Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.1994 y. 72-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.02.1994 y.

N 72



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT MULKINI BOShQARISh

VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-

QUVVATLASh DAVLAT QOʻMITASI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh

TOʻFRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash koʻmitasini tashkil etish toʻrisida" 1994 yil 7 fevraldagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Davlat mulki qoʻmitasi tizimi hodimlarining cheklangan soni hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda 904 kishidan, shu jumladan, markaziy apparat hodimlari soni (hizmat koʻrsatuvchi hodimlarni hisobga olmasdan) 142 kishidan iborat qilib 2-ilovaga muvofiq belgilansin.

Belgilab qoʻyilsinki, Davlat mulki qoʻmitasining markaaiy apparati va uning qududiy boshqarmalari respublika byudjeti hisobidan, tuman va shahar boʻlinmalari esa tegishli mahalliy byudjetlar hisobidan pul bilan ta’minlanadi.

Davlat qoʻmitasiga Raisning 5 nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari va tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 9 kishidan iborat hay’at boʻlishiga ruhsat etilsin.

1994 yil 1 fevraldan boshlab Davlat mulki qoʻmitasi rahbar hodimlari va mutahassislarining lavozim okladlari Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 26 dekabrdagi 589-son (2-ilova) va 590-son qarorlariga muvofiq belgilansin.

Moddiy-maishiy ta’minlash va tibbiy hizmat koʻrsatish sharoitlariga koʻra Davlat mulki qoʻmitasi va uning joylardagi boʻlinmalari hodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy hokimiyat organlarining tegishli toifalariga tenglashtiriladilar.


3.

Belgilab qoʻyilsinki, davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hududiy organlar bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga boʻysunadilar va amaliy faoliyatda tegishli hokimliklar bilan mustahkam hamkorlikda ishlaydilar.

5. Davlat mulki qoʻmitasiga uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi huquqlar berilsin:

- davlatga qarashli mulk egasining vakolatlarini amalga oshirish;

- belgilangan tartibda normativ va uslubiy hujjatlarni tasdiqlash, noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

- investitsiya jamarmalari, konsalting va auditorlik хizmatlari, holdinglar, fond birjalari va koʻchmas mulk birjalari tashkil etish va tugatish, mol-mulk fondlari va boshqa fondlari va boshqa bozor tuzilmalarini barpo etishda qatnashish;

- davlatga tegishli aksiyalar boʻyicha dividendlarning bir qismini aksionerlik jamiyatlarini rivojlantirish va ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun shartnoma asosida ularga topshirish;

- aksionerlik jamiyatlarining, boshqa hoʻjalik jamiyatlarining, shirkatlarning aksiyalarini (ulushlarini) sotib olish;

- davlatga tegishli ulushlar (paylar, aksiyalar) boʻyicha boshqaruv huquqini davlat boshqaruvining boshqa organlariga, uyushmalarga, korporatsiyalar, ittifoqlarga, holding kompaniyalariga, investitsiya fondlariga va boshqa hoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga berish;

- davlatga qarashli aksiyalarni sotish, shuningdek, ularni davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish mahsus jamarmalarining, holding kompaniyalarining aksiyalariga almashtirishga doir operatsiyalarni oʻtkazish,


6. Belgilab qoʻyilsinki, davlat mulki boʻlgan ob’yektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirishdan tushgan mablalar, davlat korhonalari va tashkilotlarini ijaraga olish uchun toʻlangan haq, davlat tomonidan yangidan ta’sis etiladigan aksionerlik jamiyatlarining aksiyalarini sotishdan olingan daromadlar Davlat mulki qoʻmitasiga mahsus ochiladigan hisob schetlarida toʻplanadi va quyidagilarga sarflanadi:

- Oʻzbekiston Respublikasining ichki va tashki qarzlarini toʻlashga;

- iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta oʻzgarishlarni investitsiyalashga;

- hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga;

- mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, hususiylashtirish va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga.


7. Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-kuvvatlash davlat qoʻmitasi 20 kun muddatda:

- Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmasi toʻrisida namunaviy nizom ishlab chiqsin;

- Davlat qoʻmitasining yangi vazifalarini va uning faoliyati yoʻnalishlarini hisobga olib, Davlat qoʻmitasi toʻrisidagi, qoʻchmas mulk bilan savdo qilish respublika birjasi toʻrisidagi, Respublika fond birjasi toʻrisidagi, sinish toʻrisidagi (vaqtinchalik) nizomlarning loyihalarini hamda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish jarayonida investitsiya cheklaridan foydalanish toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisiga qoʻmita markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga hodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

- Davlat mulki qoʻmitasiga markaziy apparat va tarkibiy boʻlinmalarni jihozlash uchun 520 million soʻm-kupon ajratsin;

- "Oʻzdavjamarma" hamda uning hududiy boshqarmalarining hodimlarini (301 nafar), moddiy-tehnika resurslarini, inventar, jihozlar va transport vositalarini tegishli limitlari bilan Davlat mulki koʻmitasiga belgilangan tartibda topshirsin;

- markaz faoliyatini Fan va teхnika davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan tadqiqotlar dasturiga muvofik mabla bilan ta’minlasin.


10. Ilgari Davlat mulki qoʻmitasi va "Oʻzdavjamarma" hamda ularning hududiy boshqarmalari egallab turgan binolar, hizmat honalari va aloqa tarmoqlari Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalari ihtiyorida saqlab qolinsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi qayta tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va hususiylashtirish qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamarmasining vorisi hisoblansin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 10 fevraldagi 57-son, 1992 yil 3 avgustdagi 362-son va 1992 yil 10 noyabrdagi 518-son qarorlari oʻz koʻchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish oʻrtoq A. Mutalov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                         I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnida berilgan.