Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.12.1996 y. 435-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
09.12.1996 y.
N 435
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT
GEOLOGIYa VA MINERAL RESURSLAR
QOʻMITASI TOʻFRISIDAGI NIZOMNI
TASDIQLASh HAQIDA
"Yer osti boyliklari toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va yer osti boyliklaridan foydalanishning belgilangan tartibini ta’minlash, respublikaning mineral-хom ashyo bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida oʻz tasarrufiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha qabul qilgan qarorlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korхonalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston SSJ Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida" 1991 yil 10 maydagi 125-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSJ Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov
"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1996 y., N 12, 34-modda.