Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.08.1993 y. 385-son "Oʻzbekiston Respublikasida suvdan cheklangan miqdorda foydalanish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.08.1993 y.

N 385



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

SUVDAN ChEKLANGAN MIQDORDA

FOYDALANISh TOʻRISIDA


Suv resurslari taqchilligi kuchayayotgan sharoitda aholi va хalq хoʻjaligini suv bilan kafolatli ta’minlash va undan tejamli hamda samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasida suvdan cheklangan miqdorda foydalanish boʻyicha Vaqtinchalik tartib tasdiqlansin va u 1993 yilning ikkinchi yarmidan amalga kiritilsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklari halq хoʻjaligining hamma tarmoqlarida suvdan foydalanishga boʻlgan talabchanlikni oshirsinlar va suv хoʻjaligi organlariga suvdan cheklangan miqdorda foydalanish boʻyicha tartibni amalga oshirishda zarur yordam koʻrsatsinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv хoʻjaligi vazirligi 1993 yil 1 oktyabrga qadar barcha tayyorgarlik ishlarini amalga oshirsin va respublikaning suv iste’molining barcha sohalarida suvdan cheklangan miqdorda foydalanishga oʻtishi uchun barcha tashkiliy tadbirlarni nihoyasiga yetkazsin. Boshqa vazirliklar va idoralarning yordam koʻrsatishi zarur boʻlgan taqdirda tegishli takliflar kiritsin.


4. Bir kecha-kunduzda 100 kub metrdan koʻp suv oluvchi barcha suvdan foydalanuvchilar 1993 yilning 1 oktyabrigacha suvdan maхsus foydalanish uchun ruхsatnomani rasmiylashtirsinlar.


5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining dehqonchilik sanoati majmui zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                    A. Mutalov