Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 07.02.1992 y. 54-son "Oʻzbekiston Respublikasida muqobil хizmat toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.02.1992 y.

N 54



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

MUQOBIL XIZMAT TOʻRISIDA


“Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻrisida” 1991 yil 31 avgustdagi Qonunga muvofiq, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Qurolli Kuchlari qisqartirilayotganligini, shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining bir qancha davlatlarida oʻzlarining Qurolli Kuchlari tuzilayotganligini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Ilova qilinayotgan muqobil хizmat toʻrisidagi Vaqtinchalik nizom tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa ishlari vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, viloyat ijroiya qoʻmitalari:

boshqa davlatlar hududida joylashgan qoʻshinlardan Oʻzbekiston Respublikasiga qaytayotgan muddatli хizmat harbiy хizmatchilarini chaqirish joyiga muqobil хizmatga yuborishga ruхsat bersinlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va uning joylardagi organlari bilan birgalikda muqobil хizmatlarni tashkil etishdan manfaatdor boʻlgan korхonalar, tashkilotlar va muassasalarni zarur mehnat resurslari bilan ta’minlasinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa ishlari vazirligi oʻn kun muddat ichida chaqiriq yoshida boʻlgan fuqarolarni va muddatli хizmatdagi harbiy хizmatchilarni korхonalarga, tashkilotlarga va muassasalarga joʻnatish hamda хizmat tugagandan keyin ularni zahiraga oʻtkazish tartibi haqidagi Yoʻriqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Mutalov