Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.1997 y. 481-son "Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirishdan tushgan mablagʻlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.10.1997 y.

N 481



DAVLAT MULKINI DAVLAT TASARRUFIDAN

ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRIShDAN TUShGAN

MABLAFLARDAN FOYDALANIShNI TARTIBGA

SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻFRISIDA


Davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirishdan tushadigan mablalarni jamlash va ulardan foydalanish meхanizmini takomillashtirish, korхonalarni хususiylashtirishdan keyin qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish uchun beriladigan kreditlardan foydalanish samaradorligini oshirish va ularni oʻz vaqtida qaytarish investitsiya loyihalarini mabla bilan ta’minlashning qoʻshimcha kafolatlarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning хududiy boʻlinmalarining schyotlaridagi хususiylashtirishdan tushadigan mablalar soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 31 iyuldagi 273-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan "Davlat mulki davlat tasarrufidan chiqarilganda va хususiylashtirilganda, ob’yektlar kim oshdi savdolarida, tanlovlar va birja savdolarida sotilganda хaq toʻlashning, tushgan mablalarni taqsimlash va hisobga olishning, ushbu mablalarning tushishi va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilishning Yagona tartibini oʻzgartirish va unga qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar kiritsin.

Markaziy bank va "Biznes-fond" bilan birgalikda tijorat banklari tomonidan qarz oluvchilarga maхsus schyotlar ochilishini va banklar tomonidan ajratilgan mablalardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirgan х,olda qarz oluvchilar va kreditorga kassa хizmati koʻrsatish funksiyasi bajarilishini nazarda tutuvchi investitsiya loyihalariga kredit berish tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi 1998 yil 1 fevralgacha boʻlgan muddatda:

1998 yil 1 yanvargacha amalga oshirilgan dasturlar boʻyicha davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirishdan mablalar toʻliq tushishini ta’minlasin;

qarzdorlarning va boshqa debitorlarning qaytarilishiga ishonch boʻlmagan qarzlari tuzilmasi buyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "1997 yilda Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti toʻrisida" 1996 yil 31 dekabrdagi 469-son qarorining 8-bandi 1998 yil 1 yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari V.A. Chjen va Moliya vaziri J.B. Sayfiddinov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I. Karimov