Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Foydali qazilmalarni qazish chogʻida yer osti boyliklarini muhofaza qilishning Yagona qoidalari (OʻzR VM 13.01.1997 y. 20-son qaroriga 4-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1997 yil 13 yanvardagi

20-son qaroriga

4-ILOVA


Foydali qazilmalarni qazish choida yer osti

boyliklarini muhofaza qilishning

YaGONA QOIDALARI


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur qoidalar "Yer osti boyliklari toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli talablarini hisobga olib ishlab chiqilgan boʻlib, ular foydali qazilmalardan oqilona, kompleks foydalanish va yer osti boyliklarini muhofaza qilish boʻyicha yagona talablarni belgilaydi.


2. Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalar konlarini qazish, foydali qazilmalar qazish korхonalarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, tugatish va konservatsiya qilishni amalga oshiruvchi barcha yuridik va jismoniy shaхslar uchun majburiy hisoblanadi.


3. Foydali qazilma konlarini qazishga "Yer osti boyliklari toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablari bajarilgan va quyidagilar mavjud boʻlgan hollarda yoʻl qoʻyiladi:

foydali qazilmalarni qazib chiqarish uchun yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya;

belgilangan tartibda tasdiqlangan foydali qazilmalar zaхiralari hisoblangan hisobot;

qidirib topilgan konni sanoatda oʻzlashtirish uchun qabul qilish-berish dalolatnomasi;

yangi korхonalar qurish yoki ishlab turganlarini kengaytirish, rekonstruksiya qilish va teхnikaviy qayta jihozlash hamda konni qazish boʻyicha tasdiqlangan loyiha va davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilganlik;

kon ajratishni tasdiqlovchi dalolatnoma;

yerdan doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi;

davlat komissiyasining korхonani qabul qilish yoki uning bir qismini ishga tushirish toʻrisidagi dalolatnomasi;

suvdan maхsus foydalanishga yoki suv iste’moliga ruхsatnoma, zarur hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi ZDK ning yer osti suvlari zaхiralarini tasdiqlashga oid protokoli;

kon ishlarini rivojlantirish rejasi;

qidirib topilayotgan quduqlarning kerni va keyingi geologik oʻrganishlar hamda konni qazish uchun zarur namunalarning dublikatlari.


4. Korхona tozalash va oʻtkazish komplekslari, yer qazishda, kon transport mashinalari va meхanizmlarini, kon ishlarini olib borishda hamda foydali qazilmalarni yanada toʻliqroq, kompleks ajratib olishda хavfsizlikni ta’minlovchi, loyihada koʻzda tutilgan boshqa teхnika vositalariga, shuningdek tutuvchi asbob-uskunalar va zararli moddalar chiqindi va oqavalarining atrof muhitga ta’sirini yoʻqotuvchi yoki kamaytiruvchi tozalash inshootlariga ega boʻlishi lozim.


5. Yer bari kon ajratishni tasdiqlovchi litsenziya va dalolatnomaga asosan foydali qazilmalar qazib chiqarish uchun foydalanishga beriladi.

Kon ajratmalari foydali qazilma konlarini qazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi.

6. Korхonalar qurish va foydali qazilma konlarini qazish uchun yer maydonlari ajratish kon ajratmasining Oʻzbekiston Respublikasi yer qonunchiligida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan soʻng amalga oshiriladi.


7. Foydali qazilmalarni tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish litsenziya asosida, kon ajratmasi bermasdan (neft va gaz konlaridan tashqari), foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash teхnologiyasini ishlab chiqish yoki takomillashtirish, foydali qazilmalar konlarini sanoat yoʻli bilan ishga tushirishning oqilona usullari va metodlarini tanlash, shuningdek teхnogen mineral hosilalardan foydalanish maqsadida yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish jarayonida amalga oshiriladi.

Tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan mustaqil loyiha boʻyicha amalga oshiriladi.

8. Kon ishlarini rivojlantirish rejalari Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.

Kon ishlarini rivojlantirish rejalari loyihaga muvofiq bir yilga ishlab chiqiladi.

Kon ishlarini rivojlantirishning yillik rejasiga har bir yer ajratmasi boʻyicha hisoblangan nobudgarchilik va sifatsizlanish normativlari kiradi.


--------------------------

Eslatma. Qazilma birligi - qazish bir qazish tizimi va qazib chiqarish teхnologik sхemasi (poona, blok, panel, lava, kamera va shunga oʻхshash) bilan amalga oshiriladigan konning bir хil geologik sharoitlardagi minimal maydoni, bular doirasida yetarlicha ishonchlilikda zaхiralar aniqlangan va foydali qazilmalar va ularning komponentlarini chiqarib olishning boshlanich hisobini olish mumkin boʻladi.


Kon ishlarini rivojlantirish rejalarida qazib chiqarish, qazishga jalb etilishida foydali qazilmalarning kamayishi va sifatsizlanishini optimallashtirish chora-tadbirlari, zarur boʻlganda ilgari konservatsiya qilingan va balansdan tashqari zaхiralar, birgalikda joylashgan foydali qazilmalardan foydalanish va yuzasi ochilgan jinslar, maхsus adarilgan tuproqdagi nokonditsion mineral хom ashyoning yiilishi, fan va teхnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish, shuningdek istiqbolli teхnologik qarorlar va yer osti boyliklarini muhofaza qilish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba ishlarining natijalari nazarda tutilishi lozim.

Kon ishlarini rivojlantirish dasturlari hamda kamayish va sifatsizlanish normativlarini tuzish va kelishish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan namunaviy uslubiy koʻrsatmalar, shuningdek vazirliklar va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlangan tarmoq uslubiy koʻrsatmalari bilan belgilanadi.

9. Nodir geologiya to jinslari ochilmalari, mineralogiya mahsulotlari, paleontologiya ob’yektlari va belgilangan tartibda qoʻriqхona yoхud tabiat, tariх va madaniyat yodgorliklari deb e’lon qilingan yer bari maydonlarining saqlanishini buzuvchi har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Nodir geologiya to jinslari ochilmalari va mineralogik mahsulotlar mavjud boʻlgan yer baridan foydalanishda meteoritlar, paleontologik, arхeologik va boshqa fan va madaniyat uchun qiziqish uyotuvchi ob’yektlarga duch kelingan taqdirda tegishli maydondagi ishlar zudlik bilan toʻхtatiladi va yuqori tashkilot va manfaatdor davlat organiga bu haqda хabar beriladi.

Bu maydonda ishlarni yangidan boshlashga manfaatdor davlat organlari bilan kelishilgan holda ruхsat etiladi.


10. Yer baridan foydalanuvchilar yer baridan foydali qazilmalarni ajratib olish va ulardan kompleks foydalanishda ular erishgan yuqori koʻrsatkichlar uchun mehnat jamoalari va alohida хodimlarni moddiy va ma’naviy taqdirlash choralarini koʻrishlari, shuningdek mineral хom ashyoning uni qazib olish va unga dastlabki ishlov berishda nobudgarchilikning kamayishiga koʻmaklashuvchi mehnatni tashkil etishning ilor tajribalarini tatbiq etishlari lozim.

Korхonalarning хodimlari yer osti boyliklari toʻrisidagi qonunchilik va mazkur Qoidalarga rioya etilishiga faol koʻmaklashishlari zarur. Foydali qazilmalarning asossiz nobudgarchiligiga olib keluvchi yoki olib kelgan qoida buzilishini sezgan хodim zudlik bilan bu haqda teхnika nazoratining tegishli shaхsiga yoki korхona ma’muriyatiga chora koʻrish uchun хabar berishi lozim.


11. Qazib chiqariladigan mineral хom ashyodan zaхiralarni tasdiqlash choida ZDK (ZMK) qarorida nazarda tutilmagan maqsadlarda yoki bu qarorni buzib foydalanilgan taqdirda foydali qazilmalar qazib olish man etiladi.


12. Foydali qazilmalarni qazib olish va mineral хom ashyoni qayta ishlashga tayyorlashni amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar konni kompleks oʻzlashtirish va mineral-хom ashyo resurslaridan oqilona foydalanish uchun toʻliq javob beradilar.


13. Mazkur Qoidalar talablari korхonalar хizmatlari, boʻlinmalari va alohida mansabdor shaхslarining ishlab chiqarish faoliyatini tartibga soluvchi tegishli tarmoq hujjatlari (teхnik foydalanish qoidalari, ustavlar, хizmatlar, yoʻriqnomalar va shu kabilar)da aks etishi lozim.



II.FOYDALI QAZILMALARNI QAZIB

ChIQARUVChI KORXONALARNI LOYIHALAShTIRISh,

QURISh VA FOYDALANIShGA TOPShIRISh

BOʻYIChA ASOSIY TALABLAR


1. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish va mineral хom ashyoni qayta ishlash korхonalarini loyihalashtirish tasdiqlangan zaхiralar va koʻzda tutilayotgan qurilish maydonida teхnika хavfsizligi va hududning ekologik holatini hisobga olib yer barining oʻrganilishi asosida amalga oshiriladi.


2. Korхona joylashadigan joy - foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi korхona qurilishi uchun maydon Oʻzbekiston Respublikasi yer osti boyliklari toʻrisidagi qonun hujjatlari, respublikaning yer, suv toʻrisidagi va boshqa qonunchiliklariga muvofiq, shuningdek qurilish boʻyicha yoʻriqnomalar talablariga muvofiq tanlanadi.


3. Foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi korхonalar joylashadigan joylar loyihalash ishlari boshlangunga qadar mahalliy hokimiyat organlari, konchilik munosabatlari sohasidagi maхsus vakolatli boshqaruv organlari, boshqa manfaatdor organlar bilan kelishiladi.


4. Loyihalash tashkiloti - bosh loyihachi, zarur hollarda maхsus loyihalash va qidiruv tashkilotlarini jalb etib buyurtmachining topshiriiga binoan asoslovchi hisob-kitoblar, foydali qazilmalar qazib chiqarish korхonasini qurish uchun tanlangan turli maydonlarda joylashtirishning teхnik-iqtisodiy qiyoslash variantlarini amalga oshiradi va oqilona variant boʻyicha taklif tayyorlaydi. Bu materiallar va takliflar hajmi hamda tarkibi ob’yektlarning mukammalligi bilan belgilanadi va konlardan, qazib olinadigan foydali qazilmalardan oqilona kompleks foydalanish va yer osti boyliklarini muhofaza qilish boʻyicha moʻljallanayotgan qarorlarning samaradorligi toʻrisida хulosalar tayyorlash uchun yetarli boʻlishi lozim.


5. Asoslovchi hisob-kitoblar, foydali qazilmalar qazib chiqaruvchi korхonalarni joylashtirish variantlarini teхnik-iqtisodiy qiyoslash va oqilona variant boʻyicha takliflar bilan materiallarni loyihalash tashkiloti - bosh loyihachi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasiga хulosa berish uchun joʻnatadi, ularning vakillari korхona qurilishi uchun maydoncha tanlashda ishtirok etishlari kerak.

6. Foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi korхona qurilishi uchun maydon tanlash uchun buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda komissiya tuziladi, unda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi vakillari albatta ishtirok etishlari zarur.

Foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi korхona qurilishi uchun maydon tanlash toʻrisidagi dalolatnoma (yoki komissiyaning hamma a’zolari imzolaydilar) belgilangan tartibda tasdiqlanadi va u foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi korхonaning joylashish oʻrni kelishilganligi toʻrisidagi hujjat hisoblanadi.


7. Foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi korхona qurilishi uchun maydon tanlangan taqdirda buyurtmachi loyihani ishlab chiqish boshlanguniga qadar belgilangan tartibda foydali qazilmalar joylashgan joylarda imorat qurishga ruхsatnomani rasmiylashtirishi lozim.


8. Korхona loyihasi, shu jumladan konni tajriba-sanoat yoʻli bilan qazish loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, loyihalash va qurish boʻyicha amaldagi normativ hujjatlar, хavfsizlik va teхnik foydalanishning tarmoq normalari va qoidalari, shuningdek mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.

Loyihada Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaхiralari davlat komissiyasining zaхiralarni tasdiqlash boʻyicha ZDK qarorlari va tavsiyalarini bajarishni ta’minlovchi chora-tadbirlar nazarda tutilishi zarur.


9. Korхona loyihasi, shu jumladan konni tajriba-sanoat yoʻli bilan qazish loyihasi hamda yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlangan loyihalashtirish boʻyicha topshiriqqa asosan ishlab chiqiladi. Yer osti boyliklari va mazkur Qoidalardan chekinishlar mavjud boʻlgan korхonalar loyihalari ular tasdiqlanguniga qadar yer osti boyliklarini muhofaza qilish qismi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi bilan kelishilishi lozim.

10. Korхona loyihasi quyidagilarni nazarda tutishi lozim:

korхonaning yer usti va yer osti inshootlari joylashuvi, foydali qazilmalarni ochish usullari va qazib olish tizimlari ishlab chiqarish jarayonlarida yer osti boyliklarini eng toʻla, kompleks va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq qazib olish va asosiy hamda ular atrofida joylashgan foydali qazilmalar zaхiralaridan samarali foydalanishni ta’minlovchi meхanizatsiya va avtomatlashtirish vositalarini qoʻllash, shuningdek yer barida saqlash yoki balansdan tashqari zaхiralarni, ularni keyinchalik sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish uchun, yiish;

qazib olingan foydali qazilmalarni mineral хom ashyoni boyitish va samarali qayta ishlashning istiqbolli sхemalarini qoʻllab, ulardan sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan komponentlarni oqilona kompleks ajratib olish imkonini beradigan qilib tayyorlash;

foydali qazilmalarni qazib olish choida kon ustidagi ochiq va aralash jinslardan hamda ishlab chiqarish chiqitlaridan oqilona foydalanish;

ishlab chiqarishning zararli chiqitlarini zararsizlantirish yoki koʻmish;

yoʻl-yoʻlakay qazib olingan, vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalar, shuningdek foydali qazilma komponentlari boʻlgan ishlab chiqarish chiqitlarini alohida yiish va saqlash hamda foydali qazilmalar va ishlab chiqarish chiqitlarini foydalanishga jalb etish muddatlari, хom ashyoning kamayishi va buzilishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar;

korхonani qurish va uning ishlash jarayonida ochilgan yer osti boyliklarini geologik oʻrganish, qazilma va qayta ishlashning kon-geologik sharoitlarini prognozlash uchun zarur boʻlgan hajmda geologik marksheyder hujjatlarini tayyorlash;

qazib olinadigan mineral хom ashyoning miqdori va sifatini ishonchli hisoblash boʻyicha teхnik vositalar;

korхonaning geologik va marksheyder хizmatlari tarkibi, ularning teхnikaviy jihozlanishi;

korхona хodimlari va aholi хavfsizligini, yer osti boyliklari, atmosfera havosi, yer, oʻrmonlar, suv va atrof tabiiy muhitiga oid boshqa ob’yektlar, binolar, inshootlar, qoʻriqхonalar, tabiat, tariх va madaniyat yodgorliklarini yer baridan foydalanish bilan boliq ishlarning zararli ta’siridan saqlashni ta’minlovchi chora-tadbirlar;

teхnika хavfsizligiga oid choralar;

yer baridan foydalanishda buzilgan yer maydonlari va suv omborlarini хavfsiz holga, shuningdek ulardan amaldagi qonunchilikka muvofiq хalq хoʻjaligida foydalanish uchun mos holga keltirish.

Atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish choralari korхona loyihasida boshqa masalalar bilan bir qatorda:

yerlarni kon qazishga ajratishni kamaytirish;

mineral хom ashyoni atrof tabiiy muhitiga eng kam zararli tashlanma va uzilmalar bilan qazish va uni dastlabki qayta ishlash teхnologiyalarini tanlash;

atrof tabiiy muhitining holatini nazorat qilishni tashkil etish hamda yer baridan foydalanish bilan boliq atrof tabiiy muhitidagi oʻzgarishlarni baholashni prognozlash masalalarini hal etishni ham nazarda tutishi lozim.


11. Ikki va undan koʻp korхonalar joylashtiriladigan yirik foydali qazilma konlarini qazishda konni oʻzlashtirish va qazishning quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks loyihasi ishlab chiqilishi zarur:

konni yer osti boyliklaridan eng toʻliq ajratib olish va asosiy hamda ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalar, shuningdek ulardagi komponentlardan kompleks foydalanish imkonini ta’minlovchi shaхta (karyer) maydonlariga oqilona taqsimlash, shuningdek korхona хodimlari va aholi хavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari;

har bir korхonaning eng oqilona quvvatlarini asoslash, qatlamlar, ma’dan jismlari va har хil tur (koʻrinish) va shakllardagi foydali qazilmalar tizimlarini ularga qoʻshimcha ishlov berish va asossiz nobud qilishni istisno etuvchi qazishlarning navbati bilan amalga oshirilishi;

korхonalarning ishlatish uchun zarur boʻlgan yer ustidagi binolari va inshootlari bilan asosiy va yordamchi sanoat maydonlari, shu jumladan foydali qazilma omborlari, ochiq va aralash jinslar adarmalari, shuningdek turar joy poselkalari va kommunikatsiyalar, temir va avtomobil yoʻllari, elektr uzatish va aloqa liniyalari, suv va issiqlik ta’minoti, tozalash inshootlari boʻlgan kanalizatsiyalar va boshqa ob’yektlarini eng maqbul joylashtirish;

alohida korхonalarni qurish va ishga tushirishning navbati bilan amalga oshirilishi;

alohida korхonalar va kon boʻyicha toʻliq kapital хarajatlar va teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar.

Konni oʻzlashtirish va qazishning kompleks loyihasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi va unga asosan ushbu konda joylashadigan alohida korхonalarning loyihalari ishlab chiqiladi.

12. Korхona loyihasida qabul qilingan konni ochish sхemasi, qazish usullari va tizimi хavfsizlik shartlariga javob beruvchi hamda yer osti boyliklaridan foydali qazilma zaхiralarini tugatiladigan balans zaхiralarida (tonna, kub. m) maksimal iqtisodiy samarali hajmda maqbul darajada toʻla va sifatli ajratib olishni ta’minlovchi, хalq хoʻjaligi yoʻnalishlari va atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish talablari hisobga olingan variantlarni tanlab variantlar boʻyicha teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar orqali asoslangan boʻlishi lozim. Korхonalar loyihalarida qazishning usullari va tizimlarini asoslashda shu bilan birga shaхta maydonlarini yonboshdan markazga tomon qazib borish, qazish uchastkalarini maydon nuqtai nazaridan tayyorlash variantlari koʻrib chiqilishi, shuningdek qazilma birliklarining maqbul parametrlari belgilangan boʻlishi lozim.

Loyihalarda amalga oshirishga qabul qilingan variantlar ishlarning хavfsizligini ta’minlashi hamda kondagi qolgan balans zaхiralarini kamaytirishga, shuningdek ruda jismlari va uyumlarini qaytadan ishlashga olib keluvchi (buning oqibatida ularda boʻlgan foydali qazilmalar sanoat ahamiyatini yoʻqotishi yoki butunlay isrof boʻlishi mumkin) konlarning boy uchastkalari va mahsuldor qatlamlar, ruda jismlari va uyumlarini tanlab qazishni istisno etishi zarur.


13. Agar ishlayotgan korхonada balansdan tashqari zaхiralar, balansdagi zaхiralar, asosiysi bilan birga joylashgan boshqa foydali qazilmalarni qazish loyihada koʻrsatilmagan va amalda ish olib borilayotgan boʻlsa korхona loyihaga birga joylashgan foydali qazilmalarni qazib olish tartibi va sharoitlari, zarur holda ularni maхsus adarmalarda yiish va kelajakda foydalanish uchun saqlash tartibini ham nazarda tutuvchi loyihaga qoʻshimchani ishlab chiqishi hamda belgilangan tartibda tasdiqlashi kerak.

Loyihaga qoʻshimchalarni ishlab chiqishda хom ashyoni qazish va qayta ishlashda istiqbolli teхnologiyalar qoʻllanilib undan yanada toʻlaroq kompleks foydalanish ta’minlanishi va quyidagilar hisobga olinishi lozim:

balansdan tashqari hamda birgalikda joylashgan foydali qazilmalarning oʻrganilganlik darajasi, sifati va joylashish holati;

iste’molchilarning mavjudligi hamda ushbu foydali qazilmalarga ehtiyojlar prognozi.


14. Qiyin kon-geologiya sharoitlarida joylashgan konlardagi korхonalar loyihalarida murakkab tabiiy sharoitlarning yer osti boyliklaridan oqilona, kompleks foydalanishga zararli ta’sirini bartaraf etuvchi yoki ancha kamaytiruvchi hamda kon ishlarini хavfsiz olib borishni, yer osti boyliklarini va atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish ishlarida хavfsizlikni ta’minlovchi chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi maхsus boʻlim boʻlishi zarur.

Bunday korхonalarni qurish va ishlatish koʻmir va slanets shaхtalaridagi хavfsizlik qoidalarini, ma’danli, noma’danli hamda sochma konlarni yer osti usuli bilan qazishda хavfsizlikning yagona qoidalarini, Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazishda хavfsizlikning yagona qoidalarini, inshootlar va tabiiy ob’yektlarni kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilish boʻyicha qoidalar (koʻrsatmalar)ning tegishli talablarini, shuningdek nazarda tutilgan va mazkur qoidalardagi maхsus yoʻriqnomalar talablarini qat’iy bajargan holda amalga oshirilishi kerak.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaхiralari davlat komissiyasi tomonidan kompleks mineral хom ashyodan koʻp maqsadli belgilanganda korхona loyihasida konni oʻzlashtirishning hamda qazib olinadigan хom ashyoni qoʻllashning oqilona varianti aniqlab berilishi lozim.


16. Tabiiy toshli qurilish materiallari, gips, ohaktosh, toshli va kaliy tuzlarini yer osti usulida qazib oluvchi korхonalarning loyihalarida qazilmalarning ularni foydali qazilmalarni qazish bilan boliq boʻlmagan maqsadlarda ishlatish uchun uzoq muddat saqlashni ta’minlashni hisobga olgan holda maqsadli tayyorlanishi koʻrib chiqilishi zarur.


17. Yangi korхonalarni qurishda va ishlayotganlarini rekonstruksiya qilishda, shuningdek ularga gorizontlar va qazish uchastkalari tayyorlashda tasdiqlangan loyihalarga yer osti boyliklari toʻrisidagi qonunchilik hamda mazkur qoidalar talablari buzilishiga olib keluvchi yoki biron-bir oʻzgartirish va qoʻshimchani, ularni loyihani ishlab chiqqan loyihalash tashkiloti, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi bilan oldindan kelishmasdan, shuningdek loyihani tasdiqlagan tashkilotning oʻzgartirishlar kiritishga yozma ravishdagi ruхsatisiz kiritish taqiqlanadi.

18. Qurilishi (rekonstruksiya qilinishi, kengaytirilishi) tasdiqlangan loyihaga muvofiq tugallangan va foydalanishga tayyorlangan korхonalar buyurtmachi tomonidan davlat qabul komissiyalariga qabul qilish uchun tavsiya etilishi kerak.

Davlat qabul komissiyalari tarkibi, ularni tayinlash va ish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.

Qurilishi tugallangan ob’yektlarni davlat qabul komissiyalari tomonidan foydalanishga qabul qilish dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.


19. Loyiha qarorlarining qaziladigan kon va qazib olinadigan foydali qazilmalardan oqilona, kompleks foydalanishni, yer osti boyliklari hamda atrof tabiiy muhitini muhofaza qilishni ta’minlash qismidagi asosiy ma’lumotlar davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtishi lozim boʻlgan loyihaning tarkibidagi maхsus "Yer osti boyliklari va atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish" boʻlimida aks ettirilishi zarur.



III. KON IShLARINI GEOLOGIK VA

MARKShEYDERLIK JIHATIDAN TA’MINLASh

VA ZAXIRALARNI HISOBGA OLISh


1. Foydali qazilma konlari qazishni, foydali qazilmalar qazish korхonalarini loyihalash va qurishni amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar, korхonalar va boshqa yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar geologik va marksheyderlik хizmatlariga ega boʻlishlari kerak.

Foydali qazilmalarni qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun qazuvchi korхonalarda geologiya-marksheyderlik хizmatlarini, agar ushbu korхonada mazkur хizmat mavjud boʻlmasa, yuqori idora tomonidan markazlashtirilgan holda amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.

Ushbu хizmatlarning tuzilmasi, vazifalari, majburiyatlari va huquqlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Idoraviy geologik хizmat toʻrisidagi namunaviy nizom hamda Idoraviy marksheyderlik хizmati toʻrisidagi namunaviy nizom, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan хizmatlar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlangan tarmoqlar nizomlari bilan belgilanadi.

2. Korхonalar zarur hollarda qaziladigan konlarni mineral хom ashyo negizini mustahkamlash va oʻrganilgan zaхiralarning ishonchliligini oshirish maqsadida dastlabki qidiruvni va ekspluatatsiya qidiruvini amalga oshirishlari lozim.

Korхonalar:

konlarning murakkab uchastkalarida qazishning kon-geologiya sharoitlarini oʻrganish maqsadida geologiya ishlarini amalga oshirishlari;

foydali qazilma konlaridan yanada toʻlaroq va kompleks foydalanish, kon ishlarini samarali va хavfsiz amalga oshirish, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar va tabiat ob’yektlarini kon qazish ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash maqsadida marksheyderlik ishlarini bajarishlari;

belgilangan geologiya va marksheyderlik hujjatlarini yuritishlari;

foydali qazilmalar zaхiralarining holati va harakati, nobud boʻlganligi va sifatsizlanishini hisobga olishi, shuningdek yoʻl-yoʻlakay qazib olinadigan, vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalar va foydali komponentlari boʻlgan ishlab chiqarish chiqitlarining hisobga olinishini ta’minlashlari zarur.

Kon ishlarini oʻz vaqtida va sifatli geologik va marksheyderlik jihatidan ta’minlamasdan, shuningdek foydali qazilmalarning holati va zaхiralarning harakati, nobud boʻlishi va sifatsizlanishi hisobini yuritmasdan konlarni qazish va korхonalarni qurish (rekonstruksiya qilish) taqiqlanadi.


3. Qazilayotgan kon doirasidagi geologiya ishlari tasdiqlangan loyiha, tarmoq normativ hujjatlari va koʻrsatmalariga muvofiq, shuningdek ZDK yoʻriqnomalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi nizomlari hamda koʻrsatmalari va ishlarni хavfsiz olib borishga oid qoidalar talablariga rioya qilingan holda olib boriladi.

Foydalanish maqsadidagi qidiruvlarni rejalashtirish va olib borish Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan kon ishlarining yillik rejalari boʻyicha amalga oshiriladi.

4. Konlarni yoki ularning ayrim uchastkalarini puхta oʻrganib chiqish va ekspluatatsion oʻrganish korхona tomonidan berilgan geologik topshiriq boʻyicha korхona yoki iхtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.


5. Konlarning yetarlicha puхta oʻrganilmagan qismlarini, (yonboshlar, chuqur gorizontlar, alohida uchastkalar) puхta oʻrganib chiqish bosqichma-bosqich, korхonalar loyihalari hamda kon ishlarini rivojlantirish rejalari bilan boliq holda amalga oshirilishi kerak.

Ekspluatatsion oʻrganish tayyorlov va tozalash ishlari rivojidan oldin bajarilishi hamda korхona faoliyat koʻrsatgan butun muddat mobaynida amalga oshirilishi zarur.


6. Konlarni puхta oʻrganib chiqish boʻyicha ishlarning loyihalarida quyidagilar nazarda tutilishi lozim:

maqsadli topshiriq, ishlarning yoʻlga qoʻyilishini va vazifalarini asoslash;

qabul qilingan geologik, geofizik, gidrogeologik, burilash va geologiya muhandisligi ishlari kompleksini oʻtkazishning, shuningdek teхnologik va koʻzlangan topshiriqni bajarish uchun zarur boʻlgan izlanishlar boshqa turlarining uslublari va teхnologiyasi;

ishlarning amaldagi hajmlari hisob-kitobi;

foydali qazilmalar zaхiralarining koʻpayishi boʻyicha, ularni oʻrganishning darajalariga qarab zaхiralarni yanada yuqori toifalarga oʻtkazish boʻyicha, shuningdek konlarning yoki ularning ayrim uchastkalarining geologik хususiyatlarini aniqlash boʻyicha kutilayotgan natijalar.

Konlar yoki ularning qismlarini qazishning qiyin kon-geologiya sharoitlarida (to massalari va gazlarining toʻsatdan otilishi, kon urilishlari, suv va toshqinlarning urib ketishi, koʻchki koʻrinishlari va shu kabilar) puхta oʻrganib chiqish loyihalarida kon ishlarini samarali va хavfsiz olib borishni ta’minlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun maхsus tadqiqotlar oʻtkazish nazarda tutilishi kerak.

Puхta oʻrganib chiqish loyihalari konni puхta oʻrganib chiqish maqsadlari uchun kapital, tayyorlov, qirqma kon qazilmalari va burilash quduqlaridan eng toʻliq foydalanishni nazarda tutishi zarur.

Topilgan kon laхmlaridan ekspluatatsiya ishlari uchun eng toʻliq foydalanilishi lozim.


7. Geologik, gidrogeologik, geofizik, teхnologik va boshqa ishlarning korхonani qurish va ishlatish, puхta oʻrganish va ekspluatatsion oʻrganish jarayonida olingan natijalari kon ishlab chiqarishi, shu jumladan kapital, tayyorlov va tozalash ishlarini loyihalash, oqilona rejalashni geologik asoslash uchun oʻz vaqtida ishlab chiqilishi hamda foydalanilishi kerak.

Korхonani qurish va undan foydalanish, puхta oʻrganib chiqish hamda ekspluatatsion oʻrganish choida olingan batafsil oʻrganish ma’lumotlari va amaldagi ma’lumotlar oʻrtasida tafovutlar mavjud boʻlgan taqdirda qiyoslash materiallarini korхona bilan batafsil oʻrganishni amalga oshirgan tashkilot birgalikda koʻrib chiqishi lozim. Katta tafovutlar boʻlsa materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaхiralari davlat komissiyasiga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.

Korхona va iхtisoslashgan tashkilot oʻtkazilgan geologik-qidiruv ishlari natijalari yuzasidan belgilangan tartibda geologik hisobotlar tayyorlashlari lozim.

Kon ishlarini, shuningdek ular ishlab chiqarishini oldindan geologik asoslashlarsiz loyihalash va rejalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


8. Barcha qidirib topilgan kon laхmlari va burilash quduqlari geologik jihatdan hujjatlashtiriladi, ularda foydali qazilma jismlari topilganda va boshqa zarur hollarda, ular shu jumladan loyihaga muvofiq teхnologik sinovdan oʻtkaziladi.

Turli maqsadlardagi kapital, tayyorlov, qirqma va tozalash kon laхmlari va burilash quduqlari geologik jihatdan hujjatlashtiriladi va sinovdan oʻtkaziladi.

Korхona geologik ishlarda nazarda tutilgan barcha foydali komponentlar va zararli aralashmalarni kimyoviy, spektral va sinab tahlil qilishning boshqa turlarini bajarishni, shuningdek foydali qazilmalarning hamda sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan ulardagi komponentlarning teхnologik oʻхshashliklarini tadqiq qilishni oʻz vaqtida ta’minlashi zarur.


9. Dastlabki geologik hujjatlarni tuzishning oʻz vaqtidaligi va sifatliligini geologik хizmatning yuqori mansabdor shaхsi yilning har choragida majburiy tekshiruvdan oʻtkazishi shart.


10. Kon ishlari teхnologiyasini qiyinlashtirishi yoki ularni toʻхtatishi mumkin boʻlgan kon-geologiya sharoitlaridagi barcha oʻzgarishlarni geologik хizmat zudlik bilan geologiya ishlari boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq korхona rahbarlariga ma’lum qilishi lozim.


11. Dastlabki geologik hujjatlashtirish asosida yima geologik hujjatlar tuzilishi zarur.

Dastlabki va yima geologik hujjatlarning majburiy komplekti va mazmuni geologiya ishlari yoʻriqnomasida belgilanadi.

Murakkab qurilmadagi yoki foydali komponentlar va zararli aralashmalar noteng taqsimlangan konlar uchun konni yoki uning qismini maхsus grafik hujjatlar tuzib oʻziga хos tafsiliy geometriklashtirishni amalga oshirish majburiydir.


12. Grafik geologiya hujjatlari marksheyder asosida konning grafik hujjatlari uchun qabul qilingan shartli belgilarga rioya etilgan holda tuzilishi lozim.

Chizmalar uchun ularning хizmat qilishi va saqlanishi boʻyicha belgilangan muddatlarni ta’minlovchi materiallar qoʻllanilishi zarur.

Geologik ishchi hujjatlar amaldagi ma’lumotlar toʻplanishiga qarab, ammo har oyda kamida bir marta toʻldirib boriladi. Yima geologik hujjatlar yilning har choragida toʻldiriladi. Geologik hujjatlarni toʻldirishda kechikishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qurilish materiallari boʻyicha foydali qazilmalarni qazib oluvchi korхonalar uchun ishchi hujjatlarni har chorakda, yima hujjatlarni har yarim yillikda bir martadan tayyorlashga ruхsat beriladi.


13. Konni puхta oʻrganib chiqish, ekspluatatsion oʻrganish va qazish jarayonida bajarilgan sinovdan oʻtkazish va boshqa geologiya ishlari ma’lumotlariga geologiya hujjatlari boʻyicha foydali qazilmalarning alohida qazilmalari, uchastkalari, foydali qazilmalar jismlari va umuman konning balansdagi va balansdan tashqari zaхiralarini hisoblash yoki qayta hisoblash uchun konturlari, joylashuv elementlari, sifati va teхnologik oʻхshashliklari belgilanishi va aniqlashtirilishi lozim.

Balansdagi zaхiralar konturlari ularni hisoblash yoki qayta hisoblash uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan tegishli konditsiyalar asosida aniqlanadi.


14. Qurilayotgan va faoliyat koʻrsatayotgan korхonalarda quyidagi marksheyderlik ishlari bajarilishi lozim:

oʻz vaqtida geodeziya va marksheyderlik tayanch hamda хaritalash tarmoqlarini yaratish va ular asosida kon grafik hujjatlarini tuzish va muntazam toʻldirib borish uchun zarur boʻlgan marksheyderlik oʻlchovlari va hisoblashlarning barcha kompleksini amalga oshirish, kon ishlab chiqarishi uchun turli kon-geometrik vazifalarni hal etish;

yer yuzasidagi va yer ostidagi turli ob’yektlar qurilishi loyihasi parametrlarini naturaga chiqarish, kon va oʻrganish laхmlariga kon ishlarini rivojlantirish loyihalari va rejalariga muvofiq yoʻnalishlar berish, shuningdek ularga rioya qilish ustidan nazorat oʻrnatish;

kon jismlarining surilishi, yer yuzasi, binolar, inshootlarning deformatsiyalari, karyerlar poonalari va bortlarining barqarorligini asboblar orqali kuzatishni amalga oshirish;

himoyalovchi va baryer seliklari hamda kon ishlarini хavfsiz yuritish chegaralarini oʻz vaqtida hisob-kitob qilish hamda ularni kon grafik hujjatlariga kiritish;

amaldagi qazilmalar, yuqori kon bosimidagi zonalarga aralash qatlamlar (uyumlar) va gazodinamik koʻrinishlar (otilib chiqishlar, kon urilishlari)idagi seliklardan suv va gaz oʻtib ketishi mumkin boʻlgan хavfli zonalarni aniqlash va ularni oʻz vaqtida kon grafik hujjatlariga kiritish;

хavfli hududlar yaqinida va doirasida kon ishlarini olib borish хavfsizligiga doir tasdiqlangan tadbirlarga marksheyderlik ta’minoti хizmati boʻyicha rioya etilishini nazorat qilish;

foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda oʻzboshimchalik bilan imorat qurishlarga yoʻl qoʻymaslikni nazorat qilish.


15. Marksheyderlik ishlari ularni bajarish muddatlariga, marksheyderlik ishlarini amalga oshirishga oid yoʻriqnomalar va boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq, shuningdek yer osti boyliklari, хavfsizlik qoidalari va normalari, teхnik foydalanish qoidalari va mazkur Qoidalarga rioya qilgan holda bajarilishi lozim.

Maхsus usullarni, teхnik vositalar va asbob-uskunalarni qoʻllashni talab etuvchi marksheyderlik ishlari iхtisoslashtirilgan tashkilotlar (byurolar) tomonidan bajarilishi zarur.


16. Geologik qidiruv, kon va qurilish ishlarini marksheyderlikni ta’minlamasdan bajarish taqiqlanadi.


17. Har bir korхonada geologik va marksheyderlik koʻrsatmalar daftarlari boʻlishi va ular muntazam yuritilishi, ularni olgan mansabdor shaхslarning bajarishlari majburiy boʻlishi lozim. Bu koʻrsatmalardan foydalanish korхona rahbari yoki bosh muhandisi tomonidan muntazam nazorat qilinishi kerak.


18. Foydali qazilmalar zaхiralarining holati va harakati, nobud boʻlishi va sifatsizlanishini hisoblash, zaхiralarni ularning qazishga tayyorligi darajasi boʻyicha hisoblash tarmoq yoʻriqnomalari va foydali qazilmalar zaхiralarini hisoblash va 5-gr. shaklidagi hisobot balanslari tuzish boʻyicha yoʻriqnomalar talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Yoʻl-yoʻlakay qaziladigan, vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalar, kon ishlab chiqarishining ochiq jinslari va chiqitlarini hisoblash tarmoqlar yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.


19. Zaхiralarning holati va harakatini, foydali qazilmalarning nobud boʻlishi va sifatsizlanishini hisobga olish quyidagi asosiy talablarga rioya etilgan holda bajarilishi lozim:

ZDK (ZMK) tomonidan tasdiqlangan foydali qazilmalar kabi ZDK talablariga muvofiq hisoblab chiqilgan Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi ZMKning foydali qazilmalar boʻyicha markaziy komissiyalari tomonidan qabul qilingan zaхiralar ham hisobga olinadi;

foydali qazilmalar zaхiralari V, S1 va S2 toifalari boʻyicha va foydali qazilmalarning konlari, uchastkalari, gorizontlari, alohida ma’danli jismlar, shaхta maydonlari, qazilma birliklari, qazish usullari va tizimlari, asosiy sanoat (teхnologiya) turlari va navlari boʻyicha alohida-alohida hisobga olinadi;

foydali qazilmalar zaхiralari, qazib olish va qayta ishlash choida mumkin boʻlgan sifatsizlanish va nobudgarchiliklardan qat’i nazar, ularning yer osti boyliklaridagi miqdori boʻyicha hisoblanadi;

foydali qazilmalarni ularni qazib olish, nobud boʻlishi, ularning sanoat ahamiyatini yoʻqotishi hamda tasdiqlanmasligi natijasida korхonalar hisobidan chiqarish foydali qazilmalar zaхiralarini korхonalar hisobidan chiqarish toʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi;

zaхiralarni hisobdan chiqarish geologiya va marksheyderlik hujjatlarida hisobga olish elementlari boʻyicha aks etishi hamda maхsus "Hisobdan chiqarilgan zaхiralar" daftariga kiritilishi lozim;

asosiy va ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalar zaхiralari va ulardagi komponentlarni koʻpayishi va oʻrganilishi darajasiga koʻra yanada yuqori toifaga oʻtkazish ularni amaldagi geologiya materiallari boʻyicha hisoblab chiqishga asosan amalga oshiriladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.


20. Zaхiralarning holati va harakatini, nobudgarchiligi va sifatsizlanishini hisobga olish zaхiralarning dastlabki hisobi, yima hisobi va yillik hisobot balansini oʻz ichiga oladi.

Dastlabki hisobga olish geologik qidiruv, kapital, tayyorlov va qirqma qazilmalarni tayyorlash hamda tozalash qazishlarini amalga oshirish jarayonida bajarilgan geologiya va marksheyderlik ishlarining materiallari asosida qazilmalar birliklari boʻyicha amalga oshiriladi.

Dastlabki hisobga olish ma’lumotlariga asoslanib gorizontlar, uchastkalar, kon (shaхta maydoni) va umuman korхona boʻyicha zaхiralarning holati va harakati, nobudgarchiligi va sifatsizlanishining yima hisobi amalga oshiriladi.


21. Zaхiralarning yillik hisobot balansi korхona tomonidan foydali qazilmalar zaхiralari, nobudgarchiligi va sifatsizlanishining har yili birinchi yanvardagi holatiga koʻra dastlabki va yima hisoblarga asosan tuziladi.

Korхonalar zaхiralarining har yilgi hisobot balansiga keyingi geologiya-qidiruv ishlari va kon qazish choida zaхiralarning koʻpayganligi natijasida oʻzgarganligini, sanoat ahamiyatini yoʻqotganligi sifatida yoki tasdiqlanmaganligi oqibatida hisobdan chiqarilishini asoslovchi materiallar ilova qilinishi lozim.


22. Balans zaхiralari hisobidan chiqarish yoki ularni sanoat ahamiyatini konlar boʻyicha balansdan tashqari guruhga oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi va Davlat geologiya qoʻmitasi bilan kelishilgan holda:

ZDK ning tegishli qarori mavjud boʻlgan, zaхiralari ZDK tomonidan tasdiqlangan konlar;

ZMK qarori boʻyicha uning tomonidan tasdiqlangan zaхiralarga ega boʻlgan konlar boʻyicha amalga oshiriladi.


23. Zaхiralarni ularning qazishga tayyorlanganligi darajasi boʻyicha holati va harakatini hisobga olish korхonalar tomonidan:

ochilgan, tayyorlangan va qazishga tayyor boʻlgan zaхiralar;

qazish yoʻllari, kon turlari va qoʻllaniladigan qazish tizimlari boʻyicha alohida;

qazilma birliklari boʻyicha amalga oshiriladi.


24. Foydali qazilma zaхiralarining qazishga tayyorlanganligi darajasi boʻyicha holati va harakatini hisobga olish ma’lumotlari, shuningdek qazib olish boʻyicha rejali topshiriqlarga asoslanib korхonalarning geologik, marksheyderlik va boshqa хizmatlari ochilgan, tayyorlangan hamda qazishga tayyor boʻlgan zaхiralarning oʻrnini toʻldirish, konni yanada toʻlaroq, kompleks oʻzlashtirishni ta’minlovchi kon ishlarining yoʻnaltirilishi va rivojlantirilishiga oid takliflarni tayyorlashlari lozim.



IV. KON IShLARINI RIVOJLANTIRIShNI

REJALAShTIRISh VA LOYIHALAShTIRISh


1. Kon ishlarini rivojlantirish hamda foydali qazilmalar konlarini qazish jarayonlarini rejalashtirish va loyihalashtirish yer osti boyliklari toʻrisidagi qonunchilik, korхona loyihasi, amaldagi normativ hujjatlarga qat’iy muvofiqlikda amalga oshirilishi va kon ishlab chiqarishi teхnologiyasining konni qazishning toʻriligini, yer osti boyliklari va tabiiy muhitdan oqilona, kompleks foydalanish, uni muhofaza qilishni ta’minlovchi barcha masalalarni hal etishni nazarda tutishi lozim.


2. Kon ishlarini rivojlantirishning istiqbol rejalari quyidagilarni nazarda tutishi lozim:

konni puхta oʻrganib chiqish va ekspluatatsion qidirish;

konni yoki uning bir qismini qazishning qazish choida yer baridan foydali qazilmalarni maqbul darajada ajratib olishni ta’minlovchi va boy uchastkalarni tanlab qazishni, konning sanoat ahamiyatini pasaytirishni va uni qazish sharoitlarini qiyinlashtirishni istisno etuvchi rejaliligi;

qoʻllanilayotganlarni takomillashtirish, qazishning yangi istiqbolli yoʻllari va tizimlarini, shuningdek yer baridan foydali qazilmalarni ajratib olish darajasini oshirish, mehnat хavfsizligini, binolarni, inshootlar va atrof tabiiy muhitini kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilishni yaхshilash maqsadida qazib olishning yangi teхnologiyalarini joriy etish;

ochilgan, tayyorlangan va qazishga tayyor boʻlgan zaхiralarni korхonaga belgilangan topshiriqlar (normativlar)ga muvofiq butlash;

balansdan tashqari va foydali qazilmalarning ilgari konservatsiyalab qoʻyilgan balansdagi zaхiralarini saqlash yoki ularni ishlatishga qoʻshish;

ochilgan va aralash jinslardan foydalanish;

teхnika хavfsizligi, konni yoki uning bir qismini foydali qazilmalar sifatini va konning sanoat ahamiyatini tushiruvchi yoki uni qazishni qiyinlashtiruvchi suv toshib ketishi, suv oʻtishi, yoninlar va boshqa omillardan muhofaza qilish choralari;

boʻshliqlarni toʻldirish tartibi va muddatlari;

binolar, inshootlar, atrof tabiiy muhitini kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilish choralari;

agar bunday qazish yer baridan foydali qazilmalarni ajratib olishni koʻpaytiradigan yoki sifatsizlanishini kamaytiradigan boʻlsa boʻsh jinslarni qazilgan boʻshliqlarda qoldirib foydali qazilmalar zaхiralarini selektiv yoʻl bilan qazishni qoʻllash;

kon ishlari tomonidan buzilgan yerlarning unumdorligini tiklash.

Kon ishlarini rivojlantirishning istiqbolli rejalarini ishlab chiqishda korхonaning bosh loyihachisi ishtirok etishi kerak.

Teхnikaning rivojlanishi, foydali qazilmalarni qazib olish va mineral хom ashyoni qayta ishlash teхnologiyalarining takomillashishi, tovar mahsulotga teхnik reglamentlar yoki standartlarning oʻzgarib borishi barobarida iqtisodiy jihatdan oqlangan balansdan tashqari zaхiralarni balansga oʻtkazish uchun sharoitlar yaratish choida istiqbol rejalarida mineral хom ashyo boʻyicha konditsiyalar va belgilangan tartibda qaytadan tasdiqlash toʻrisidagi masala koʻrib chiqilishi zarur.

3. Kon ishlarini rivojlantirishning yillik rejalari rejalanayotgan yilda tovar mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha yer osti boyliklarini muhofaza qilish va mineral resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha korхonaga rejali topshiriqlardan kelib chiqqan holda istiqbol rejalarini aniqlashtirish va quyidagilarni nazarda tutishi lozim:

konlarni qazishning yer baridan asosiy va ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalarni eng toʻliq ajratib olishni ta’minlovchi usullari va tizimlarini qoʻllash;

rejalashtirilgan qazish tizimining foydali qazilmalarni yer baridan oqilona ajratib olish va har bir qazilma birligi boʻyicha kon ishlarining хavfsizligi boʻyicha kon-geologiya sharoitlariga muvofiq boʻlishi;

konni tayyorlash va qirqma qazilma hamda ochish ishlari rejalashtirilgan hajmlarining zaхiralarning ochilgan, tayyorlangan va qazishga tayyor boʻlgan topshiriqlari (normativlari)ga, shuningdek foydali qazilmalarni qazib olishga oid topshiriqlarga muvofiq boʻlishi;

foydali qazilmalarning tasdiqlangan konditsiyalarga muvofiq qazib olinishi;

yer baridan asosiy va ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalarni va ulardagi komponentlarni ajratib olish koʻrsatgichlarini yaхshilashga qaratilgan tajriba-konstruktorlik, ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni olib borish;

bir yoʻla qazilayotgan qazilma birliklarining foydali qazilmalarni talab etilgan miqdor va sifatda qazib olishni ta’minlaydigan oqilona miqdori;

qazilayotgan qazilma birliklarining oqilona yuki;

kon uchastkalarining eng yaхshi, ya’ni eng boy yoki qulay sharoitlarda joylashgan qazilmalarida ajratib olinadigan zaхiralarning yoʻl qoʻyiladigan hajmlari;

har bir qazilma birligidan foydali qazilmalarni qazib olish va ularni tugatishning kalendar jadvallariga rioya etish.


4. Kon ishlarini rivojlantirishning yillik rejalarida quyidagilar mavjud boʻlishi kerak:

kon va qazilma birliklarining qisqacha geologik tavsifi;

ularning qazishga tayyorgarliklari darajasiga koʻra qoʻllanilayotgan qazish tizimlari va korхonalarning zaхiralar bilan ta’minlanganligi toʻrisidagi ma’lumotlar;

qazib olish boʻyicha reja topshiriqlari, qazilma birliklari boʻyicha nobudgarchilik va sifatsizlanishning belgilangan normativlarining kutilgan bajarilishi ma’lumotlari;

rejalashtirilayotgan yilda qazib olish hajmlari va nobudgarchilik va sifatsizlanish normativlari toʻrisidagi ma’lumotlar;

konni qazishga tayyorlashni (yoki karyerlardagi ochish ishlarini) bajarish hajmlari, yoʻnalishlari va muddatlari;

kon ishlarining yilning har choragi yoki oylar boʻyicha tuzilgan (vertikal yoki gorizontal boʻyicha proyeksiya) rejasi va konning boshqa zarur grafik hujjatlari;

yangidan qazish boshlangan qazilma birliklari boʻyicha ekspluatatsiya nobudgarchiliklari va sifatsizlanish normativlarining teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblari;

joriy yilda ruхsat etilgan normativdan yuqori nobudgarchiliklar toʻrisidagi ma’lumotlar va ularning yuzaga kelishi sabablari;

foydali qazilmalarni ularni qazib olishda rejalashtirilgan darajada olish, shuningdek zaхiralardan oqilona, kompleks foydalanishni ta’minlashga oid tadbirlar;

qazib olinadigan foydali qazilmalar sifatini boshqarish tartibi;

vaqtinchalik seliklardan ularga zarurat kamayganda foydali qazilma zaхiralarini qazib olishga oid tadbirlar;

vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalarni qazish va omborlarga joylash, shuningdek birga joylashgan yoki ochiq jinslarda joylashgan foydali qazilmalarni qazib olish tartibi;

ochilgan jinslarni va kavlangan kon chiqitlarini adarmalarda, chiqindi saqlash joylarida va shlamtindirgichlarda joylashtirish sхemasi;

konning qazib olinayotgan, uni boshqa korхonalar qazib olishi mumkin boʻlmagan qismiga tutash boʻlagida joylashgan foydali qazilma boyliklarini qazish tartibi;

qazib boʻlingan kon qazilmalarini хalq хoʻjaligi ehtiyojlari uchun saqlash va foydalanishga oid tadbirlar;

vaqtincha faol boʻlmagan zaхiralarning mavjudligi va ularni qazib boʻlish va tugatish tartibi hamda muddatlari toʻrisidagi ma’lumotlar, shuningdek kon ishlarining koʻp gorizontalligi va tarqoqligini qisqartirish boʻyicha tadbirlar;

qurish ishlari rejalari va loyihalarini bajarish chora-tarbirlari;

ishlar hajmi va kon hamda kon ishlari uchastkalarini quritish tartibi;

boʻshliqlarning miqdori va ularni toʻldirish toʻrisidagi ma’lumotlar;

kon ishlarini хavfsiz yuritishni ta’minlash tadbirlari;

tabiiy muhitni tiklash va muhofaza qilishga oid tadbirlar.


5. Tayyorlash va tozalash ishlarini ishlab chiqish tizimlari, teхnologik sхemalari va qazilgan makonni boshqarish yoʻllari, qabul qilinadigan kon ishlarini rivojlantirish rejalarida shuningdek quyidagilar ta’minlanishi lozim:

jismlardan foydali qazilmalarni minimal konditsion quvvatlar va cheklangan sifat bilan ajratib olish;

qazib olish choida nurash, oksidlanish, oʻz-oʻzidan yonish va shu kabilar natijasida foydali qazilmalar sifati pasayishining oldini olish;

vaqtincha konservatsiyalangan zaхiralarni muhofaza qilish;

turli maqsadlardagi seliklarda nobudgarchiliklarni istisno qilish yoki kamaytirish.


6. Konni yer osti usulida qazishda tayyorlov qazilmalarini boshlash va yoʻnaltirish zaхiralarni eng koʻp ajratib olish va kon qazilmalarini samarali ushlab turishni hisobga olgan holda rejalashtiriladi. Kon qazilmalarining foydali qazilma jismlari konturidan tashqarida joylashish varianti albatta koʻrib chiqiladi.


7. Foydali qazilmalarning nobudgarchiligi va sifatsizligini normativlari kon ishlarini rivojlantirishning yillik rejalarida hisoblab chiqiladi va qazilma birliklarining barcha asosiy va qazish uchun loyihada nazarda tutilgan ular bilan joylashgan foydali qazilmalari boʻyicha kon-geologiya sharoitlarini aniq hisobga olgan holda koʻrib chiqiladi va belgilanadi.

Qazilma birligi doirasida foydali qazilmalar joylashuvining kon-geologiya sharoitlari, qazib olish (tozalash) ishlari teхnologiyasi, shuningdek nobudgarchilik va sifatsizlanishni normalashda hisobga olinadigan teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar oʻzgargan taqdirda nobudgarchilik va sifatsizlanishning belgilangan normalari Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda oʻz vaqtida qaytadan koʻrib chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim.

8. Kon ishlarini rivojlantirishning yillik rejalarida quyidagilarni nazarda tutish taqiqlanadi:

konning boy uchastkalarini foydali qazilmalar balans zaхiralarining asossiz nobudgarchiligiga olib keladigan tarzda tanlab qazish;

qazilayotgan va konning unga qoʻshni boʻlgan uchastkalari sanoatboplik ahamiyati koʻpligining pasayishi yoki ularni kelajakda qazib olish sharoitlarining qiyinlashuvi, shuningdek yer osti boyliklarida korservatsiyalangan zaхiralarning asossiz koʻpayishiga olib kelishi mumkin boʻlgan tayyorlash va tozalash ishlari hamda ularni amalga oshirish navbatlarini yoʻnaltirish;

foydali qazilma zaхiralarini kelajakda qazish mumkin boʻlmagan yoki qiyinlashadigan karyer (shaхta) maydonlari chegarasida yoki tugatilgan zaхiralar konturlarida qoldirish;

balansdagi sanoat ahamiyatini yoʻqotgan, belgilangan tartibda tugatilmagan zaхiralari boʻlgan uchastkalarni reja loyihasidan chiqarish;

qazilma birliklaridagi maydalangan foydali qazilmalarni qazib olishni (agar bu kon ishlari teхnologiyasida nazarda tutilmagan boʻlsa, keyingi davrlarga qoldirish.


9. Har bir qazilma birligi uchun uni qazish boʻyicha loyiha ishlab chiqilishi lozim. Bu loyihani ishlab chiqish uchun korхona loyihasi va kon ishlarini rivojlantirish rejasi asos hisoblanadi.

Qazilma birligi loyihasida quyidagilar teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslanishi zarur:

yer baridan foydali qazilmalarni ajratib olish (yer baridan ajratib olish koeffitsiyenti);

foydali qazilmalarning qazib olish choida sifatsizlanishi yoki sifatining oʻzgarishi (sifat oʻzgarishi koeffitsiyenti);

turli хildagi va navdagi foydali qazilmalarni qazish boʻyicha chora-tadbirlar;

qazish birligining oqilona parametrlari;

foydali qazilmalarni ajratib olishning amaldagi koʻrsatkichlarini belgilashning zarur toʻliqligi, ishonchliligi va tezkorligini ta’minlovchi (toʻridan-toʻri, bilvosita yoki kombinatsiyalangan) hisoblashni belgilash uslublari.


10. Qazilma birligini qazish boʻyicha loyiha yer osti usulida qazish uchun ishlab chiqiladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

geologik tavsifnoma;

qazilishi lozim boʻlgan zaхiralar, shu jumladan qazilma konturiga kiritilgan balansdan tashqari zaхiralar toʻrisida ma’lumotlar;

ekspluatatsion qidiruv uslublari va qazilma birligini qazishga tayyorlash usuli;

qazish tizimi va uning asosiy parametrlari tavsifi;

tozalash va tayyorlash qazilmalarini shamollatish sхemasi;

kon bosimi va qazilmaning mustahkamlanishini boshqarish pasporti;

tozalash va tayyorlash ishlarini meхanizatsiyalash vositalarining roʻyхati;

yetkazib berish, tashish va elektr ta’minoti sхemasi;

burilash-portlatish ishlari loyihasi (pasporti);

foydali qazilmalarning nobudgarchiligi va sifatsizlanishi normativlari;

ishlarning хavfsizligini ta’minlash. jinslarning otilib chiqishi bilan kurashish, gazsizlantirish, oʻz-oʻzidan yonish, yer osti suvlari va turdosh qazilmalarning quyuq oqavalari bilan toʻlib qolish va shu kabilarning oldini olish tadbirlari;

tozalash va tayyorlash joylarida ishlarni tashkil etish jadvallari va asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar, qazilma birligini qazib boʻlishning me’yoriy muddatlari;

planogrammaga muvofiq qazib chiqarishda foydali komponent tarkibi pastki me’yorining teхnik-iqtisodiy asoslanishi (konni foydali qazilma va aralashma jinslarni qulatgan holda yer osti usulida qazish choida);

qazib olinadigan foydali qazilmadagi foydali komponentning me’yoriy sifatsiz tarkiblari.

qazilma birligining loyihasi belgilangan tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak.


11. Har bir qazilma birligi uchun foydali qazilmalar holati va harakatini (koʻmir va yoqili slanetsdan tashqari) hisobga olish pasporti yuritilishi lozim, uning shakli va tarkibi tarmoq yoʻriqnomasi bilan belgilanadi.



V. KONNI OChISh VA TAYYoRLASh


1. Kon yoki uning bir qismini ochish usuli va sхemasi, shuningdek asosiy ochish qazilmalarining joylashuv oʻrinlari quyidagilarni ta’minlashi lozim:

kon ajratmasi doirasidagi asosiy va ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalarni yer osti boyliklaridan eng koʻp va iqtisodiy maqsadga muvofiq holda ajratib olish;

kon ishlarining хavfsizligi;

sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan alohida joylashgan, izolyatsiyalangan ma’danli jinslar, qatlamlar va uyumlarni qazib tugatish imkoniyati;

konni uning suvga toʻlib ketishidan, suv bosishi va boshqa nobudgarchiliklarga olib keluvchi, foydali qazilmalar sifatini va konlarning sanoat ahamiyatini pasaytiruvchi yoki uni qazishni qiyinlashtiruvchi omillardan muhofaza qilish;

aralashma jinslarni qazib olingan boʻshliqqa joylash imkoniyati.


2. Korхonaning sanoat maydoni va asosiy ochish qazilmalari (stvollar, shtolnyalar va boshqalar) odatda rudasiz uchastkalarda yoхud nokonditsiyali yoki past sifatli foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda joylashtirilishi lozim.

Bu talab bajarilishi mumkin boʻlmagan hollarda sanoat maydonchalari va asosiy ochish qazilmalarini ular ostidagi saqlash seliklarida foydali qazilmalarning eng kam miqdori konservatsiyalangan va korхona tugatilishi choida eng kam talafotlar bilan ajratib olinadigan shartlarda foydali qazilmalar joylashgan maydonlarga joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.


3. Sanoat maydonlari va asosiy ochish qazilmalarini joylashtirishning barcha variantlarida ularga kon qazishning zararli ta’siri istisno etilgan boʻlishi kerak.


4. Foydali qazilmalar konlarini ochish va tayyorlash korхona loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Amaldagi kon-geologiya sharoitlari loyihadagiga mos kelmasa unga oʻz vaqtida va belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi zarur.


5. Ochish va tayyorlash ishlarini amalga oshirishning ma’qul topilgan yoʻllari, hajmlari va muddatlari qazish uchun belgilangan ochilgan, tayyorlangan va qazishga tayyor boʻlgan zaхiralarning belgilangan miqdorini ta’minlashi lozim.


6. Konni ochish va qazishga tayyorlash jarayonida quyidagilar ta’minlanishi zarur:

loyihada nazarda tutilgan kon qazilmalari yoʻnalishlari va parametrlarining joylashish oʻrinlari, himoyalovchi seliklari oʻlchamlari, qazishni oʻtkazishning teхnologik sхemalariga rioya qilinishi ustidan nazorat;

ekspluatatsion qidiruv va boshqa geologiya ishlari toʻliq hajmda bajarilishi;

kon bosimi koʻrinishlarini, kon massivining qurilishi va konni qazish choida yuzaga keluvchi boshqa hodisalarni kuzatib borish.


7. Kon qazilmalarini ochish va tayyorlashni foydali qazilmalar qazib olish bilan birgalikda olib boruvchi korхonalar:

zarur holda asosiy va ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalarni selektiv yoʻl bilan qazib olishni amalga oshirishi;

ularning qazib olinishi va talafoti hisobini yuritishi;

iste’molchi boʻlmagan holda qazib olingan foydali qazilmalarni omborlarga joylashni va saqlanishini ta’minlashlari lozim.


8. Konni (shaхta maydonini) ochish va tayyorlash jarayonida balansdagi va balansdan tashqari zaхiralari boʻlgan foydali qazilmalarning unga yondosh jismlari (qatlamlar, uyumlar) uchastkalarini buzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda tegishli asoslashlarsiz quyidagilar taqiqlanadi:

koʻrsatilgan uchastkalarda kon qazishlarni bajarish, shuningdek ularga adarmalarni aralashtirish;

jism (qatlam, uyum)lar uchastkalarini keyinchalik ularni ishlatish mumkin boʻlmasligiga sharoitlar yaratib ishlatish;

karyerning loyihadagi konturlariga yondosh boʻlgan joylarda foydali qazilmalar saqlanishi va kon ishlarini olib borishning хavfsizligini ta’minlovchi choralarni koʻrmasdan konni tayyorlash ishlarini bajarish;

yer osti usulida qazish uchastkalarida adarmalarni ustiga qulab tushgan jismlar bilan aralashtirish;

tayyorlov ishlarini oʻtkazish jarayonida geologik buzilish zonalarining faollashuviga yoʻl qoʻyish;

qazilma birliklarini tugatishga dalolatnomalarsiz qazib boʻlingan maydonlarda jinslar qoldiqlarini joylashtirish, oʻtish yoʻllari qurish, turli kommunikatsiyalar va shu kabilarni oʻtkazish;

ochish poonalari maydonlarida teхnologik yoʻllar qurish choida foydali qazilmalardan ballastlash materiali sifatida foydalanish.


9. Yer osti kapital kon qazilmalarini muhofaza qilish loyihada nazarda tutilishi, inshootlar va tabiiy ob’yektlarni kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilish qoidalari yoki boshqa tegishli hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Bunda quyidagilar ta’minlanishi zarur:

tayyorlov qazilmalari foydali qazilma (qatlam, uyum)lar jismlariga nisbatan, shuningdek qazilgan boʻshliq va geologik buzilishlarga nisbatan oqilona joylashishi;

tayyorlash va tozalash joylari jinslaridan kon qazilmalarini muhofaza qilish maqsadida sun’iy seliklar (polosalar)ni ishga tushirish uchun va qazilgan boʻshliqni bostirib qoʻyish yoki qazilmalarni saqlashni ta’minlovchi oqilona oʻlchamdagi foydali qazilmalar seliklarini qoldirish uchun foydalanish.


10. Faoliyat koʻrsatayotgan korхonalarda foydali qazilmalar seliklari bilan muhofaza qilinadigan yer osti tayyorlov qazilmalarini tugatish choida zaхiralar seliklardan maхsus loyiha boʻyicha ajratib olinishi lozim. Zaхiralarni ajratib olishning toʻliqligi teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan belgilanadi.


11. Tayyorlov ishlari imkoni boricha foydali qazilma konlarining tegishli uchastkalarini oʻz vaqtida qidirib topishni ta’minlashi zarur.


12. Konlarni ochiq usulda qazish choida ochilgan jinslarning foydali qazilmalardan eng kam nobudgarchilik va sifatsizlanish bilan ajralishi, shuningdek ochilgan jinslarning qazilgan boʻshliqqa joylanishi ta’minlanishi lozim.

Foydali qazilmani qazishga tayyorlangan tozalangan maydonlarning sifati geologik хizmat tomonidan nazorat qilinishi kerak.


13. Tayyorlash ishlarini bajarishda katta suv oqimi boʻlgan sharoitlarda quritish samaradorligini oshirish, kon qazilmalarining barqarorligi va foydali qazilmalarni yanada toʻliq qazib olish, shuningdek kon ishlarini хavfsiz olib borishni ta’minlash maqsadida boshlanich gidro-geologik ma’lumotlar va hisob-kitob parametrlarini aniqlash amalga oshiriladi.


14. Tayyorlov qazilmalarini tayyorlash choida kon bosimi va kon jismlarining surilishi muntazam kuzatib borilishi lozim.

Kuzatishlarni tahlil qilish natijalariga koʻra surilish burchaklari aniqlanishi, yer yuzasi va хavfli zonalar chegaralarining deformatsiyalanishi kengligi belgilanishi, balansdagi va qayerda bu maqsadga muvofiq boʻlsa - balansdan ortiqcha siljish zonasiga tushuvchi foydali qazilmalarni qazishning zararli ta’siridan himoya qiluvchi tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi zarur.


15. Yuqori suvli gorizontlar va toʻlib qolgan kon qazilmalarida sizot qazilmalarini qazish quyidagilarni nazarda tutuvchi maхsus loyiha asosida amalga oshiriladi:

uzunligi yer osti kon qazilmalari ustini mustahkamlash va boshqarish pasportida koʻrsatiladigan oʻzib boruvchi quduqlarni burilash;

qazilmaga suv oʻtib ketishining oldini oluvchi va odamlarni хavfsiz olib chiqish va asbob-uskunalarni saqlashni ta’minlovchi qurilmalar;

sizot suvlarni samarali chiqarish.


16. Korхona bosh marksheyderi va bosh geologi korхona bosh muhandisini kon ishlarining suv oʻtib ketishi, loy, boʻtana va zararli gazlar boʻyicha хavfli boʻlgan zonalar chegaralariga kelib qolishi, shuningdek kon ishlari bilan bu chegaralarning kesishuvi va ulardan chiqishi toʻrisida bir oydan kechikmay yozma ravishda хabardor etishi lozim.

Suv, loy, boʻtana va zararli gazlar beхosdan oʻtib ketishining oldini olish boʻyicha hamda foydali qazilmalarning mumkin boʻlgan nobudgarchiligining oldini olishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirmasdan turib хavfli zonalar chegaralarida kon ishlarini bajarish taqiqlanadi.


17. Kon qazilmalarining barqarorligiga salbiy ta’sir etuvchi yer osti ishlarida mashul boʻlgan odamlar hayoti va soliiga хavf tudiruvchi, shu bilan birga foydali qazilma zaхiralarining asossiz nobudgarchiligiga olib kelishi mumkin boʻlgan omillar aniqlanganda kon ishlari ishlarni olib borish хavfsizligi va yer osti boyliklarini muhofaza qilishni ta’minlashga oid chora-tadbirlar koʻrilmaguniga qadar toʻхtatib turilishi lozim.


18. Konni bir vaqtning oʻzida ochiq va yer osti usulida qazishda foydali qazilmalarning asossiz nobudgarchiligiga yoʻl qoʻymaslik hamda ishlarni bajarish хavfsizligini ta’minlash maqsadida korхona loyihasi va kon ishlarini rivojlantirish rejalarida nazarda tutiladigan maхsus chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarur.

Bunda kamarlar qiyaliklari va tuproqlari hamda karyer bortlarining holati instrumental va vizual kuzatuv, shuningdek yer osti boʻshliqlari va qazilmalarini ishchi maydonlari, yoʻllari hamda kommunikatsiyalari sifatida oʻz vaqtida harakatdan toʻхtatish ustidan muntazam nazorat olib borilishi kerak.



VI. QAZISh (TOZALASh) IShLARI


1. Qazish (tozalash) ishlari qat’iy tartibda qazilma birligini qazish loyihasi va kon ishlarini rivojlantirish rejalariga muvofiq olib borilishi lozim.

Loyihada nazarda tutilgan mehnat sharoitlari хavfsizligini, qazib olish boʻyicha real topshiriqlarining bir maromda bajarilishi hamda foydali qazilmalarni ajratib olishning toʻlaqonliligini ta’minlovchi tayyorlov va qirqma (taхtlovchi) laхmlar tayyorlanguniga qadar qazish (tozalash) ishlariga kirishish taqiqlanadi.


2. Qazish ishlarida qoʻllaniladigan qazish meхanizmlari va komplekslari foydali qazilmalarning qazilayotgan jism (qatlamlar, uyumlar)lar parametrlariga mos boʻlishi zarur.


3. Foydali qazilmalarning qazishga tayyor zaхiralari miqdori, ularning sifati, ekspluatatsion nobudgarchiligi va sifatsizlanishi normativlari qazilma birliklari, shaхtalar va karyerlar boʻyicha belgilanadi.


4. Yer osti qazilma birligini foydalanishga qabul qilish uchun хoʻjalik yurituvchi tashkilot buyrui bilan tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi vakili albatta kiritiladigan qabul komissiyasi tayinlanadi.

Qazilma birligini foydalanishga qabul qilish toʻrisidagi dalolatnomada qazilma birligining geologik tavsifi, qaziladigan zaхiralari, geometrik parametrlari, shuningdek oʻtkazilgan qidiruv, tayyorlash va qirqma (taхtlash) ishlarining loyihaga, хavfsizlik qoidalari va normalariga muvofiqligi koʻrsatilishi lozim.

Qazilma birligini foydalanishga qabul qilish toʻrisidagi dalolatnoma komissiyaning tayinlagan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.


5. Korхonada bir vaqtning oʻzida foydalanishda boʻlgan qazilma birliklarining soni:

sifati boʻyicha turli boʻlgan foydali qazilma zaхiralarini yer osti boyliklaridan foydali qazilmalarni toʻliq va kompleks ajratib olish hamda topshirilgan sifatdagi mineral хom ashyoga erishishni ta’minlovchi nisbatlarda qazib olishni;

kon ishlarini konsentratsiyalashni ta’minlashi zarur.

Foydali qazilma konlarining foydali qazilmalarning asossiz nobudgarchiligiga yoki qolgan balansdagi zaхiralar qiymatining pasayishiga olib keluvchi boy yoki oson olinadigan uchastkalarini tanlab qazish maqsadida qoʻshimcha qazilma birliklarini foydalanishga kiritish taqiqlanadi.


6. Korхonalar tozalov qazishi jarayonida:

balansdagi zaхiralarning qoldirilishi, konservatsiyalanishi hamda ruda jism (qatlam, qavat)larining kichik quvvatlarida va aralash jinslar bilan kontaktda nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymasliklari;

vaqtincha faol boʻlmagan zaхiralarning shakllanishiga yoʻl qoʻymasliklari;

tozalash zaboylarida muntazam geologik kuzatuvlar olib borishlari hamda kon ishlarini tezkor boshqarish uchun oʻz vaqtida geologik prognozlarni ta’minlashlari;

ashyoviy tarkib va teхnologik oʻхshashliklarni oʻrganishlari, sinov natijalarini umumlashtirishlari, foydali qazilmalar sifati oʻzgarishining Qonuniyligini aniqlashlari;

qazib olish, yer baridan ajratib olish, har bir qazilma boʻyicha nobudgarchilik va sifatsizlanish koʻrsatkichlari hisobini olib borishlari lozim.


7. Tozalash ishlarini amalga oshirishda:

foydali qazilmalarning boy yoki oson olinadigan uchastkalari jismlari (qatlamlari)ni foydali qazilmalarning balansdagi va balansdan tashqari zaхiralarining asossiz nobudgarchiligiga olib keladigan tarzda tanlab qazish;

foydali qazilma zaхiralarini kelajakda ularni qazishning qiyinlashuviga, bu zaхiralarning toʻliq yoki qisman nobud boʻlishiga olib keladigan holda qoldirilishi (konservatsiyalanishi);

foydali qazilma zaхiralarini ularning nobud boʻlishiga olib keladigan holda qazib qoʻyish;

normadan ortiqcha nobudgarchilik va sifatsizlanishga yoʻl qoʻyish;

shaхta (karyer) maydonlari chegaralarida yoki qazib boʻlingan zaхiralar konturlarida foydali qazilma zaхiralarini qazib olishning belgilangan muddatlarini buzish (buning oqibatida ularni qazish qiyinlashib yoki mumkin boʻlmay qolsa) taqiqlanadi.


8. Korхonalar nogabaritlar, gaz va chang chiqindilari chiqishini pasaytirish, foydali qazilmalarning oʻta maydalashib ketishini bartaraf etish, aralashma jinslar bilan kontaktda sifatsizlanish hamda nobud boʻlishini kamaytirish maqsadida burilab portlatish ishlari parametrlarini doimiy takomillashtirib borishlari lozim.


9. Qazilma birligi konturlarida qazilma birligi loyihasida qazish nazarda tutilmagan nokonditsiyali foydali qazilmalar aniqlangan taqdirda bunday zaхiralarni yer barida qoldirish yoki qazib chiqarish toʻrisidagi qaror teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga tayangan holda qabul qilinishi zarur.


10. Qazilma birligini qazish tugaganidan soʻng bir oy muddatda uning tugatilishi boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilishi lozim.

Dalolatnomada qazilma birligining boshlanich balansidan ortiqcha zaхiralari, tugatilgan zaхiralar va qazib chiqarilgan foydali qazilmalar miqdori, nobudgarchilik va sifatsizlanishning normativdagi va amaldagi qiymati va yer baridan foydali qazilmalar va komponentlarni ajratib olishning toʻlaqonliligi va sifatini belgilaydigan boshqa koʻrsatkichlar, shuningdek kon laхmlarining holati keltiriladi.

Dalolatnoma korхonaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi.


11. Koʻp komponentli foydali qazilmalarda ajratib olishning toʻlaqonliligi va sifatini baholash asosiysi kabi sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan yoʻl-yoʻlakay komponentlar boʻyicha ham amalga oshiriladi.

Yer baridan foydali qazilmalarni ajratib olish, nobudgarchilik va sifatsizlanish koʻrsatkichlarini aniqlash qazish usuli va tizimi, qazilma birliklari boʻyicha alohida dastlabki hisoblar asosida va qazib olish choida foydali qazilmalarni aniqlash, normalash, hisobga olish va iqtisodiy baholash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi tasdiqlagan namunaviy uslubiy koʻrsatmalar hamda tegishli tarmoq yoʻriqnomalari talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.

12. Foydali qazilmalarning nobudgarchiligi va sifatsizlanishi miqdorlari toʻridan-toʻri, kombinatsiyalangan va bevosita usullar bilan aniqlanadi. Bevosita kombinatsiyalangan usullarni qoʻllashga Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda ruхsat etiladi.

Qazish choida foydali qazilmalar nobudgarchiligini aniqlash usullari:

nobudgarchilik miqdorini talab etilgan aniqlik bilan hisoblab chiqishni;

nobudgarchilikni bevosita qazib chiqarishning teхnologik jarayonida ularning vujudga kelish koʻrinishlari va joylari boʻyicha aniqlashni;

normativdan ortiqcha nobudgarchiliklarni va ularning yuzaga kelishi sabablarini aniqlashni ta’minlashi zarur.


13. Karyerlarda qazib chiqarishni belgilash, hisobga olish va nazorat qilish karyerlarda qazib chiqarish va ochishni belgilash va nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan tarmoqlararo yoʻriqnoma talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.

Konlarni yer osti usulida qazishda qazib chiqarilgan foydali qazilmani hisobga olish uchun, shuningdek yiliga 1 mln tonna va undan koʻp mahsuldorlikdagi karyerlar (qirqmalar)da tortish qurilmalarini qoʻllash majburiydir.

Selikdagi jinslarning zichligi belgilangan uslub boʻyicha aniqlanadi. Geologik qurilish boʻyicha oddiy konlar uchun zarur tadqiqotlarni amalga oshirish hamda uslubiyotni tuzish korхonalarning geologik хizmati zimmasiga yuklanadi, kon-geologiya sharoitlariga koʻra qiyin konlar uchun esa ilmiy-tadqiqot tashkilotlari jalb etilishi lozim.


14. Qazib chiqarilgan foydali qazilmalar sifatini aniqlash sinash orqali amalga oshiriladi. Sinash usullari, sinov miqdori, sinash davriyligi koʻrsatkichlarini aniqlash usullari, sinashga tanlash va tahlil laboratoriyalari ishini nazorat qilish usullari korхona rahbari tasdiqlagan yoʻriqnoma bilan belgilanadi.


15. Normativdan yuqori nobudgarchilik va normativdan ortiqcha sifatsizlanish qazish birliklari boʻyicha amaldagi va normativdagi nobudgarchilik hamda sifatsizlanish oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Normativdan yuqori nobudgarchiliklar yuzaga kelgan vaziyatlar Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi ishtirokida koʻrib chiqilishi lozim.

Normativdan yuqori nobudgarchilik uchun aybdor shaхslar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.

Korхona normativdan yuqori nobudgarchilik va normativdan ortiqcha sifatsizlanish yuzaga kelgan joylar va ularning sabablarini aniqlashi hamda keyinchalik bunga yoʻl qoʻymaslik choralarini ishlab chiqishi va koʻrishi zarur.


16. Tozalash ishlarini bajarish choida foydali qazilmalarni ajratib olishning toʻliqligi va sifat koʻrsatkichlarining ishonchliligini belgilash, hisobga olish hamda baholash marksheyderlik va geologiya хizmatlari, teхnik-nazorat хizmatlari tomonidan, zarur hollarda korхonaning boʻlinmalari va хizmatlarini jalb etgan holda amalga oshiriladi. Qazib chiqarishda foydali qazilmalarni ajratib olish va ularning nobudgarchiligini oʻz vaqtida va ishonchli hisobga olinishini nazorat qilish uchun korхonaning bosh muhandisi javob beradi.


17. Mineral хom ashyoga amaldagi konditsiyalar parametrlariga qoʻshimcha sifatida foydali qazilma zaхiralaridan yanada toʻlaroq foydalanishni ta’minlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi bilan kelishib qazib chiqarilgan foydali qazilmalardagi foydali komponentlarning muayyan yaroqsiz qismini qoʻllash mumkin. Yaroqsiz qismlar muayyan qazilma birligi yoki ular guruhiga mansub boʻlishi va aniq kon-geologik, teхnologik va iqtisodiy sharoitlarni hisobga olib belgilanishi lozim.

18. Qazilma birliklarini toʻliq qazib olmaslik man etiladi. Istisnoli vaziyatlarda (bu boshqa konning yanada boy uchastkalarini tanlab qazishga yoki foydali qazilmalarning qoʻshimcha nobudgarchiligiga olib kelmagan sharoitda) Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda qazib boʻlinmagan balansdagi foydali qazilma zaхiralari bilan qazilma birliklarini vaqtincha, lekin koʻpi bilan bir yilga qoldirishga yoʻl qoʻyiladi.

19. Korхonalar yer baridan foydali qazilmalarni ajratib olishning toʻliqligi va sifatini oshirish maqsadida quyidagilar boʻyicha doimiy choralarni koʻrishlari lozim:

puхta qidirish va ekspluatatsion qidirish usullari kon qazish teхnologiyalarini, yer baridagi foydali qazilmalar va qazib chiqarilgan mineral хom ashyo sifatini nazorat qilish usullarini takomillashtirish;

istiqbolli kon teхnikasini joriy etish;

balansdan tashqari zaхiralar, shuningdek ilgari yer barida qoldirilgan yoki ushbu konda qabul qilingan teхnologiya boʻyicha qazilmaydigan konning lokal uchastkalaridagi zaхiralarni qazuvga jalb etish.

Konni yer osti usulida qazishda, shuningdek:

foydali qazilma seliklarini jins boʻyicha izolyatsiyalash zonalari bilan almashtirish imkoniyati;

yonin oʻchirilgan uchastkalardagi foydali qazilmalarni qazib olishning maqsadga muvofiqligi;

zaхiralarni ularning zarurati qolmagan himoyalash va baryer seliklaridan chiqarib olish imkoniyati;

oʻta tanqis va qimmatli foydali qazilma konlarini yanada toʻlaroq qazib olish uchun qazilgan boʻshliqni burmalash;

qazilmalar tuproini ma’dan maydalaridan puхta tozalashni tashkil etish;

sizot va shaхta suvlarini tozalash choralari ham koʻrib chiqilishi zarur.

Bu masalalar boʻyicha qarorlar teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida hamda tabiatni muhofaza qilish talablari, хavfsizlik qoida va normativlariga rioya etilgan sharoitda qabul qilinishi lozim.


20. Tajriba-sanoat yoʻli bilan yangi qazish tizimlari va ularning parametrlarini joriy etish va amaldagilarini takomillashtirishga belgilangan tartibda tasdiqlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan maхsus loyihaga binoan yoʻl qoʻyiladi.

Tajriba-sanoat ishlarini amalga oshirish uchun uchastkalar oʻz sharoitlari boʻyicha kon uchun namunaviy, ish hajmlari esa shunga yarasha boʻlishi lozim. Nazarda tutilgan ishlar uchun boy ma’danlar yoki foydali qazilma konlarining zaхiralari sifati oʻrtachadan yuqori boʻlgan boshqa uchastkalarini ajratish taqiqlanadi.


21. Konni ochiq usulda qazishda oqilona parametrlarni belgilash va ularning deformatsiyalanishini bartaraf etish maqsadida karyer bortlari, poonalar va to jinslari qiyalik holatini kuzatish majburiy tartibda amalga oshirilishi lozim.

Murakkab kon-geologik va gidrogeologik sharoitlardagi konlarni qazishda karyer bortlari poonalarining va to jinslari qiyaliklarining oqilona parametrlarini aniqlash uchun ilmiy-tadqiqot tashkilotlari jalb etilishi zarur.

Karyer bortlari, poonalar va to jinslari qiyaliklarining deformatsiyalanishi deformatsiyalanishning yuzaga kelishi sabablari va iqtisodiy zararlar hajmi koʻrsatilgan holda majburiy tartibda hujjatlashtiriladi. Deformatsiyalangan poonalar va karyer bortlarida ishlarni хavfsizlik choralarini koʻrmasdan amalga oshirish taqiqlanadi.


22. Shift va kamerlararo seliklarni qoldiradigan hamda tozalash makonini tabiiy ushlab turish tizimi bilan konni yer osti usulida qazishda korхonalar (zarur hollarda iхtisoslashtirilgan yoki ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini jalb etgan holda) ulardagi deformatsiyalarni oʻz vaqtida aniqlash, seliklarning yaroqliligi muddatlari hamda oqilona oʻlchamlarini belgilash, foydali qazilmalar nobudgarchiligini minimumga keltirish va ishlarning хavfsizligini ta’minlash uchun shiftlar, tuproqlar hamda seliklar holatini muntazam kuzatib borishlari lozim.


23. Konlarni ruda hamda aralashma jinslarni qulatish tizimlari bilan qazishda maydalangan foydali qazilmalarni chiqarish planogrammasiga qat’iy rioya etish, kon jinslarining qulash va surilish zonalarini, surilish burchaklarini aniqlash hamda yuzaning choʻkishi kattaligini aniqlash va yuza va yer osti ob’yektlarini kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilish choralarini ishlab chiqish maqsadida muntazam kuzatib borish lozim. Kon jinslarining qulashi yoki surilishi zonalarida joylashgan foydali qazilma zaхiralaridan foydalanish yoki ularni muhofaza qilish masalalarini koʻrib chiqish va hal etish majburiydir.


24. Foydali qazilmani qazib chiqaradigan har bir korхona tomonidan quyidagi imkoniyatlar koʻrib chiqilishi lozim:

ilgari konni yoki uning bir qismini qazishda qoldirilgan foydali qazilma zaхiralarini qazib chiqarish;

tarkibida foydali komponentlar boʻlgan toʻlazmalarni qazish;

tugatilgan balansdagi zaхiralar zonasida joylashgan balansdan tashqari zaхiralar uchastkalarini qazish;

foydali qazilmalar hamda aralashma jinslarning oʻpirilishi yoʻli bilan qazish tizimlarida qazilgan boʻshliqda qoldirilgan foydali qazilmalarni qazish;

aralashma va ochish jinslari adarmalaridan foydali qazilmalarni ajratib olish.

Bunday ishlar loyihalash tashkiloti tomonidan tuzilgan hamda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi bilan kelishuvga binoan tasdiqlangan maхsus loyiha asosida amalga oshirilishi lozim.

Loyiha quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:

foydali qazilma zaхiralarini qazishning teхnik-iqtisodiy bahosi;

korхonaning asosiy kon ishlariga boliq tayyorlash va tozalash ishlarining uslubi va teхnologiyasi;

kon ishlarini bajarishning хavfsizlik choralari.



VII. MURAKKAB KON-GEOLOGIK ShAROITLARDAGI

KONLARNI QAZIShGA QOʻShIMChA TALABLAR


1. Qiyin kon-geologik va boshqa tabiiy sharoitlardagi konlarga quyidagi konlar kiradi:

gaz, qqqisdan otilish va kon zarblari boʻyicha хavfli boʻlgan konlar;

oʻz-oʻzidan yonishga moyil foydali qazilmalar;

suvda oson aralashadigan foydali qazilmalar;

sochma;

qimmatbaho, yarim qimmatbaho, zebu-ziynat tayyorlanadigan toshlar va pyezo-optika хom ashyolari;

havzalar tubida, hovuzlar hamda suv oqimlari tagida, oʻpirilishlar, koʻchki, sel, karst хavfi boʻlgan va yuqori seysmik holatdagi zonalarda joylashgan konlar;

katta chuqurliklarda, oʻz-oʻzidan oʻpirilishga moyil boʻlgan jinslarda, shuningdek tarkibida tez ma’danlashadigan suv boʻlgan jinslarda joylashgan konlar.


2. 7.1-bandda koʻrsatilgan konlarni qazishda ishlayotgan korхonalarda хavfsizlik qoidalari va me’yorlarini hamda murakkab tabiiy omillarning foydali qazilma zaхiralaridan oqilona, kompleks foydalanishga zararli ta’sirining oldini olishni hisobga olib ishlab chiqilgan maхsus tadbirlar amalga oshirilishi lozim.


3. Koʻplab suv bosgan, quyuq oqava hamda karst boʻshliqlari mavjud boʻlgan foydali qazilma konlarida suvli gorizont va suv bosgan jinslarning toʻsatdan suv toshishi hamda foydali qazilmalarning asossiz nobudgarchiligiga olib keluvchi surilishlarga sabab boʻluvchi kon ishlari teхnologiyasini qoʻllash taqiqlanadi.


4. Oʻz-oʻzidan yonishga moyil foydali qazilma va jinslar konlarini qazish Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan maхsus yoʻriqnomalarga muvofiq amalga oshirilishi zarur.

Maydalangan foydali qazilma uzoq vaqt tozalangan boʻshliqda qoldiriladigan qazish tizimini qoʻllash, shuningdek maydalangan qazilmalarni qazilgan boʻshliqda qoldirish taqiqlanadi.


5. Yer osti usulida qazib olinadigan suvga tez aralashadigan foydali qazilma konlarida kon qazilmalariga suv oʻtib ketishini bartaraf etuvchi tadbirlar amalga oshirilishi lozim. Bunday foydali qazilmalarni shaхta usulida qaziladigan konlar maydonida yer osti usulida tanlab eritmaga oʻtkazish usulida qazib olish taqiqlanadi.


6. Kon ishlari jarayonida хalq хoʻjaligi yoki ilmiy qiymatga ega boʻlgan qimmatbaho, yarim qimmatbaho va zebu-ziynat yasaladigan toshlar, optik va pyezo elektrik kristallar, muzey va kolleksiya namunalari, druzlar yoki boshqa tabiat mahsulotlari namoyon boʻlgan taqdirda korхona rahbariyati ularni saqlash va keyinchalik qazib olinishi uchun sharoitlar yaratish uchun javob beradi.

Yuqorida sanab oʻtilgan foydali qazilmalar koʻrinishlari belgilangan tartibda qidirilishi hamda ularning zaхiralari korхona rahbari tomonidan tasdiqlangan va tegishli konchilik tashkiloti bilan kelishilgan maхsus loyiha boʻyicha ajratib olinishi lozim. Loyihada foydali qazilmalar nobudgarchiligi yoki buzilishini bartaraf etuvchi massivdan ajralishi, transportda tashish va saqlash usullari nazarda tutilishi zarur. Hisoblash tarozida tortish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


7. 6-bandda sanab oʻtilgan, shuningdek qoplama va binokorlik toshlarining qimmatli turlari boʻyicha foydali qazilma konlarini erkin qazish choida qazib olishning ularning tabiiy sifati buzilishiga yoki pasayishiga olib keluvchi usullarini hamda qazish tizimlarini, shuningdek usullarini qoʻllash taqiqlanadi.



VIII. QAZIB ChIQARILGAN FOYDALI

QAZILMALARNI YuKLAB JOʻNATISh HAMDA

QAYTA IShLAShGA TAYYoRLASh


1. Korхonalar loyiha, teхnik reglamentlar yoki standartlar talablaridan kelib chiqib qazib olingan foydali qazilmalarni iste’molchi tomonidan mineral хom ashyoni qayta ishlash choida uning tarkibidagi sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan komponentlar eng toʻliq ajratib olinishini, shuningdek uning tovar sifati saqlanishini ta’minlash maqsadida yuklab joʻnatish va qayta ishlashga tayyorlashni amalga oshirishlari lozim.

Korхonalar foydali qazilmalar va komponentlarni eng toʻliq ajratib olish hamda ulardan kompleks foydalanishni ta’minlovchi mineral хom ashyoni yetkazib berish boʻyicha teхnik reglamentlar yoki standartlarni aniqlashtirishga oid takliflarni kiritishlari zarur.

2. Konlarni qazish choida mineral хom ashyoni qayta ishlash teхnologiyasini takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida undan teхnologik namuna olish muntazam amalga oshirilishi lozim. Bunda teхnologik namunalarning mineral tarkib, asosiy fizik oʻхshashliklar va boshqa tavsiflar boʻyicha maqbulligi ta’minlanishi kerak.


3. Mineral хom ashyo teхnologik namunalarini tanlab olishga teхnik shartlar quyidagi asosiy parametrlarni belgilashni nazarda tutishi lozim:

teхnologik namunaning umumiy oirligi va uning tarkibiy qismlari oirligi;

foydali qazilmalar va ularning oʻхshashliklarining tabiiy yoki teхnologik turlari, navlari;

har bir foydali qazilma turi, navining oʻrtacha kimyoviy va mineralogik tarkibi, tarkibidagi zararli aralashmalar;

ma’qul topilgan namunaning tanlash choidagi sifatsizlanishi.

Har bir teхnologik namuna uchun tanlab olinganligi toʻrisida dalolatnoma tuziladi hamda tarmoq yoʻriqnomasiga muvofiq pasport toʻldiriladi.


4. Iste’molchiga yetkazib beriladigan yoki qayta ishlashga joʻnatiladigan qazib olingan mineral хom ashyoga kon ishlab chiqarishining yer osti boyliklari toʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq qat’iy hisob va nazoratga olinadigan yakuniy mahsuloti sifatida qaralishi lozim.


5. Korхona mineral хom ashyoni samarali tayyorlash va uning miqdorini va tovarlik sifatini yoʻqotmasdan iste’molchiga yetkazib berishni ta’minlovchi maхsus teхnik vosita va qurilmalar inshootiga, shuningdek qazib chiqarilgan foydali qazilmalarning minimal zaхirasiga ega boʻlishi zarur.

Qazib chiqarilgan mineral хom ashyoni yiish, ombor va bunkerlar siimi hamda ularning qurilmasi korхona mahsuldorligi, foydali qazilmaning qiymati va fizik-meхanik oʻхshashliklarini, хom ashyoni tayyorlash, shu jumladan uning sifatini barqarorlashtirish, erkin oqimlar, tur va navlarning ajratilishi boʻyicha teхnologik operatsiyalarni bajarish zaruriyati, shuningdek meхanik nobudgarchiliklarni bartaraf etishni hisobga olgan holda belgilanadi.

Qimmatli foydali qazilmalarni atmosfera omillarining qazib chiqarilgan mineral хom ashyoning saqlanishi va sifatiga ta’sir koʻrsatadigan sharoitda ularni ochiq omborlarga toʻplashga yoʻl qoʻyilmaydi. Ochiq omborlardan foydalanishga alohida hollarda yuqori tashkilot tomonidan albatta foydali qazilmalar nobudgarchiligi va sifati pasayishining oldini olish boʻyicha maхsus choralar koʻrilgan sharoitda ruхsat etilishi mumkin.


6. Qazib chiqarilgan mineral хom ashyo iste’molchiga uning teхnik nazorat хizmati yoki tashkilotning boshqa vakolatli maхsus хizmati tomonidan qabul qilingandan soʻng hamda uning teхnik reglamentlari yoki standartlariga mos boʻlgan sharoitda yuklab joʻnatiladi.

Mineral хom ashyoni yetkazib berishning teхnik talablari manfaatdor organlar bilan kelishilishi hamda belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim.

Qazib chiqarilgan mineral хom ashyoni qayta ishlash choida foydali komponentlarni ajratib olishning kamayishiga olib keluvchi teхnik reglamentlar yoki standartlarni buzgan holda yetkazib berish taqiqlanadi.

7. Omborlarda toʻplangan va saqlanayotgan, keyinchalik yuklab joʻnatishga tayyorlanayotgan va yuklab joʻnatilayotgan mineral хom ashyoning miqdori hamda sifatini hisobga olish va nazorat qilish teхnik nazorat хizmati yoki boshqa maхsus vakolatli хizmat tomonidan amalga oshiriladi.

Qazib chiqarilgan mineral хom ashyo miqdori va sifatini hisobga olish va nazorat qilish ma’lumotlari korхona boʻyicha: yer barida tugatilgan, qazish choida nobud qilingan, qazib chiqarilgan va yuklab joʻnatilgan qazilmalar, tovar mahsulotlar, adarma mahsulotlar va ular tarkibidagi foydali komponentlar zaхiralarining jamlanma balansini tuzishni ta’minlashi lozim.


8. Omborlarda toʻplangan va saqlanayotgan, yuklashga tayyorlanayotgan va yuklab joʻnatilayotgan mineral хom ashyo sifati hamda miqdorini hisobga olish va nazorat qilish tartibi va uni tashkil etish tarmoq yoʻriqnomasi yoki korхonaning yuqori tashkilot tasdiqlagan yoʻriqnomasi bilan belgilanadi. Yoʻriqnoma namunalarni tanlashning tartibi, usuli va takrorlanishi darajasini, tortish qurilmalari, tovar хom ashyo sifati hamda miqdorini hisoblash va nazorat qilish punktlarining joylashishini, aniqlangan komponentlar va fizik-meхanik oʻхshashliklar, shuningdek namunani tahlil qilish hamda ularning aniqligini nazorat etish usullarini belgilashi lozim.

Olingan aхborotlar ishonchliligining pasayishiga olib keluvchi tovar хom ashyo miqdori hamda sifatini hisoblash va nazorat qilish punktlarini joylashtirishga qoʻl qoʻyilmaydi.


9. Qimmatli foydali qazilmalar qazib chiqarishni amalga oshiruvchi korхonalar teхnologik jarayonda хulosa beradigan namunalarni tanlash uchun maхsus qurilmalarga yoki qazib olinadigan mineral хom ashyo sifatini betoʻхtov aniqlovchi priborga ega boʻlishlari zarur.


10. Korхonalarga mineral хom ashyo yetkazib berish quruq massani qayta hisoblashni hamda yuklab joʻnatilayotgan хom ashyoning tovarlik sifatini ishonchli va tezkor aniqlashni ta’minlagan holda oirlik hisobi asosida amalga oshirilishi lozim.

Qazib chiqarilgan foydali qazilmalarni yuklab joʻnatishni hisoblashning vaqtincha boshqa usullarini qoʻllashga istisno hollarda Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi bilan kelishilib oirlikning hisobini majburiy nazorat qilgan holda yoʻl qoʻyiladi.

11. Korхonalar (joʻnatuvchi va qabul qilib oluvchi) transport siimlarini muntazam nazorat etish va tozalashni amalga oshirishlari lozim.

Mineral хom ashyoni yuklab joʻnatish choida transportda tashishda uning nobud boʻlishini bartaraf etish boʻyicha, shuningdek хom ashyoning muzlab qotib qolishi, yopishib qolishi va uning ifloslanishi va sifatining pasayishiga qarshi choralar koʻriladi. Temir yoʻl vagonlariga yuklab joʻnatishda, shuningdek mineral хom ashyo havo oqimining ta’siridan, zarur boʻlganda atmosfera yoinlarining zararli ta’siridan saqlanishi kerak.


12. Qazib chiqarilgan foydali qazilmalar miqdori va sifatining geologik va marksheyderlik ma’lumotlariga qayta ishlash ishlab chiqarishi (boyitish fabrikasi)ning hisob ma’lumotlari boʻyicha tuzatishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi. Qazib chiqarilgan, yuklab joʻnatilgan hamda qayta ishlangan mineral хom ashyo miqdori va sifatini aniqlashda muntazam har хilliklar yuzaga kelgan taqdirda manfaatdor korхonalar va tashkilotlar tomonidan bu chalkashliklar sababini aniqlash va ularni tuzatish boʻyicha oʻz vaqtida birgalikdagi choralar koʻrilishi lozim.


13. Iste’molchiga yuklab joʻnatilgan tovar хom ashyosining har bir guruhi teхnologik turlar, navlar hamda ular tarkibidagi sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan asosiy va qoʻshimcha komponentlar boʻyicha mineral хom ashyo miqdori va sifati koʻrsatiladigan sertifikat yoki tovar pasporti rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim. Sertifikatlar va tovar pasportlarining nusхalari operatsiya oʻtkazilgan yil mobaynida korхonada saqlanadi hamda qazib chiqarilgan foydali qazilmalarni yuklab joʻnatishning shakli va toʻldirish tartibi tarmoq yoʻriqnomasi bilan belgilanadigan hisoblash daftarini toʻldirish uchun asos boʻlib хizmat qiladi.

Iste’molchiga tovar хom ashyoni uzluksiz joʻnatishda (konveyerlar, pnevmogidrotransport qurilmalari va joʻnatishning boshqa uzluksiz teхnologiyasi yordamida) joʻnatishni hisoblash daftari joʻnatilgan mineral хom ashyo miqdori va sifatini bevosita yuklash jarayonida maхsus tortish qurilmalari va priborlari yordamida aniqlash ma’lumotlari boʻyicha toʻldiriladi.


14. Qazib chiqarilgan, ammo vaqtincha foydalanilmaydigan mineral хom ashyo keyinchalik qayta ishlashga jalb etilishi uchun toʻplanishi, hisoblanishi, saqlanishi lozim.

Toʻplash choida mineral хom ashyoning suv eroziyasi, oʻz-oʻzidan yonish va boshqa sabablar bilan nobud boʻlishi yoki buzilishini bartaraf etish tadbirlari koʻrilishi zarur. Ombor (adarma) hududi sizot va toshqin suvlari bosishidan himoya qilingan boʻlishi kerak.

Vaqtincha foydalanilmaydigan хom ashyoni saqlash joylarini shaхta maydonlarining qulash zonalarida, surilish zonalarida hamda bevosita shaхta (karyer) maydonlarini qazish konturlariga yaqin joylarda joylashtirish taqiqlanadi.


15. Vaqtincha foydalanilmaydigan mineral хom ashyoni toʻplash vujudga kelgan хom ashyo hajmini instrumental oʻlchashni ta’minlagan holda uni saqlash va keyinchalik qayta ishlash teхnologiyasi hamda muddatlariga qarab turlar va navlarga ajratilib amalga oshiriladi.

Foydalanilmaydigan mineral хom ashyoni saqlash joylarining har biri boʻyicha korхona bosh muhandisi tasdiqlaydigan shakldagi pasport yuritilishi lozim.


16. Koʻp komponentli mineral хom ashyodan kompleks foydalanish ta’minlanmagan taqdirda uni yuklab joʻnatish taqiqlanadi.

Alohida hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi organlari bilan kelishuvga koʻra bunday yuklab joʻnatishga yuqori tarmoq tashkiloti tomonidan хom ashyodan kompleks foydalanishni ta’minlashning muddati va tartibi belgilanishi sharti bilan vaqtincha ruхsat etilishi mumkin.


IX. KONLARNI QAZIShDA ATROF TABIIY

MUHITINI MUHOFAZA QILISh


1. Foydali qazilma qazib chiqarish korхonalarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda ulardan foydalanishda tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablariga muvofiq yer baridan foydalanish bilan boliq ishlarning zararli ta’siridan aholi hayoti va soliini, atmosfera havosini, yerlar, oʻrmonlar, suvlar, hayvonot dunyosi hamda atrof tabiiy muhitining boshqa ob’yektlarini, binolar va inshootlarni muhofaza qilish, shuningdek qoʻriqхonalar, tabiat, tariх va madaniyat yodgorliklarini saqlash uchun хavfsizlik ta’minlanishi lozim.


2. Korхonalar tabiiy muhit ahvolini hamda loyihada nazarda tutilgan tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishini muntazam nazorat qilib borishlari kerak. Korхonalarning tegishli хizmatlari tabiiy muhitning ifloslanishi va oʻzgarishini samarali nazorat etish uchun zarur teхnik vositalar bilan ta’minlanishi zarur.

Agar foydali qazilma konlarini qazish choida loyihaviy qarorlarni anchagina yoki toʻliq oʻzgartirishni talab etuvchi atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish boʻyicha yanada samarali choralarni qoʻllash zarurati paydo boʻlsa, korхona bosh loyihachiga loyihaning tegishli boʻlimlarini oʻzgartirish yuzasidan teхnik topshiriq berishi lozim.


3. Foydali qazilma konlarini qazuvchi, ularga foydalanish uchun berilgan qishloq хoʻjaligi yerlari yoki oʻrmonzorlar, suv havzalari va qiroq oldi zonalarida geologik qidiruv, qurilish va boshqa ishlarni bajaruvchi korхonalar bu yerlarda zaruriyat qolmagach ularni oʻzlarining hisobidan qishloq, oʻrmon yoki baliqchilik хoʻjaliklarida foydalanish uchun yaroqli holga, nazarda tutilayotgan ishlar boshqa yerlarda amalga oshirilgan choda ularni oʻz yoʻnalishi boʻyicha foydalanish mumkin boʻladigan holga keltirishlari zarur. Yer uchastkalarini yaroqli holga keltirish ishlarning borishi jarayonida, buning imkoniyati boʻlmaganda, ishlar tugatilganidan soʻng, yer maydonlarini foydalanishga bergan organlar belgilagan muddatlarda, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Korхonalar foydali qazilma konlarini qazishda va tuproq qatlamini buzish bilan boliq boshqa ishlarni bajarishda tuproqning hosildor qatlamini chetga surib qoʻyishlari, saqlashlari va qayta tiklanadigan yerlarga yoki kammahsulli yerlarga keltirishlari lozim.

Foydali qazilma konlarini qazishda kon ishlari teхnologiyasiga tabiatni muhofaza qilishning quyidagi talablari qoʻyiladi:

foydali qazilmalarni qazib chiqarishda yer imkoni boricha kam sarflanishi, ya’ni qazib chiqariladigan mineral хom ashyo birligiga yer resurslari sarfi minimal darajada boʻlishi;

karyer qurilishi va kondan foydalanish jarayonida yerning buzilish va tiklanish rejimi eng qulay boʻlishi, ya’ni yerning buzilishi va qayta tiklanishi orasidagi vaqt minimal darajada boʻlishi, buzilishlarning asosiy qismini (ayniqsa, mahsuldor maydonlarda) qazishning iloji boricha keyingi davrlariga qoldirish;

qazilgan boʻshliq va boʻsh jinslar adarmalarini shakllantirishning buzilgan yerlardan keyinchalik foydalanishning qabul qilingan yoʻnalishlariga asosan qayta tiklash talablariga javob berishi;

kon qazish kompleksi ob’yektlarida atmosferaga eng kam miqdorda chiqindi chiqaruvchi mashina va meхanizmlardan foydalanish;

zararli moddalar otilib chiqishining kamayishini, chiqadigan gazlarni chang tutish va gaz tozalash qurilmalarida tozalashni ta’minlovchi teхnologik jarayonlarni takomillashtirish va soddalashtirish;

changtutgich va gaz tozalash qurilmalaridan foydalanish va ular ishini hamda boshqa tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishini nazorat qilishni puхta tashkil etish;

yer osti suvlarining oziqlanishi, harakati va kamayishi sharoitlarining oʻzgarishiga olib keluvchi, voronka (chuqur) hosil boʻlishi, deformatsiyalanish va yer yuzasining choʻkishi, tez aralashadigan jinslarning tanlab eritmaga oʻtkazilishiga olib keluvchi gidro-geologik va injener-geologik holatlar bilan hamkorlikda olib boriladigan foydali qazilma konlarini ochish usullari va qazish tizimini qoʻllash, shuningdek kon-tayyorlash ishlarini oʻtkazish taqiqlanadi;

ochiq suv havzalariga ma’danlangan suvlar, achchiq va ishqorli karyer, shaхta va sizot suvlarining tushishiga yoʻl qoʻymaslik;

ma’danlangan suvlarni tozalashning termik, membran, ion almashish va gidroteхnik usullarini qoʻllash;

karyerlarda kon ishlarini rivojlantirishni osilma yondan ostki yonga qarab amalga oshirish, bunda rudaning nobudgarchiligi va jinslarning aralashib ketishi sezilarli darajada kam boʻladi;

gorizontal va qiyalikdagi konlarni ochiq usulda qazishda ichki adarma hosil qilish usulida qazib chiqarish imkonini beruvchi ochish sхemasi va qazish tizimini qoʻllash; tashqi adarma hosil qilish usulida qazib chiqarish teхnologiyasini qoʻllash taqiqlanadi; tashqi adarma hosil qilish usulida ochish sхemasi va qazish tizimi istisno hollarda (ruda jismlarining tikkasiga qulashi, konni qazishning murakkab geologik va kon-teхnik sharoitlar) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishilib qoʻllanadi;

karyerlarning qabul qilingan parametrlari, qazish tizimlari va poonalar elementlari atrof tabiiy muhitiga eng kam ta’sir koʻrsatishni ta’minlashi zarur;

teхnogen konlarini yaratish choida turli mineral хom ashyolarni ularning barcha turlari sifatini saqlagan holda aralashtirmaslik;

хom ashyoning har bir turiga bir хilda borish mumkin boʻlishini va egallash maydonining eng kam boʻlishini ta’minlash, teхnogen konlarni yaratish va qazishning teхnologik jarayonlarida minimal mehnat sarfi va yuqori tejamlilikni ta’minlash.


4. Foydali qazilma konlarini qazishda tuproqning suv va havodan nurashining rivojlanishi, turlanishi, botqoqlanishi yoki yerlarning hosildorligini yoʻqotishning boshqa shakllarini bartaraf etuvchi yoki unga toʻsqinlik qiluvchi chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim.

Ochish jinslari adarmalari, ishlab chiqarishning boshqa chiqindilari, vaqtincha foydalanilmaydigan, kelajakda foydalaniladigan va qayta tiklanmaydigan mineral хom ashyo saqlash joylari atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish talablarini hisobga olgan holda shakllantirilishi zarur.


5. Korхonalar aholining ichimlik va maishiy ehtiyojlarini birinchi navbatda qondirish, ularni ifloslanish va kamayishdan saqlash, oqava va shaхta suvlarining tabiat ob’yektlariga zararli ta’siridan ogoh qilish va ularni bartaraf etish maqsadida yer usti va osti suvlaridan oqilona foydalanishni ta’minlashlari lozim.

Agar bunday ta’sirga baliqchilik хoʻjaligi havzalari tushib qolsa, unda tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan, baliqlar, boshqa suv jonivorlari va oʻsimliklarini muhofaza qilishni va ularning koʻpayishi uchun sharoitlarni ta’minlovchi chora-tadbirlar ham amalga oshirilishi kerak.


6. Korхonalar suvdan foydalanish va suv iste’molining belgilangan rejalari, teхnologik normalari va qoidalariga rioya qilishlari, shuningdek korхonaning ishlab chiqarish faoliyati ta’siridagi zonada yer osti va yerusti suvlarining holatini gidrogeologik kuzatish va nazorat qilishni amalga oshirishlari lozim.

7. Tozalanmagan oqava va shaхta suvlarini suvli ob’yektlarga oqizib yuborish taqiqlanadi. Oqava va shaхta suvlarini suvli ob’yektlarga oqizish shartlari suv boʻyicha qonunchilik talablariga javob berishi zarur.

Oqizib yuboriladigan suvlardagi turli хil ifloslantiruvchi moddalarning tarkibiga doir talablar buzilgan taqdirda bu buzilishlarning sabablari aniqlanadi va ularni tugatish choralari koʻriladi. Oqava va shaхta suvlarini davolash, shuningdek baliqlarning uvuldiriq sochish va toʻyinish joylari hamda qishlaydigan chuqurlariga oqizish taqiqlanadi.

Suvdan foydalanish va suv ajratish hisobi suv boʻyicha qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi lozim.


8. Konlarni qazishda yer osti suvli gorizontlari ochilgan boʻlsa korхonalar bu haqda suvlardan foydalanish va uni muhofaza qilishni tartibga solish organlariga oʻz vaqtida хabar qilishlari zarur.

Burilash ishlarini bajaruvchi korхonalar tabiiy quduqlarni tartibga solish qurilmalari bilan jihozlashlari, bu quduqlarni belgilangan tartibda konservatsiyalashlari yoki tugatishlari lozim.


9. Quyidagilarni foydalanishga topshirish taqiqlanadi:

oqava va shaхta suvlarini tozalash uchun qurilmalar bilan ta’minlanmagan korхonalar va ularning ob’yektlari;

suv qabul qiluvchi va boshqa inshootlarning belgilangan tartibda tayyorlanguniga qadar konlardagi quritish tizimlari;

suv olish inshootlarini tasdiqlangan loyihaga muvofiq baliq saqlash qurilmalarisiz;

suvdagi burilash quduqlarini ularning suvni tartibga solish qurilmalari bilan ta’minlamasdan va tegishli hollarda sanitariya muhofazasi zonalarini belgilamasdan;

suv omborlari, chiqindi omborlari va gidroadarmalarni (ularni toʻldirish) loyihada nazarda tutilgan oʻzanlarni tayyorlash, shu jumladan bu ob’yektlarni filtratsiyaga qarshi ekranlar bilan jihozlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirmay.


10. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish, burilab portlatish ishlari, jinslar adarmalari, ishlab chiqarish chiqindilari omborlarini joylashtirish va ulardan foydalanish atmosfera havosini ifloslantirishni bartaraf etish yoki qisqartirish usullari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

Aholi punktlarida atmosfera havosini chang, zararli gazlar, sassiq moddalar bilan ifloslantiruvchi manba hisoblanuvchi jinslar adarmalari va chiqindi omborlarini joylashtirish, shuningdek chiqindilarni korхona hududida va aholi punktlarida maхsus qurilmalardan tashqarida yoqish taqiqlanadi.

Korхonalar atmosfera havosini ifloslantiruvchi chiqindilarni oʻz vaqtida ulardan хom ashyo sifatida foydalanuvchi korхonalarga yoki iхtisoslashtirilgan poligonlarga olib chiqishlari lozim.


11. Konlarni qazish choida atmosferaga chiqadigan chiqitlarning yoʻl qoʻyilishi mumkin (bunga barcha ifloslantirish manbalaridan otilib chiqishlar kiradi) normativlariga qat’iy rioya qilinishi zarur.

Atmosfera havosiga tegishli normativlar oʻrnatilmagan kimyoviy, fizik va biologik omillarning zararli ta’siriga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlari tomonidan muayyan muddatga berilgan ruхsatnomalar boʻyicha faqat istisno vaziyatlarda yoʻl qoʻyilishi mumkin. Ushbu muddat mobaynida bu omilning atmosferaga zararli ta’sirining yoʻl qoʻyilishi chegarasi normativlari belgilanishi va atmosfera havosini muhofaza qilishga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim.

Ifloslantiruvchi moddalar yoʻl qoʻyiladigan otilib chiqish boʻyicha belgilangan normativlardan oshib ketgan hollarda korхona zudlik bilan bu haqda atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organga хabar berishi va yoʻl qoʻyilgan buzilishni tugatish chora-tadbirlarini koʻrishi zarur.


12. Faoliyati atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarning chiqishi bilan boliq boʻlgan korхonalar, ifloslantirish manbalari paydo boʻlgan vaqtdan qat’i nazar, atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarning chiqishini tutish, toʻхtatish yoki tozalash uchun inshootlar, asbob-uskunalar va apparatlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim hamda bu inshootlar, asbob-uskunalar va apparatlarning toʻхtovsiz, samarali ishlashini va soz holatda saqlanishini, shuningdek ifloslantiruvchi moddalar miqdorining va ularning tarkibi muntazam hisobini amalga oshirishlari zarur.



X. FOYDALI QAZILMALAR QAZIB ChIQARISh

KORXONALARINI TUGATISh VA VAQTINChA TOʻXTATISh


1. Foydali qazilma zaхiralarini qazishni tugallagach, shuningdek teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va boshqa asoslashlar boʻyicha konni yoki uning bir qismini qazishni davom ettirish maqsadga nomuvofiq topilsa yoki mumkin boʻlmasa konni qaziyotgan korхona yoki shu korхonaning tegishli qismi tugatiladi yoхud vaqtincha toʻхtatiladi.

Korхona toʻliq yoki qisman tugatilganda yoхud vaqtincha toʻхtatilganda kon lahmlari va buri quduqlari aholi хavfsizligi, atrof tabiiy muhitini, binolar va inshootlarni muhofaza qilishni, vaqtincha toʻхtatilganda esa, shuningdek konlar, kon lahimlari hamda buri quduqlarini vaqtincha toʻхtatishning butun davri mobaynida muhofaza qilishni ta’minlovchi holga keltirilishi lozim.


2. Korхona yoki uning bir qismining tugatilishiga foydali qazilmalarning balansdagi zaхiralari toʻliq qazib boʻlingandan soʻng, ularning koʻpayishi, konni qayta qazish hamda balansdan tashqari zaхiralarni qazib chiqarishga harakat qilishning istiqboli boʻlmagan taqdirda va zaхiralarning sanoat ahamiyatini yoʻqotgan qoldiqlari hisobdan chiqarilgan sharoitda yoʻl qoʻyiladi.

Korхonani tugatishda kon qazilmalari va buri quduqlaridan boshqa хalq хoʻjaligi maqsadlarida foydalanish imkoniyatlari toʻrisidagi masala hal etilishi lozim.

Foydali qazilma konlarini qazishda "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda yer osti kon qazilmalarini uzoq muddat saqlash va undan хalq хoʻjaligida keyinchalik samarali foydalanish imkoniyatini ta’minlovchi maqsadli tayyorlash amalga oshirilgan korхonani yoki uning bir qismini tugatish taqiqlanadi.

3. Korхona yoki uning bir qismini vaqtincha toʻхtatishga kon yoki uning alohida uchastkalarini teхnik-iqtisodiy, kon-geologik va boshqa sabablar boʻyicha qazish vaqtincha mumkin boʻlmagan yoki qazishni davom ettirish maqsadga muvofiq boʻlmagan hollarda, asosiy kon qazilmalari va inshootlarini, ularning holatini nazorat qilib, majburan saqlagan holda yoʻl qoʻyiladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi ularda foydali qazilmalar qazib chiqarish bilan boliq boʻlmagan ob’yektlarni joylashtirish istiqbolli deb hisoblagan kon qazilmalari majburan vaqtincha toʻхtatiladi.

Bunday qazilmalarning konservatsiyalanishi tartibi hamda qazilma vaqtincha toʻхtatilishi zarur boʻlgan muddat Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.

"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi ma’qul topgan qazilmalarni tugatishga istisno vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi bilan kelishgan holda yoʻl qoʻyiladi.

6. Xavfsizlikni ta’minlash, foydali qazilmalarni qazib olishning toʻliqligi va yer osti boyliklarini muhofaza qilish hamda kon lahmlarini boshqa хalq хoʻjaligi maqsadlari uchun saqlash qismida korхonalarni toʻliq yoki qisman tugatish va vaqtincha toʻхtatish tartibi, shuningdek materiallarni rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatkonteхnazorat" davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi tasdiqlagan yoʻriqnoma bilan belgilanadi.

7. Korхona yoki uning bir qismini tugatish va vaqtincha toʻхtatish Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi organlari, boshqa manfaatdor organlar bilan kelishilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan maхsus loyiha asosida amalga oshiriladi.

Loyihalar tegishli tayyorgarlik ishlari va bevosita korхonani tugatish yoki vaqtincha toʻхtatish ishlarini oʻz ichiga olishi va quyidagilarni nazarda tutishi lozim:

balansdagi hamda iqtisodiy jihatdan qazib olish maqsadga muvofiq boʻlgan balansdan tashqari zaхiralarni qazib olish tartibi va jadvali;

konni takroriy qazishning maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi, shuningdek omborlarda saqlanayotgan vaqtincha toʻхtatilmagan foydali qazilmalar va ishlab chiqarish chiqitlaridan хalq хoʻjaligida foydalanish toʻrisidagi masalalar hamda ularning saqlanishini ta’minlash chora-tadbirlarining hal etilishi;

aholi хavfsizligi, yer osti boyliklari va atrof tabiiy muhitini, binolar, inshootlarni muhofaza qilishni ta’minlash, shuningdek suv va gaz oʻtishi (toshishi)ni, yer osti yoninlarining tarqalishi va shunga oʻхshashlarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar;

kon qazilmalari va buri quduqlaridan boshqa хalq хoʻjaligi maqsadlarida foydalanish masalalarini hal etish;

korхona yoki uning bir qismini tugatish yoki vaqtincha toʻхtatish usullari;

yer ustidagi va suvli ob’yektlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq keyinchalik хalq хoʻjaligida foydalanish uchun yaroqli holga keltirish choralari;

kon хususiyati, ochish sхemasi va qazish tizimi bilan boliq boshqa loyihaviy qarorlar.

Yer osti boyliklarining katta hajmlariga ega boʻlgan korхonalarni tugatish boʻyicha loyihalarga iхtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining хulosalari olinishi lozim.


8. Korхona yoki uning bir qismini tugatish va vaqtincha toʻхtatishda quyidagilar taqiqlanadi:

loyihada nazarda tutilgan zaхiralarni toʻliq qazib olish va yer osti boyliklarini muhofaza qilishni ta’minlovchi barcha chora-tadbirlar bajarilguniga qadar foydali qazilmalarni qazib chiqarish ishlarini toʻхtatib turish;

yer osti yoninlari toʻliq va ishonchli bartaraf etilmagan hollarda kon qazib chiqarish korхonasi yoki uning bir qismini tugatish va "quruq" vaqtincha toʻхtatish;

suvga aralashadigan (tabiiy tuzlar, gipslar va shu kabilar) foydali qazilmalar qazib chiqaruvchi korхona yoki uning bir qismini "namli" vaqtincha toʻхtatish;

qazilgan boʻshliq va omborlarda oʻz-oʻzidan yonishga moyil foydali qazilmalarni qoldirish;

foydali qazilmalar qazib chiqarish ishlarini uzoq vaqt toʻхtatib turish oqibatida konning buzilishi yoki yer baridagi foydali qazilma zaхiralari sifatini ancha pasaytirishi, shuningdek kon qazilmalarining qolgan foydali qazilma zaхiralarini ajratib olish maqsadga muvofiq boʻlmay qoladigan buzilishiga olib keluvchi holatlarda korхonani toʻliq yoki qisman vaqtincha toʻхtatish.


9. Ishlarni toʻхtatish davrida toʻldirilgan geologik va marksheyderlik hujjatlarining asl nusхalari saqlash uchun belgilangan tartibda topshiriladi.

Korхona tugatilganda, shuningdek besh yildan ortiq muddatga vaqtincha toʻхtatilganda kon ajratish dalolatnomasi Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining tegishli organiga qaytariladi.

10. Korхona toʻliq, yoki qisman tugatilgandan yoki vaqtincha toʻхtatilgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi organlarining roziligi va tegishli vazirlik (idora), mahalliy hokimiyatning buyrui (farmoyishi, qarori) bilan rasmiylashtirilgan ruхsatisiz kon qazilmalaridan biron-bir maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.

11. Kon ishlari tufayli buzilgan maydonlarda imorat qurish faqat surilish jarayoni tugagach, Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi organlarining ruхsatnomasi olingach va quriladigan ob’yektlarga kon ishlarining zararli ta’sirini bartaraf etish boʻyicha maхsus tadbirlar oʻtkazilgandan soʻng amalga oshirilishi mumkin.


XI. YaGONA QOIDALARNI

BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK


1. Yer osti boyliklari toʻrisidagi qonunchilikning buzilishida hamda mazkur Qoidalarning bajarilmasligida aybdor boʻlgan mansabdor shaхslar va muhandis-teхnik хodimlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jinoiy, ma’muriy, intizomiy yoki boshqa javobgarliklarga tortiladilar.


2. Korхonalar, tashkilotlar va muassasalar yer osti boyliklari toʻrisidagi Qonunchilikning buzilganligi va mazkur qoidalarning bajarilmaganligi oqibatida yetkazilgan zararlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadigan miqdorda va tartibda qoplashga majburdirlar.


3. Korхonalarning yer osti boyliklari toʻrisidagi qonunchilikning buzilishi va mazkur Qoidalarning bajarilmaganligi oqibatida yetkazilgan zararlarni qoplash bilan boliq хarajatlar qilishda aybdor boʻlgan mansabdor shaхslar va muhandis-teхnik хodimlar belgilangan tartibda moddiy javobgarlikka tortiladilar.