Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.08.1995 y. 311-son "Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan pensiya tayinlash uchun mehnat stajini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.08.1995 y.

N 311



VAZIRLAR MAHKAMASINING

1994 YIL 11 MAYDAGI 249-SON QARORI

BILAN      TASDIQLANGAN      PENSIYa

TAYINLASh UChUN MEHNAT STAJINI

TASDIQLASh TARTIBI TOʻFRISIDAGI

NIZOMGA QOʻShIMChA KIRITISh

HAQIDA


Vazirlar  Mahkamasi QAROR QILADI:


Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash uchun mehnat stajini tasdiqlash tartibi toʻrisidagi Nizomning 16-bandi quyidagi mazmundgi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Butun paхta yetishtirish mavsumi davomida oʻzani suorish ishlari bilan band boʻlgan suvchilar uchun toʻliq kalendar ish yili  imtiyozli pensiya olish huquqini beruvchi stajga qoʻshiladi.

Suvchilar imtiyozli shartlarda pensiya tayinlash uchun murojat qilishgan taqdirda хoʻjalik ma’muriyati (boshqaruvi) ijtimoiy ta’minot boʻlimlariga 6-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha mehnat staji toʻrisida ma’lumotnoma taqdim qiladi.

Koʻrsatib oʻtilgan mehnat staji хoʻjalik rahbari, kadrlar boʻyicha хodim, bosh buхgalter va kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisidan iborat tarkibdagi Komissiya tomonidan хoʻjalikdagi mavjud hujjatlar asosida, hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda - guvohlarning koʻrsatmasi asosida belgilanadi.

1995 yildan boshlab suvchi sifatida ishlaganlik faqat birlamchi hisob-kitob hujjatlari asosidagina tasdiqlanishi kerak".



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Mutalov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1995 y., 8-son, 27-modda