Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 05.03.2014 y. 01/27-26/09-son "Baholovchi malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 26.03.2014 y. 1840-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

26.03.2014 y.

N 1840-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

XUSUSIYLAShTIRISh, MONOPOLIYaDAN

ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh

DAVLAT QOʻMITASINING

05.03.2014 y.

N 01/27-26/09


QARORI


"Baholovchi malaka sertifikatini berish tartibi

toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga

oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 13 noyabrdagi PF-4483-son "Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida"gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 46-47-son, 521-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 374-son "Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 2-son, 19-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2008 yil 16 iyuldagi 01/19-18/09-sonli "Baholovchi malaka sertifikatini berish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga (roʻyхat raqami 1840, 2008 yil 4 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 31-32-son, 307-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                                               A. Abduhakimov






Qarorga

ILOVA



"Baholovchi malaka sertifikatini berish tartibi

toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi

qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddimada "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Nizomda:


2-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda matnda Davlat mulki qoʻmitasi deb yuritiladi)" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda matnda Davlat raqobat qoʻmitasi deb yuritiladi)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3, 4, 5, 6, 7, 8, 10, 14, 16, 21, 22, 24, 25, 26, 27, 31, 33, 34, 36, 37, 38, 39, 40, 45, 49, 50, 51 va 52-bandlardagi "Davlat mulki qoʻmitasi", "Davlat mulki qoʻmitasiga", "Davlat mulki qoʻmitasida" va "Davlat mulki qoʻmitasining" degan soʻzlar tegishlicha "Davlat raqobat qoʻmitasi", "Davlat raqobat qoʻmitasiga", "Davlat raqobat qoʻmitasida" va "Davlat raqobat qoʻmitasining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


1-ilovadagi "Davlat mulki qoʻmitasiga" degan soʻzlar "Davlat raqobat qoʻmitasiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3-ilova mazkur oʻzgartirishlarga ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.






Oʻzgartirishlarga

ILOVA


Baholovchi malaka sertifikatini

berish tartibi toʻrisidagi nizomga

3-ILOVA

NAMUNA


Oʻzbekiston Respublikasi gerbi


Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan

chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

BAHOLOVChI MALAKA

SERTIFIKATI

   

__________________-raqam

Fotosurat

oʻrni

    

Toshkent sh.


20___y. "____"____________________

Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan

      

(kimga - baholovchining F.I.O.)

      

(pasport seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgan)

    

    

     

Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyхatga olingan baholash tashkiloti nomidan mulkni baholashni amalga oshirish huquqi beriladi.


Davlat raqobat qoʻmitasi raisi

(rais oʻrinbosari) ___________________________________ __________ M.Oʻ.


Baholovchi malaka sertifikatining amal qilish muddati:


20___ y. "___"__________ dan 20___ y. "___"__________gacha uzaytirilgan.


Imzo ___________________ M.Oʻ.


20___ y. "___"__________ dan 20___ y. "___"__________gacha uzaytirilgan.


Imzo ___________________ M.Oʻ.

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 31 mart, 13-son, 147-modda