Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.05.2014 y. 114-son "Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasining valyuta mablagʻlarini jalb etgan holda bolalar sporti uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korхonalarni yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.05.2014 y.

N 114



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

JISMONIY TARBIYa VA SPORT VAZIRLIGI

HUZURIDAGI JISMONIY TARBIYa VA SPORTNI

RIVOJLANTIRISh JAMARMASINING VALYuTA

MABLALARINI  JALB  ETGAN  HOLDA  BOLALAR

SPORTI UChUN MAHSULOTLAR IShLAB ChIQARUVChI

KORXONALARNI YaNADA RIVOJLANTIRISh

VA MODERNIZATsIYa QILISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchi korхonalarning talab yuqori boʻlgan va zamonaviy sifat standartlariga javob beradigan sport kiyim-kechaklari, poyabzali, buyumlari va anjomlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga doir faoliyatini kengaytirish va rabatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamarmasining valyuta mablalarini jalb etgan holda bolalar sporti uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korхonalarni yangidan qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalarni tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamarma deb ataladi) valyuta mablalarini jalb etgan holda bolalar sporti uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korхonalarni yangidan qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish:

loyiha umumiy qiymatining 40 foizdan ortiq boʻlmagan qismi Jamarmaning valyuta mablalari hisobiga, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Oʻzsanoatqurilishbank" aksiyadorlik tijorat banki, "Asaka" davlat aksiyadorlik tijorat banki orqali qayta moliyalashtirish yoʻli bilan kreditlar tarzida;

kamida 60 foizi - tashabbuskorlarning oʻz mablalari va tijorat banklarining kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga:

sport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korхonalarni yangidan qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, talab yuqori boʻlgan va zamonaviy sifat standartlariga javob beradigan sport kiyim-kechaklari, poyabzali, buyumlari va anjomlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish loyihalarini har yili tanlab olsin;

ma’qullangan loyihalarning amalga oshirilishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati hamda mahsulotlarning zamonaviy talablarga muvofiqligi yuzasidan nazoratni ta’minlasin, keyinchalik uning natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot taqdim etsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov zimmasiga yuklansin.


Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 12 may, 19-son, 213-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 5-son, 41-modda