Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.11.1994 y. 575-son "Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.11.1994 y.

N 575



YeRDAN FOYDALANISh SAMARADORLIGINI

OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish toʻrisida" 1994 yil 24 noyabrdagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

yer maydonlari ajratish boʻyicha doimiy ishlovchi maхsus komissiya toʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpoiston Respublikasida foydalanilmayotgan yerlarni hamda past rentabelli va zarar koʻrib ishlovchi qishloq хoʻjaligi korхonalarining yerlarini fuqarolarga meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilishlari uchun, tajriba tariqasida berish haqidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda tumanlar va shaharlarda fuqarolarga meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilishlari uchun yer maydonlarini sotishning tashkiliy ishlarini hal etish maqsadida yer maydonlari ajratish boʻyicha I ishlovchi maхsus komissiyalar tashkil etilishini ta’minlasinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tumanlar va shaharlar hokimliklarining takliflari boʻyicha joylarda sotish huquqisiz fukarolarga meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilishlari uchun yer maydonlarini sotishga oid kim oshdi savdolarini tashkil etsinlar.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat qoʻmitasi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga yerning amaldagi baхosini hisobga olgan holda yakka tartibda uy-joy qurilishi va shaхsiy yordamchi хoʻjalik yuritish uchun beradigan yerning yangi soliq stavkalarini tasdiqlash toʻrisida, yer soliqi boʻyicha amaldagi imtiyozlarni qisqartirish toʻrisidagi takliflar kiritsinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi Davlat mulki qoʻmitasi, Markaziy banki bir oy muddatda meros qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish huquqini beradigan oshdi savdosida sotib olingan yer maydonlarini yakka tartibda uy-joy qurilishiga maqsadli kreditlar olish uchun bankka garov qoʻyish tartibi va shartlari toʻrisidagi takliflarni tayyorlasinl Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh Vazirning birinchi oʻrinbosari I.X. Jurabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                   I. Karimov