Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 03.07.1992 y. 647-XII-son "Muqobil хizmat toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY KENGAShINING

QARORI

03.07.1992 y.

N 647-XII



"MUQOBIL XIZMAT TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh

TARTIBI HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:


1. "Muqobil хizmat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi:

- ikki oylik muddat ichida "Muqobil хizmatni tashkil etish va uni oʻtash tartibi toʻrisida"gi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

- muqobil хizmat qoʻllanadigan vazirliklar, idoralar, sohalarning roʻyхati hamda ular bajaradigan ishlarning turlarini belgilasin;

- hukumatning qarorlarini "Muqobil хizmat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq holda keltirsin.


3. Qorakalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari fuqarolar muqobil хizmatni oʻtash uchun yoʻllanadigan korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning roʻyхatini tasdiqlasinlar.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Kengashining Raisi                                      Sh. Yoʻldoshev



(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 yil, № 11, 435-modda)