Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.08.2010 y. 171-son "Vazirlar Mahkamasining "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2002 yil 28 noyabrdagi 414-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.08.2010 y.

N 171


VAZIRLAR MAHKAMASINING

"ISTE’MOLChILAR HUQUQLARINI HIMOYa

QILIShDA JAMOATChILIK IShTIROKINI

KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA" 2002 YIL 28 NOYaBRDAGI

414-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh

KIRITISh HAQIDA



Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 2 iyundagi 105-son qarori bilan tasdiqlangan Raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish hamda ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasiga muvofiq iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha jamoatchilik tashkilotlari tomonidan monitoring olib borishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2002 yil 28 noyabrdagi 414-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 11-son, 73-modda) 1-bandiga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Ichki bozorda sotiladigan iste’mol tovarlarining zarur sifatda boʻlishini va хavfsizligini hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini ta’minlash yuzasidan monitoring olib borish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha maхsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda tasdiqlangan Oʻzbekiston iste’molchilari huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi rejalari asosida amalga oshiriladi".


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 32-son, 271-modda.