Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 19.08.2013 y. 01/20-26/10-son "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 22.08.2013 y. 2196-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

22.08.2013 y.

N 2196-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

XUSUSIYLAShTIRISh, MONOPOLIYaDAN

ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh

DAVLAT QOʻMITASINING

19.08.2013 y.

N 01/20-26/10


QARORI


"Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish

va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga

rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish

tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi

qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Raqobat toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 1-son, 5-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 13 noyabrdagi PF-4483-son "Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida"gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 46-47-son, 521-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 23 maydagi 143-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 21-son, 232-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2011 yil 10 fevraldagi 1-son "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi qaroriga (roʻyхat raqami 2196, 2011 yil 18 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 7-8-son, 73-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                                                          A. Abduhakimov






Qarorga

ILOVA



"Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish

va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga

rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish

tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi

qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktyabrdagi 225-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005 y., 41-42-son, 317-modda) bilan tasdiqlangan Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻrisidagi nizomga hamda Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:".


2. Yoʻriqnomada:


a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Yoʻriqnoma Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktyabrdagi 225-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005 y., 41-42-son, 317-modda) bilan tasdiqlangan Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻrisidagi nizomga hamda Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizomga muvofiq, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari (keyingi oʻrinlarda qonun hujjatlari deb yuritiladi) talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibini belgilaydi.";


b) 1-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


v) 11-banddagi "Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini" degan soʻzlar "Raqobat" degan soʻz bilan almashtirilsin.


3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 26 avgust, 34-son, 463-modda