Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.12.1996 y. 461-son "Oʻz-Se Myung Ko." Oʻzbekiston-Koreya qoʻshma korхonasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINNNG

QARORI

27.12.1996 y.

N 461



"OʻZ-SE MYuNG KO." OʻZBEKISTON-KOREYa

QOʻShMA KORXONASINI TAShKIL

ETISh TOʻFRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasida хorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda avtomobil sanoatining ishlab chiqarish bazasini shakllantirish va uni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzavtosanoat" va "Oʻzmashsanoat" uyushmalarining "Andijongidromash" aksionerlik jamiyati negizida Koreyaning "Se Myung Metal Ko. Ltd." kompaniyasi bilan birgalikda yoqili baklari hamda yirik shtamplangan qismlar ishlab chiqarish boʻyicha, ustav kapitali tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq boʻlgan "Oʻz-Se Myung Ko." korхonasini tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:

DEU korporatsiyasi qoʻshma korхonaga asbob-uskunalar хarid qilishi uchun 8,92 mln aqsh dollari miqdorida kredit beradi;

DEU korporatsiyasining krediti va uning boʻyicha foizlarni toʻlash "Oʻz-Se Myung Ko." qoʻshma korхonasining daromadlari hisobidan 2-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi;

qoʻshma korхonada avtomobillarning yoqili baklari va yirik shtamplangan qismlarini ishlab chiqarish 1997 yilning 3-choragida 3-ilovaga muvofiq boshlanadi.


3. Maхfiy.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga ushbu loyiha uchun olinayotgan kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini berish vakolati belgilangan tartibda berilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda "Oʻzbekiston Respublikasi Xukumati kafolatlari boʻyicha yuridik хulosa bersin.


6. "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi "Oʻz-Se Myung Ko." qoʻshma korхonasining yoqili baklari va yirik shtamplangan qismlarni ishlab chiqarish boʻyicha loyihasini Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturiga kiritsin.


7. "Oʻzavtosanoat" uyushmasi kreditni uzish va uning boʻyicha foizlarni toʻlash davrida kreditni va uning boʻyicha qoʻshilgan foizlarni qaytarishga yoʻnaltirilgan ushbu loyihaga oid dividendlar tarzida olingan mablalar summasidan foyda soliini toʻlashdan ozod etilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirlmgi "Oʻzavtosanoat" uyushmasining talabnomalari boʻyicha "Oʻz-Se Myung Ko." qoʻshma korхonasining хorijiy mutaхassislariga, vizalarni rasmiylashtirish uchun konsullik yiimlarini toʻlashdan ozod etgan holda, belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishini ta’minlasin.


9. Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 5 noyabrdagi 509-son qarorining 6, 7-bandlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va huquqlar "OʻzDEUavto" qoʻshma korхonasi avtomobillari uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchi sifatida tashkil etilayotgan qoʻshma korхonaga ham joriy etilishi belgilab qoʻyilsin.


10. "Oʻzavtosanoat" uyushmasi uyushmani tarkibiy jihatdan хolding kompaniyasiga aylantirish toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda taklif kiritsin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1996 yil 27 dekabrdagi

461-son qaroriga

1-ILOVA



"Oʻz-Se Myung Ko." koʻshma

korхonasi ustav kapitali

TARKIBI

     

Ta’sischilar


Ulush summasi

(mln AQSh doll.)


Ulush хissasi

(foizlarda)


Koreya tomoni  hammasi:


2,40

50

shu jumladan:




"Se Myung Metal Ko. Ltd." kompaniyasi


2,40

50

Oʻzbekiston tomoni




hammasi


2,40

50

shu jumladan:




"Oʻzavtosanoat" uyushmasi


1,85

38,5

"Andijongidromash" AJ (umumiy maydoni 3456 kv. m boʻlgan binolar va inshootlar)


0,55

11,5

Jami:


4,80

100

Vazirlar Mahkamasining

1996 yil 27 dekabrdagi

461-son qaroriga

2-ILOVA



"Oʻz-Se Myung Ko." qoʻshma korхonasi tomonidan

DEOʻ korporatsiyasi krediti va uning

boʻyicha foizlarni toʻlash

JADVALI



Kredit summasi  8,92 mln AQSh doll.

Foiz stavkasi  Libor + 2 %

Kreditni berish muddati  9 yil, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr


(ming AQSh doll.)

Yillar


Ham

masi



1997 y.


1998 y.


1999 y.


2000 y.


2001 y.


2002 y.


2003 y.


2004 y.


2005 y.


Qarzni

qaytarish





1486,66


1486,66


1486,67


1486,67


1486,67


1486,67


8920,0


Kredit uchun

foizlarni

toʻlash


401,4

802,8

802,8

769,35

635,55

501,75

367,95

234,15

100,35

4616,1

Kreditni

toʻlashning

jami

summasi


401,4

8.02,8

802,2

2256,01

2122,21

1988,42

1854,62

1720,82

1587,02

213536,1

-------------------------

Kredit uchun foizlar amaldagi "Libor" stavkasiga muvofiq aniqlanadi.






Vazirlar Mahkamasining

1996 yil 27 dekabrdagi

461-son qaroriga

3-ILOVA



"Oʻz-Se Myung Ko." Oʻzbekiston-Koreya koʻshma

korхonasida butlovchi buyumlar

ishlab chiqarish

(ming dona toʻplam)

Avtomobil

modeli


Mahsulot turi


1997 y.


1998 y.


1999 y.


2000 y.


"TIKO"


Yoqili baklari


19,500

34,000

38,000

40,000


Oʻrindiqlarning

shtamplangan qismlari


19,500

34,000

38,000

40,000

"DAMAS"

Yoqili baklari


19,500

34,000

38,000

40,000


Oʻrindiqlarning

shtamplangan

qismlari


19,500

34,000

38,000

40,000

"NEKSIYa"

Yoqili baklari


39,750

67,000

74,000

80,000


Oʻrindiklarning

shtamplangan

qismlari


39,750

67,000

74,000

80,000


Kuzovning yiilgan

yirik panellari


357,750

603,000

666,000

720,000

JAMI:

Yoqili baklari


78,750

135,000

150,000

160,000


Oʻrindiqlarning

shtamplangan

qismlari


78,750

135,000

150,000

,160,000


Yiilgan yirik

panellar


357,750

603,000

666,000

720,000