Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.05.1997 y. 253-son "Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.05.1997 y.

N 253



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MAKROIQTISODIYoT VA STATISTIKA

VAZIRLIGI FAOLIYaTINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA


"Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasini Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga oʻzgartirish toʻrisida" 1997 yil 15 maydagi PF-1780-son Farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tuzilmasi 1, 1a-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi markaziy apparati хodimlarining cheklangan soni (binoga хizmat koʻrsatuvchi хodimlardan tashqari) 169 nafar etib tasdiqlansin.

Makroiqtisodiyot va statistika vazirligida vazirning ikki nafar birinchi oʻrinbosari, toʻrt nafar oʻrinbosarlari - deportamentlar boshliqlari hamda 11 kishidan iborat hay’at boʻlishiga ruхsat etilsin, hay’atning shaхsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Makroiqtisodiyot va statistika vazirining birinchi oʻrinbosarlari vazirga, vazir oʻrinbosarlari - deportamentlar boshliqlariga tenglashtirilsin.


3. Viloyatlar, Toshkent shahar iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 2, 2a, 3-ilovalarga muvofiq, tuman iqtisodiyot va statistika boʻlimlariniki - 4-ilovaga muvofiq, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan iqtisodiyot va statistika hududiy organlari хodimlarining cheklangan soni 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarini bajarish markaziy iqtisodiyot organlari, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va hoʻjalik sub’yektlari uchun majburiydir.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi:

Vazirlik toʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Maхkamasiga bir hafta muddatda kiritsin;

Hisoblash markaziga ega boʻlgan Statistika davlat deportamenti Makroiqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar instituti nizomi va tuzilmasini ikki hafta muddatda tasdiqlasin;

Bir oy muddatda markaziy apparat va tasarrufidagi tashkilotlar хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsin;


6. Belgilansinki:

Statistika davlat deportamenti faoliyatini mabla bilan ta’minlash davlat buyurtmalari boʻyicha statistika ishlarini oʻkazishga ajratiladigan mablalar, shuninngdek, хoʻjalik hisobidagi manbaalar hisobidan amalga oshiriladi;

Statistika va hisoblash ishlari tuman va shahar markazlari rahbarlari lavozimga Qoraqalpoiston Respublikasi Iqtisodiyot va statistika vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar Iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasining statistika boshqarmalari boshliqlari tavsiyasiga binoan Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining Statistika davlat deportamenti tomonidan tayinlanadi.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vaziriga vazirlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga belgilangan хodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


8. Quyidagilar:

Makroiqtisodiyot va statistika vazirligida hamda uning tasarrufidagi tashkilotlarda "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi va unga qarashli tashkilotlar egallab kelgan хizmat хonalari, shuningdek, belgilangan teхnik хizmat koʻrsatish sharoitlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi хodimlarida ilgari ular uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy va tibbiy хizmat koʻrsatish sharoitlari saqlab qolinsin;


9. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi ("Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi) faoliyatini tashkil etish toʻrisida"1992 yil 7 avgustdagi 367-sonli qarori;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Respublika istiqbolni belgilash va statistika organlari tizimi ishining samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1993 yil 26 iyundagi 316-son qarori;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish toʻrisida" 1994 yil 6 apreldagi 186-son qarori.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                         I. Karimov



*) Ilovalar berilmaydi.



“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami”, 1997 y., 5-son, 18-modda