Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Xalq ta’limi vazirligining 14-son, Moliya vazirligining 25-son, Madaniyat va sport ishlari vazirligining 15-qq-son, Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligining 08-05-04-son "Umumta’lim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 20.03.2014 y. Qarori (AV tomonidan 28.04.2014 y. 2577-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

28.04.2014 y.

N 2577

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGINING

20.03.2014 y.

N 14


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

20.03.2014 y.

N 25


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MADANIYaT VA SPORT IShLARI

VAZIRLIGINING

20.03.2014 y.

N 15-qq


OʻZBEKISTON MATBUOT

VA AXBOROT AGENTLIGINING

20.03.2014 y.

N 08-05-04


QARORI


Umumta’lim maktablarini darsliklar

va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan ta’minlash

tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 31 maydagi PQ-362-sonli "Umumta’lim maktablari oʻquvchilarini darsliklar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi va 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-sonli "Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi QAROR QILADI:


1. Umumta’lim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan ta’minlash tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligining 2009 yil 16 dekabrdagi 53, 115, QQ-19, 05-04-02-sonli "Umumta’lim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan ta’minlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2064, 2010 yil 14 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 1-2-son, 13-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Xalq ta’limi vaziri

U. Inoyatov

Moliya vaziri

R. Azimov

Madaniyat va sport ishlari vaziri

M. Xodjimatov

Oʻzbekiston matbuot va aхborot

agentligi bosh direktori

O. Yunusov

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 5 may, 18-son, 202-modda