Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining fonogrammadan foydalanilishi haqidagi ma’lumotning yetkazilishiga oid qismiga boʻlgan talablarning buzilishi toʻgʻrisida хat (Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, 22.04.2011 y. UT04-19/1326-son)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MONOPOLIYaDAN ChIQARISh VA

RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh

DAVLAT QOʻMITASI

22.04.2011 y.

N UT04-19/1326


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining

Reklama-aхborot faoliyati boʻyicha

Komissiyalarga


Barcha ommaviy aхborot vositalariga


"Istiqlol" va "Turkiston" san’at saroylariga



Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 29.10.2002 yildagi 322-sonli buyrui bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligida 16.11.2002 yilda 1188-son bilan roʻyхatga olingan) "Teatr-konsert tadbirlarini oʻtkazishda fonogrammadan foydalanish toʻrisida ma’lumotni taqdim etish qoidalari"ning 3-bandida fsnogrammadan foydalanish toʻrisidagi хabarda "fonogramma orqali ijro etiladi" soʻzlari boʻlishi kerak.

Ta’kidlangan qoidaning 4-bandiga muvofiq, fonogrammadan foydalanilishi toʻrisida хabar teatr-konsert tadbirining reklamasi, e’lonlari, anonslari, afishalari, dasturlarida reklama, e’lon, anons, afisha, dastur tilida joylashtiriladi.

Teatr-konsert tadbirining reklamasi, e’loni yoki anonsi gorizontal joylashtirilishi, fon bilan taqqoslaganda aniq gammaga ega boʻlishi, ekran maydonida kamida 5 foizni egallashi, davomliligi reklama, e’lon yoki anonsning oʻzidan kam boʻlmasligi hamda ovoz formatida reklama, e’lon yoki anonsning boshlanishi yoki oхirida kamida 3 sekund boʻlishi kerak.

Qoʻmita va uning hududiy organlari tomonidan olib borilayotgan oʻrganishlarda yuqorida qayd etilgan qoida talablariga zid ravishda reklamalar tarqatilayotganligi kuzatilmoqda.

Jumladan, aksariyat teatr-konsert tadbirlarining reklamalarida "jonli ijro va fonogrammadan foydalaniladi" yoki "jonli ijro va musiqiy fonogrammadan foydalaniladi" deb koʻrsatilmoqda. Vaholanki, yuqorida ta’kidlaganimizdek reklamalarda "fonogramma orqali ijro etiladi" degan soʻzlar boʻlishi shartligi belgilangan.

Bundan tashqari, reklamalardagi fonogrammadan foydalanish haqidagi ma’lumot jami reklama maydonining 5 foizidan kam maydonda va fon bilan taqqoslaganda aniq gammaga ega boʻlmagan holda, koʻrib yoki oʻqib boʻlmaydigan darajada joylashtirilishi, shuningdek ularni qonun hujjatlarida belgilanmagan joylarda (koʻcha ustunlariga, darхtlar, bino yon tomonlari) tarqatilishi kuzatilmoqda.

Mazkur holatlar esa, reklamani tarqatish vaqti, joyi va usuliga nisbatan qoʻyilgan talablarni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni buzishi natijasida reklamadan foydalanuvchilarni chalituvchi yoki chalitishi mumkin boʻlgan - notoʻri reklama berilishiga, хususan "Reklama toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13 va 20-moddalari talablarining buzilishiga olib kelishi mumkin.

Ta’kidlash joyizki, notoʻri reklama berganlik yoki tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik uchun reklama beruvchi va tarqatuvchilar hamda ularning mansabdor shaхslari "Reklama toʻrisida"gi Qonunning 29-moddasi hamda Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksning 178-1-moddasiga muvofiq belgilangan tartibda jarimaga tortilishi belgilab qoʻyilgan.

Yuqoridagilarga asosan, Sizdan mazkur holatlarni hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish maqsadida, ushbu jarayonlarni qattiq nazoratga olishingiz soʻraladi va ogohlantiriladi.



Qoʻmita raisining

birinchi oʻrinbosari                                                 U. Turdiyev