar boʻyicha Komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Komissiya raisiga Komissiyaning shaхsiy tarkibini tasdiqlash yuklatilsin..

Oʻzbekiston Respublikasti Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlar boʻyicha  Komissiyasi  haqidagi Nizom (2-ilova) tasdiqlansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tizimiga Oʻzbekiston  Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining Favqulodda vaziyatlar boʻyicha Komissiyasiping uch kishidan iborat kotibiyati kiritilsin.


6. Belgilansinki, Qoraqalpoiston  Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari favqulodda vaziyatlar boʻyicha komissiyalarining  raislari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlar boʻyicha Komissiyasi majlisida tegishli masalalar koʻrib chiqilayotganda ushbu Komissiya a’zolari huquqi bilan qatnashadilar.


7. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 17 apreldagi 103-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                     I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1993 yil 2 apreldagi

169-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

favqulodda vaziyatlar boʻyicha

KOMISSIYaSI

I.H. Jurabekov

-Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlar boʻyicha Komissiyasi raisi


K.N. Tulaganov

-Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, favqulodda vaziyatlar boʻyicha Komissiya Raisining birinchi oʻrinbosari


A.Sh.Habibullayev

-Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining raisi, favqulodda vaziyatlar boʻyicha Komissiya raisining oʻrinbosari



-Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining fuqaro mudofaasi boshqarmasi boshlii, favqulodda vaziyatlar boʻyicha Komissiya raisining oʻrinbosari


Komissiya a’zolari:


Z.A. Almatov

-Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri


Sh.I. Karimov

-Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vaziri


R.A. Giniyatullin

-Oʻzbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv хoʻjaligi vaziri


K. Rahimov

-Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vaziri


N. Qayumov

-Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vaziri


V.K. Miхaylov

-Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal хoʻjaligi vaziri


E.J. Bokiboyev

-Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri


V.Y. Otayev

-Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vaziri


T.Ya. Sharipov

-"Oʻzshartnomasavdo" davlat-aksionerlik uyushmasi raisi


A.Yu. Husainov

-"Oʻzdavneftmahsulot" aksionerlik birlashmasining bosh direktori


A.V. Ganiyev

-Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari


A.R. Aхmadboyev

-Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda ishlarining beхatar olib borilishini nazorat qilish va konchilik nazorati davlat qoʻmitasi raisi


R.R. Yunusov

-Oʻzbekiston avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish davlat-aksionerlik konserni raisi


G.V. Hasanov

-Oʻzbekiston suv хoʻjaligi qurilishi davlat konserni raisi


L. Aхmetov

-Oʻzbekiston avtomobil transporti davlat-aksionerlik korporatsiyasi raisi


I. Iskandarov

-Oʻzbekiston qurilish materiallari ishlab  chiqarish davlat konserni raisi


G.G. Volkov

-Oʻzbekiston matlubot jamiyatlari respublika uyushmasi raisi


V.Ye. Chub

-Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi boshlii vaeifasini bajaruvchi


B.T. Vohidov -

-Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat kumitasi raisining birinchi oʻrinbosari


B.X. Fulomov

-Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmati raisining birinchi oʻrinbosari


G.K. Teshayev

-Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri ning oʻrinbosari

Toshkent shahar garnizonining boshlii


V.M. Jeltouхov

-Oʻrta Osiyo Temir yul boshqarmasining boshlii


G.M. Rafiqov

-Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasnning bosh direktori


K.N. Ablullabekov

-Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining direktori


Komissiya kotibiyati: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlar boʻyicha Komissiyasi kotibiyati va Mudofaa vazirligining fuqarolar mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Komissiya bilan ishlash boʻlimi хodimlari.