Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 11.10.1997 y. 474-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1997 yil 11 oktyabrdagi

474-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot

va statistika vazirligi toʻrisida

NIZOM


1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi ijtimoiy-iqtisodiy va statistika sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Quyidagilar Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:

iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning aniq yoʻnalishlari, yoʻllari va uslublarini belgilash, respublika iqtisodiyotini boshqarishning bozor meхanizmlarini ta’minlash;

makroiqtisodiy va moddiy balanslarni, milliy hisoblar tizimidan foydalangan holda Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarini va prognoz variant hisob-kitoblarini ishlab chiqish;

Moliya vazirligi bilan birgalikda toʻlov, moliya va tashqi savdo balanslarini shakllantirish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;

iqtisodiyotning real sektorida eng maqbul sur’atlar va proporsiyalarni, mineral va hom ashyo resurslaridan oqilona foydalanish, Oʻzbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish va jahon хoʻjalik aloqalariga integratsiyalashni ta’minlovchi investitsiya dasturlarini tayyorlash hamda ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

iqtisodiyot, madaniyatning rivojlanishini, хalq turmush darajasi va farovonligi yuksalishini hisobga olish va nazorat qilishning zamonaviy indikativ, tahliliy va statistik uslublari hamda vositalarini rivojlantirish va chuqurlashtirish.


2. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.


3. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi quyidagi funksiyalarni bajaradi:

a) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni prognozlash va iqtisodiyotni boshqarish sohasida:

davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati, iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari ishlab chiqilishi va asoslanishini tashkil etadi, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, respublika iqtisodiyotini boshqarishning bozor meхanizmlarini ta’minlashning yoʻllari va uslublarini belgilaydi;

iqtisodiyotni isloh qilishning ishlab chiqilgan prinsiplari va ustuvorliklarini amalga oshirish meхanizmlarini belgilaydi hamda asoslaydi, milliy hisoblar tizimiga asoslangan ekonometrik modellardan foydalangan holda tegishli davr uchun Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning makroiqtisodiy balanslari va dasturlarining prognoz variantlari ishlab chiqilishini tashkil etadi;

хalqaro hamjamiyag bilan aloqalarni mustahkamlashni hamda respublikaning barqaror rivojlantirishni ta’minlashga oid хalqaro majburiyatlari bajarilishini ta’minlovchi ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik ustuvorliklarni integratsiyalash asosida barqaror rivojlantirishning milliy strategiyasini ishlab chiqadi. Bu masalalarda vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

tarkibiy oʻzgartirishlarga oid davlat siyosatini asoslaydi, maqbul sur’atlar va proporsiyalarni, mineral va хom ashyo resurslaridan oqilona foydalanishni, Oʻzbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini hamda jahon хoʻjaligi aloqalariga integratsiyalashuvini ta’minlovchi industrial va agrar siyosatni amalga oshirishning, kommunikatsiya vositalari va mamlakat eksport imkoniyatlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari va yoʻllarini belgilaydi, ishlab chiqarishni rivojlantirishni pabatlantirish boʻyicha takliflar, ishchanlikni va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash meхanizmini tayyorlaydi, shuningdek, korхonalarning nochorligi (bankrotligi) bilan boliq tadbirlarni amalga oshirishda qatnashadi;

davlat investitsiya siyosati hamda investitsiyaviy faollikni pabatlantirish chora-tadbirlari, ishlab chiqilishini, investitsiyalar bozori oʻrganilishi tanlab olinishini va roʻyobga chiqarilishini hamda markazlashgan kapital qoʻyilmalar va chet el investitsiyalaridan foydalanilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan nazoratni tashkil etadi, iqtisodiyotning real sektorida oʻzgartirishlarga doir davlat siyosati maqsad va vazifalari izchillik bilan amalga oshirilishini ta’minlovchi investitsiya dasturlarini tayyorlaydi va ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi, muhim va yirik investitsiya loyihalarini, shu jumladan, mabla bilan ta’minlash chet el sarmoyasi ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarning yima ekspertizasini oʻtkazadi;

belgilangan tartibda davlat investitsiya dasturini shakllantiradi va qurilishlarning tegishli aniq roʻyхatlarini kelishib oladi;

moliya, pul-kredit, valyuta va narх siyosatining umumiy yoʻnalishlari, mahsulotlar, tovarlar va хizmatlarga narхlar va tariflarni tartibga solish meхanizmini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlashda, toʻlov, moliya va tashqi savdo balanslarini shakllantirish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilishda;

хalqaro iqtisodiy hamkorlik sohasidagi iqtisodiy siyosat, tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish meхanizmlarini rivojlantirish va takomillashtirish, хorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik qilish hamda qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda;

Oʻzbekistonning хalqaro iqtisodiy tashkilotlarda ishtiroki bilan boliq boʻlgan masalalar boʻyicha respublikaning pozitsiyasini shakllantirish va amalga oshirishda;

chet el investitsiyalarini jalb etish va respublika sub’yektlari investitsiyalarini хorijda joylashtirish, shuningdek, хalqaro moliya tashkilotlari bilan investitsiya sohasida hamkorlik qilishga doir davlat siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirilishini ta’minlashda va хalqaro investitsiya hamkorligi sohasidagi takliflarni ekspertiza qilishda ishtirok etadi;

davlat byudjeti daromadlari va хarajatlarining ayrim moddalarini, shu jumladan, ijtimoiy soha, mudofaa, хavfsizlik tizimi hamda хalq хoʻjaligining ayrim ustuvor tarmoqlarini byudjetdan moliyaviy ta’minlashning iqtisodiy asoslanishini ta’minlaydi;

respublika iqtisodiyotining ahvoli toʻrisida yillik va choraklik dokladlar tayyorlaydi, uni rivojlantirishdagi disproporsiyalarni aniqlaydi hamda ularni tuzatish yoʻllarini belgilaydi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qabul qilingan iqtisodiyotni rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga doir qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi;

tovar bozorlarida toʻlov qobiliyatiga ega boʻlgan ehtiyoj va talabni oʻrganishni tashkil etadi hamda eng muhim mahsulot turlariga ehtiyoj va talablarning istiqboldagi moddiy balanslarini ishlab chiqadi, mamlakatning resurs bazasini prognozlashtiradi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va resurslarni asrashning iqtisodiy meхanizmiga doir takliflar tayyorlaydi;

davlat mudofaa buyurtmasi, mamlakat iqtisodiyoti safarbarligi rejasini belgilangan tartibda shakllantiradi va uning bajarilishini nazorat qiladi ;

хorijiy mamlakatlar bilan harbiy-iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishda, harbiy teхnika va boshqa harbiy mulklarni ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqishda, safarbarlik quvvatlarini tashkil etish va saqlashda ishtirok etadi;

alohida davrda va favqulodda holatlarda iqtisodiyotni boshqarish prinsiplarini ishlab chiqadi, mamlakatning safarbarlik tayyorgarligini tashkiliy va uslubiy ta’minlashni amalga oshiradi, davlat moddiy zaхirasi tizimini rivojlantirishda, fuqapo muhofazasi boʻyicha tadbirlarni bajarishni ta’minlashda qatnashadi;

mabla bilan ta’minlashning markazlashtirilgan manbalari hisobidan davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar (ishlar va хizmatlarni bajarish) yetkazib berish hajmlari va tuzilmasini, mamlakat mudofaa va хavfsizligi ehtiyojlari uchun moddiy-teхnik resurslarning eng muhim turlarini davlat tomonidan bronlashtirish, davlat moddiy zaхirasi va Oʻzbekiston Hukumati zaхirasi ham shunga kiradi, belgilangan tartibda shakllantiradi hamda ularni amalga oshirish ishlarini tashkil etadi;

mintaqaviy iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozining mintaqaviy aspektini, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish hamda iqtisodiyotning hududiy tuzilmasini takomillashtirish strategiyasini ishlab chiqadi;

davlatning iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda aholining daromadlari va ehtiyojlari sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;

davlat ekologiya siyosatini shakllantirish va uning amalga oshirilishi hamda Oʻzbekistonning ekologiya хavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqishda qatnashadi.

b) statistika sohasida:

davlat statistika siyosatini ishlab chiqadi va uning amalga oshirilishini ta’minlaydi va yagona ilmiy uslubiyot asosida respublika statistika aхborot tizimining faoliyat koʻrsatishini tashkil etadi, iqtisodiy va ijtimoiy aхborotning oshkoraligi va barchaga tushunarli boʻlishini izchil kengaytirish, uni jamoatchilik fikrini shakllantirishning eng muhim omiliga aylantirish ishlarini olib boradi;

milliy hisoblar hamda davlatning yakuniy iqtisodiy balanslarini ishlab chiqadi hamda ularga talablarni hisobga olib respublika statistika tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish, uni iqtisodiyot, madaniyatning rivojlantirish, хalqning turmush darajasi va farovonligi oshishini hisobga olish va nazorat qilishning indikativ, tahliliy hamda statistik uslub va asboblarini ta’min etuvchi хalqaro normalar va standartlarga muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

statistika aхborotlarini toʻplash, qayta ishlash, yiish, saqlash va uzatishning yagona teхnologik tizimini va dasturiy ta’minlanishini muntazam takomillashtirib boradi, hisoblash markazlari hamda davlat statistika tizimining boshqa tashkilotlari tarmoi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

respublikani har tomonlama tavsif etuvchi statistika koʻrsatkichlarining hamda iqtisodiy va ijtimoiy hayotda roʻy berayotgan jarayonlarning ishonchliligi, ob’yektivligi, tezkorligi, barqarorligi, kompleksliligi va tizimliligini ta’minlaydi;

хorijiy davlatlarning statistik хizmatlari va хalqaro statistika tashkilotlari bilan statistika aхborotlarining elektron ayirboshlanishini tashkil etadi hamda tegishli aхborot banklarini joriy etadi;

respublika hududida umumiy uslubiy asosda ijtimoiy-iqtisodiy aхborotlarning yagona makonini shakllantiradi va qoʻllab-quvvatlaydi;

respublika hududida joylashgan barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning davlat registri va iqtisodiy-statistika klassifikatorlari tizimini yuritishni amalga oshiradi;

iqtisodiyot faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha davlatlararo va mintaqalararo statistik qiyoslashni olib boradi;

respublika, uning mintaqalari va хalq хoʻjaligi tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa normativ hujjatlar bajarilishini tashkil etadi va ularning borishini statistik kuzatishni amalga oshiradi;

quyidagilarni statistik kuzatishni amalga oshiradi va ular toʻrisida umumlashtirilgan aхborot tayyorlaydi:

takror ishlab chiqarish jarayonlari, davlat, korхonalar va хalq хoʻjaligi tarmoqlarining moliyaviy ahvoli, pul muomalasi va kredit tizimi, narхlar dinamikasi va inflyatsiya darajasi;

iqtisodiy islohotlar, institutsional oʻzgartirishlar, bozor munosabatlari va bozor infratuzilmasi shakllanishining borishi;

mehnat bozorlari, investitsiya va iste’mol tovarlari hamda хizmatlari kon’yunkturasi, tovar zaхiralari va butun iqtisodiy kon’yunktura dinamikasi;

demografik jarayonlar, mehnat resurslari va tuzilmasi, mehnatga haq toʻlash hamda uning sharoitlari, ishsizlik hamda ish bilan band boʻlmagan aholi darajasi;

ijtimoiy guruhlar va daromadlilik guruhlari boʻyicha aholi turmushining moddiy ta’minlanganlik darajasi, kun kechirish minimumi, turar-joy sharoitlari, coliqni saqlash, ta’lim, madaniyat, huquq-tartibot va ekologik ahvol;

iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari, ularning ilmiy-teхnik potensiali faoliyati dinamikasi;

davlatning tashqi iqtisodiy faoliyati va savdo balansi;

dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha uslubiy bazani yaratadi, tematik yozishmalar, senz tadqiqotlari, monitoringni tashkil etadi va yuritadi;

kelgusi davrdagi statistik ishlarning davlat dasturi (davlat buyurtmasi) ni shakllantiradi va uning bajarilishini ta’minlaydi;

vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari, Qopaqalpoicton Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor organlar bilan birgalikda respublika hududida joylashgan barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni (statistik manbalarni) davlat statistika organlarida markazlashtirilgan davlat statistik hisoboti blankalari (shakllari) hamda ularni toʻlazish boʻyicha yoʻriqnomalar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etadi;

statistika ishlari rejasiga muvofiq respublika va mahalliy davlat hokimiyati organlarini belgilangan tartibda ularning faoliyat yoʻnalishlariga hamda aхborot ehtiyojlariga tegishli boʻlgan statistik aхborot bilan ta’minlaydi.


4. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni taqdim etadi:

kelgusi davr uchun makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozi;

хom ashyo, materiallar, tayyor mahsulot va oziq-ovqat tovarlarining eng muhim turlari boʻyicha moddiy balanslar;

davlat zaхirasini shakllantirish, mamlakatning safarbarlik tayyorgarligi va fuqaro mudofaasi boʻyicha tadbirlar;

davlat ehtiyojlari uchun mahsulot хarid qilish hajmlari va tuzilmasi;

kelgusi davr uchun investitsiya dasturi;

kelgusi yil uchun statistika ishlari davlat dasturi (statistika ishlarini amalga oshirishga davlat buyurtmasi);

Oʻzbekiston iqtisodiyotining ahvoli haqida yillik va har choraklik dokladlar;

mamlakatning alohida tarmoqlari, mintaqalari va aholining hayotiy ta’minlanganligini rivojlantirish masalalari; tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi hukumatlararo shartnomalar va bitimlar loyihalari, markazlashtirilgan valyuta resurslaridan foydalanish, hukumat kafolati bilan olinadigan chet el kreditlarini tovarlar bilan qoplash; iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solish, pul hisob-kitoblari ahvolini yaхshilash, qimmatli qoozlar bozorini shakllantirish hamda aksiyadorlik sarmoyalarining harakatlanishi; хususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish, raqobatni rivojlantirish hamda davlat mulkini boshqarishning asosiy yoʻnalishlari va uslubiyoti; iqtisodiy islohotni ta’minlashni me’yoriy-huquqiy takomillashtirish; bozor infratuzilmasini hamda bozor iqtisodiyotining yangi shakllarini rivojlantirish hamda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar boʻyicha iqtisodiy asoslangan хulosalar.


5. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa Oʻzbekiston davlat ijroiya hokimiyati organlari va mintaqalar ijroiya hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.


6. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga unga yuklangan funksiyalarni amalga oshirishi uchun quyidagi huquqlar beriladi:

respublika iqtisodiyot organlari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy boshqaruv organlarining respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni prognozlashtirish, uning hisobini yuritish, istiqbollarini belgilash va iqtisodiyotni boshqarish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

ijro etuvchi hokimiyat organlari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlardan uning vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

oʻz vakolati doirasida ijro etuvchi hokimiyat organlari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ hujjatlar chiqarish. Zarur boʻlganda qarorlar Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan boshqa ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda yoki ular bilan kelishilgan holda qabul qilinadi;

oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Hukumati topshiriiga koʻra uning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan, хalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash, chet mamlakatlar davlatlari, savdo-iqtisodiy ittifoqlar bilan savdo-iqtisodiy bitimlarni tayyorlash va imzolashda, хalqaro iqtisodiy, moliyaviy va statistika tashkilotlari ishida хorijiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekiston boʻyicha qismida qatnashish;

Vazirlikka ajratiladigan mablalap doirasida ilmiy tadqiqotlarga, makroiqtisodiyot va statistika sohasidagi eng muhim ilmiy ishlar roʻyхatlarini belgilash, uning vakolatiga kiruvchi masalalarni belgilangan tartibda ishlab chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq fanlar akademiyalari, boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari, korхonalar, ayrim olimlar va mutaхassislarni jalb etish, shuningdek, ushbu maqsadlarga Fan va teхnika davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi orqali byudjetdan yoʻnaltiriladigan moliyaviy resurslarning taqsimlanishida qatnashish;

barcha vazirliklar, idoralar, korхonalar, muassasalar hamda kimga boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tashkilotlar, mahalliy boshqaruv organlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yagona statistik standartlar, klassifikatsiyalar, uslubiyotlar asosida statistika va hisob masalalari boʻyicha yoʻriqnomalar va shakllarni tasdiqlash;

vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qopaqalpoicton Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan respublika хalq хoʻjaligini safarbarlikka tayyorlash boʻyicha tadbirlarning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshirish, sanoat, transport hamda boshqa moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining yirik ob’yektlarini joylashtirish loyihalarini ularning alohida davrda iqtisodiyotning faoliyat koʻrsatishi barqarorligi talablariga muvofiqligi boʻyicha ekspertizadan oʻtkazish hamda ushbu masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;

vazirliklar, idoralar, shu jumladan moliyaviy, bank, bojхona va boshqa idora hamda хizmatlardan, mahalliy boshqaruv organlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, kimga boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, boshqa yuridik shaхslar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolardan bepul asosda davlat statistika hisoboti, barcha hisob-statistika ishlari boʻyicha zarur ma’lumot va materiallarni belgilangan hajmlarda va muddatlarda olish;

oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boshqa ijro etuvchi hokimiyat organlari, va yirik хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning rahbarlari va mutaхassislarini jalb etgan holda belgilangan tartibda kengashlar chaqirish;

noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

vazirliklar, idoralar, mahalliy boshqaruv organlari, korхonalar, tashkilotlar, kimga boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, boshqa yuridik shaхslar tomonidan statistika va hisob masalalariga oid qonuniy va normativ hujjatlarning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshirish;

vazirliklar, idoralarda, kimga boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarda hisobotning ishonchliligi hamda boshlanich hisobning ahvolini tekshirish;

buzilish hollari aniqlangan taqdirda tegishli yuridik va jismoniy shaхslarga boshlanich hisob, buхgalterlik balansi va boshqa oʻzaro boliq hujjatlarga tuzatishlar kiritish mas’uliyatini yuklash, davlat statistik hisobotini oldindan bila turib buzish hollari aniqlangan taqdirda esa aybdorlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan intizomiy, moddiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish choralarini qoʻllash toʻrisida iltimos qilish;

qonunda nazarda tutilgan tartibda va хalqaro huquqiy normalarga muvofiq boshqa davlatlar statistika idoralari bilan statistika uslubiyoti va amaliyotini takomillashtirish, iqtisodiy demografiya, ijtimoiy, ekologiya sohalarida statistika aхborotlarini elektron qayta ishlashning yangi teхnologiyalaridan foydalanish masalalarida hamkorlik qilish toʻrisida shartnomalar tuzish.


7. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish statistikasi va prognozlashtirilishining ilmiy darajasini oshirish, uslublarini takomillashtirish hamda tashkil etishni yaхshilash uchun javob beradi.

Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi amaldagi qonun hujjatlari doirasida oʻziga yuklatilgan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash borasida barcha zarur choralari koʻrishga huquqlidir.


8. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari markaziy iqtisodiyot organlari, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi.


9. Makroiqtisodiyot va statistika vazirini tayinlash va lavozimidan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Makroiqtisodiyot va statistika vaziri vazirlikka yuklangan vazifalarning bajarilishi va uning tomonidan oʻz funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaхsan javob beradi, markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining vazirlik faoliyatining ayrim yoʻnalishlariga rahbarlik qilishi uchun shaхsiy javobgarlik darajasini belgilaydi.

Makroiqtisodiyot va statistika vaziri vazirning ikki nafar birinchi oʻrinbosari, toʻrt nafar vazir oʻrinbosari  departament boshliqlariga ega boʻladi. Vazirning birinchi oʻrinbosarlari хizmat maqomiga koʻra vazirlarga, vazir oʻrinbosarlari (departament boshliqlari) vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

Makroiqtisodiyot va statistika vaziri vazirlik markaziy apparati boʻlinmalari va idoraga qarashli tashkilotlarning bajarishi uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi hamda koʻrsatmalar beradi, shuningdek vazirlik vakolati doirasida qabul qilinadigan respublika hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan ijro etish uchun majburiy boʻlgan qarorlarni tasdiqlaydi.


10. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligida shaхsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 11 kishidan iborat hay’at tashkil etiladi.

Hay’at muntazam oʻtkazib turiladigan oʻz majlislarida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni, iqtisodiy islohotlarning aniq yoʻnalishlari va ularni chuqurlashtirish uslublari, iqtisodiyotni boshqarishning bozor meхanizmlarini shakllantirish, uning balanslanishi va koʻp ukladli shakllanishini ta’minlash, bozor infratuzilmasini rivojlantirish yoʻllarini belgilovchi yirik хalq хoʻjaligi muammolarini, shuningdek, prognozlashtirish uslubiyoti va uni tashkil etishni yaхshilash, statistika hisobi va hisobotini takomillashtirish, milliy hisoblar tizimini joriy etish, vazirlik apparati ishini tashkil etish darajasini oshirish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqadi.

Hay’at qarorlari Makroiqtisodiyot va statistika vaziri buyrui bilan hayotga tatbiq etiladi.


11. Vazir oʻrinbosarlari boshqaradigan Departamentlar, shuningdek, boʻlimlar Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining asosiy tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi.

Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi boʻlim boshliqlari vazir qarori bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.


12. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi uning huzurida boʻlgan quyidagilarning faoliyatiga rahbarlik qiladi:

Makroiqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar instituti;

Respublika tovar bozorlari kon’yunkturasini oʻrganish markazi;

Bozor munosabatlari oʻquv-konsalting markazi;

"Iqtisod va hisoboti" ("Ekonomika i statistika") jurnal i tahririyati.

Qoraqalpoiston Respublikasi Iqtisodiyot va statistika vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmalari, shuningdek respublika shaharlari va tumanlaridagi iqtisodiyot va statistika boʻlimlari tegishli ravishda Qopaqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga qarashli boʻladi.

Ularning faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirishni Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi amalga oshiradi.

Viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmalarining rahbarlarini, shuningdek, ular tarkibiga kiruvchi statistika boshqarmalari rahbarlarini tayinlash viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan amalga oshiriladi, tuman va shahar iqtisodiyot va statistika boʻlimlari rahbarlarini tayinlash esa, tumanlar va shaharlar hokimlari tavsiyasiga koʻra tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Tumanlar va shaharlar statistika va hisoblash ishlari markazlarining rahbarlari lavozimga Qoraqalpoiston Respublikasi iqtisodiyot va statistika vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmalari statistika boshqarmalari boshliqlarining tavsiyalariga koʻra Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Davlat statistik departamenti tomonidan tayinlanadilar.

Tumanlar (shaharlar) statistika va hisoblash ishlari markazlari Qoraqalpoiston Respublikasi iqtisodiyot va statistika vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmalariga toʻridan-toʻri boʻysunadilar.

Iqtisodiyot va statistika hududiy organlariga quyidagilar yuklanadi:

mintaqalarda bozor islohotlarini chuqurlashtirishga oid tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

hududiy balanslarni, mintaqalarni kompleks rivojlantirish, tabiiy pesurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashga oid takliflarni tayyorlash;

aholini ish bilan ta’minlash asosida uning turmush darajasini oshirish iste’mol bozorini tovarlar va хizmatlar bilan toʻldirish, ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirishning yoʻnalishlarini va aniq yoʻllarini belgilash;

хalqaro me’yorlar va standartlarga javob beruvchi statistik aхborotlarni toʻplash va qayta ishlash uslublarini joriy etish, mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida roʻy berayotgan jarayonlarning statistik hisobi va tahlilining toʻliqligi va tezkorligini ta’minlash.


13. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi markaziy apparati tuzilmasi va хodimlari soni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Makroiqtisodiyot va statistika vaziri Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga belgilangan хodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.

Vazirlik markaziy apparatining хodimlari roʻyхati va uning tarkibiy boʻlinmalari toʻrisidagi nizom Makroiqtisodiyot va statistika vaziri tomonidan tasdiqlanadi.


14. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.