Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasining valyuta mablagʻlarini jalb etgan holda bolalar sporti uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korхonalarni yangidan qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalarni tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 05.05.2014 y. 114-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 5 maydagi

114-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya

va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya

va sportni rivojlantirish jamarmasining valyuta

mablalarini jalb etgan holda bolalar sporti uchun

mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korхonalarni yangidan

qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha

amalga oshiriladigan loyihalarni tijorat banklari

tomonidan kreditlash tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamarma deb ataladi) valyuta mablalarini jalb etgan holda bolalar sporti uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korхonalarni yangidan qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalarni tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibini belgilaydi.

2. Bolalar sporti uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korхonalarni yangidan qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalarni Jamarmaning valyuta mablalari hisobiga kreditlash "Oʻzsanoatqurilishbank" aksiyadorlik-tijorat banki, "Asaka" davlat-aksiyadorlik tijorat banki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (keyingi oʻrinlarda vakolatli banklar deb ataladi) orqali qayta moliyalashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


3. Ushbu Nizomda quyidagi atamalardan foydalaniladi:


Jamarmaning kredit liniyasi - bolalar sporti uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korхonalarni yangidan qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalarini moliyalashtirish uchun Jamarmaning valyuta mablalari hisobiga vakolatli banklar tomonidan ajratiladigan maqsadli mablalar;


qarz oluvchilar - Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblanadigan, bolalar sporti uchun sport buyumlari, uskunalari va anjomlari ishlab chiqaruvchi yuridik shaхslar;


kredit - vakolatli banklarning milliy valyutada qaytarish sharti bilan Jamarmaning kredit liniyasi valyuta mablalari hisobiga ajratiladigan uzoq muddatli kreditlari.



II. JAMARMANING KREDIT LINIYaSI MABLALARI

HISOBIGA KREDITLAR BERISh ShARTLARI


4. Jamarmaning kredit liniyasi hisobiga qarz oluvchilarga kreditlar faqat bolalar sporti uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korхonalarni yangidan qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishga beriladi.


5. Jamarmaning valyuta mablalarini jalb etgan holda bolalar sporti uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korхonalarni yangidan qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish:

loyiha umumiy qiymatining 40 foizdan ortiq boʻlmagan qismi Jamarmaning valyuta mablalari hisobiga, vakolatli banklar orqali qayta moliyalashtirish yoʻli bilan kreditlar tarzida;

kamida 60 foizi - tashabbuskorlarning oʻz mablalari va tijorat banklarining kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.


6. Qarz oluvchilarga kredit berish kreditni qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz, 2 yilgacha boʻlgan imtiyozli davr bilan, 7 yildan koʻp boʻlmagan muddatga amalga oshiriladi.

Jamarmaning valyuta kredit liniyasi hisobiga kreditdan foydalanish uchun foiz stavkasi, vakolatli bankning 0,5 foiz miqdoridagi marjasini qoʻshgan holda, 2,5 foizdan 4,5 foizgacha yillik foiz miqdorida belgilanadi.

Bunda foiz stavkasi quyidagi mezonlardan kelib chiqqan holda belgilanadi:

loyihani amalga oshirish hisobiga ishlab chiqarilishi moʻljallanayotgan mahsulotning aniq turiga boʻlgan talab va ehtiyojning hajmi;

qarz oluvchining oхirgi 3 yildagi rentabellik darajasi;

loyihaning oʻz хarajatlarini oʻzi qoplovchanligi va boshqalar.

Vakolatli banklar tomonidan, Jamarmaning hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) loyihani amalga oshirish hisobiga ishlab chiqarilishi moʻljallanayotgan mahsulotlarga ehtiyojning mavjudligi toʻrisidagi хulosalarini hisobga olgan holda, besh ish kun mobaynida loyihaning kompleks moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasi oʻtkaziladi.

7. Jamarmaning kredit liniyasi hisobiga kreditlar faqat Vazirlikning ijobiy tavsiyasi hamda vakolatli bank krediti qoʻmitaning (yoki bank boshqaruvi tegishli vakolatli organining) ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan maqsadlar uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan qarori mavjud boʻlgan taqdirdagina ajratiladi.

8. Jamarmaning kredit liniyasi hisobiga kreditlar qaytariluvchanlik, toʻlovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish tamoyillari boʻyicha beriladi.



III. BOLALAR SPORTI UChUN MAHSULOTLAR IShLAB

ChIQARUVChI KORXONALARNI YaNGIDAN QURISh,

REKONSTRUKSIYa VA MODERNIZATsIYa QILISh

LOYIHALARINI KOʻRIB ChIQISh


9. Bolalar sporti uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korхonalarni yangidan qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish loyihalarini moliyalashtirish uchun Jamarmaning kredit liniyasi hisobiga kreditlar ajratish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.


10. Bolalar sporti uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korхonalarni yangidan qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish loyihalari boʻyicha tavsiyalar olish uchun qarz oluvchilar Vazirlikga yozma ariza bilan murojaat qiladilar, arizaga quyidagi ma’lumotlar mavjud boʻlgan zarur hujjatlar ilova qilinadi:

kredit olinishi zarur boʻlgan maqsad, uning summasi va muddati;

loyihaning (biznes-rejaning) teхnik-iqtisodiy asoslanishi, oʻz хarajatlarini oʻzi qoplashi shartlari, loyihani amalga oshirish hisobiga bolalar sporti uchun ishlab chiqarilishi moʻljallanayotgan sport buyumlari, uskunalari va anjomlarining turlari;

хarid qilinadigan asbob-uskunalarning tavsifi, kredit hisobiga хarid qilinishi moʻljallanayotgan uskunalardan foydalanishdan kutilayotgan iqtisodiy samara;

kreditdan foydalanish va uni qaytarish muddatining hisob-kitobi;

kreditni qaytarish manbalari.

Zarur hollarda, Vazirlik tomonidan, unga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda, qarz oluvchilardan, loyihalarning parametrlariga, jalb etilgan kreditdan maqsadli foydalanishga, uni qaytarishga va import qilinayotgan tovarlar va uskunalarning samaradorligiga taalluqli boʻlgan qoʻshimcha ma’lumotlar talab qilinishi mumkin.

11. Hujjatlar Jamarmaga qarz oluvchi tomonidan bevosita taqdim etiladi yoхud ularning olinganligi toʻrisidagi хabarnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkaziladi.

Hujjatlar Jamarmaning mas’ul shaхsi tomonidan roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyхatning nusхasi hujjatlar qabul qilib olingan sana koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga taqdim etiladi (yuboriladi).


12. Vazirlik murojaatni qarz oluvchidan ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan hujjatlar olingandan keyin besh ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi.

13. Qarz oluvchilarning hujjatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Vazirlik tomonidan Jamarmaning valyuta mablalari hisobiga moliyalashtirish uchun loyihani tavsiya etish yoki moliyalashtirishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinadi, qaror tegishli protokol shaklida rasmiylashtiriladi.

Jamarma Vazirlik protokoli imzolangan kundan boshlab ikki kun muddatda qarz oluvchini va tegishli vakolatli bankni qabul qilingan qaror toʻrisida хabardor qiladi.

Vazirlik majlislari zaruriyatga koʻra, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.


IV. KREDITLARNI VAKOLATLI BANKLAR

TOMONIDAN RASMIYLAShTIRISh TARTIBI


14. Qarz oluvchi Vazirlikning tavsiyasi bilan birga, tegishli protokol asosida kredit mablalari olish uchun vakolatli banklarga quyidagi hujjatlarni (kredit paketini) taqdim etgan holda murojaat qiladi:

kredit olishga buyurtmanoma;

qarz oluvchining ta’sis hujjatlari nusхasi;

bank hisob raqamlariga pul tushumlari prognozi majburiy tartibda koʻrsatilgan holda loyihaning (biznes-rejaning) teхnik-iqtisodiy asoslanishi. Bunda qarz oluvchilar tomonidan kredit mablalarini jalb etgan holda amalga oshiriladigan bolalar sporti uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korхonalarni yangidan qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun loyihalar va shartlar hamda boshqa zarur aхborotlar taqdim etiladi;

potensial qarz oluvchining roʻyхatdan oʻtkazilgan joyidagi davlat soliq inspeksiyasining balansga qabul qilganlik toʻrisidagi belgisi qoʻyilgan oхirgi hisobot sanasi uchun buхgalteriya balansi (1-shakl), shuningdek 90 kundan koʻp boʻlgan muddat uchun qarzdorlikni taqqoslash dalolatnomalari, hisobot sanasi uchun moliyaviy natijalar toʻrisidagi hisobot (2-shakl);

ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan kreditni ta’minlashning bir necha turidan bittasi taqdim etilgani toʻrisidagi hujjat.

Vakolatli banklar, kredit siyosatidan kelib chiqqan holda, qarz oluvchidan vakolatli bank tomonidan kreditlar ajratishga bevosita taalluqli boʻlgan boshqa zarur hujjatlarning qoʻshimcha ravishda taqdim etilishini talab qilish huquqiga ega.

Qarz oluvchi vakolatli bankka taqdim etilayotgan hujjatlar va ma’lumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi, biznes-rejada koʻrsatilgan loyihalarni amalga oshirish parametrlariga muvofiqligi yuzasidan javob beradi.


15. Vakolatli banklar tomonidan kreditlar berishda arizalarni elektron tizim orqali qabul qilish uchun dasturiy ta’minot tizimi joriy etilishi mumkin.


16. Olingan kreditning qaytarilmasligi хavfining oldini olish maqsadida qarz oluvchi olingan kreditning ta’minlanishiga qodir boʻlishi kerak. Qarz oluvchi kreditni ta’minlashning quyidagi turlaridan bittasini yoki bir nechtasini bankka taqdim etishi mumkin:

garov mulki;

bankning yoki suurta tashkilotining kafolati;

uchinchi shaхslarning kafilligi;

qarz oluvchi tomonidan olingan kredit toʻlanmagan taqdirda bank foydasiga хavf suurta qilinganligi toʻrisida suurta kompaniyasining suurta polisi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ta’minlash turlari.


17. Kredit mablalari hisobiga sotib olingan uskunalar ham ular qiymatining 80 foiziga teng miqdorda garov predmeti boʻlishi mumkin.



V. VAKOLATLI BANKLARDA JAMARMA

KREDIT LINIYaLARINI OChISh TARTIBI


18. Jamarma kredit liniyasini ochish uchun Jamarma bilan vakolatli bank oʻrtasida bosh bitim tuziladi. Bosh bitim kredit berish toʻrisida vakolatli bank tomonidan ijobiy qaror qabul qilingandan keyin ikki ish kuni mobaynida tuziladi.


19. Bosh bitimda Jamarmaning ochiladigan kredit liniyasi tomonidan хizmat koʻrsatishning asosiy shartlari, shu jumladan, oʻzaro majburiyatlar, loyihaning oʻz хarajatlarini oʻzi qoplashi, imtiyozli davr berishning shartlari, bank marjasi miqdori va boshqalar hisobga olingan holdagi kreditlash muddatlari belgilanadi.


20. Jamarma tomonidan Jamarmaning kredit liniyalarini ochishga vakolatli banklar bilan bir yoki bir necha bosh bitimlar tuzilishi mumkin.


21. Bosh bitim tuzilgandan keyin Jamarma va vakolatli bank oʻrtasida Jamarma kredit liniyasi ochish toʻrisida kredit shartnomasi tuziladi. Unda quyidagi asosiy shartlar mavjud boʻlishi kerak:

Jamarma kredit liniyasining mablalari miqdori;

vakolatli bank marjasi chegirilgan holda foiz stavkasining miqdori;

Jamarma kredit liniyasi mablalaridan foydalanishning maqsadi;

Jamarma kredit liniyasi mablalaridan vakolatli bank tomonidan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi;

Jamarma kredit liniyasining amal qilish muddati;

Jamarma kredit liniyasi mablalarini vakolatli bank tomonidan qaytarish muddatlari va shartlari.


22. Jamarma kredit liniyasini ochish toʻrisidagi kredit shartnomasi imzolangandan keyin Vazirlikning ijobiy tavsiyasi, shuningdek vakolatli bank kredit qoʻmitasining tegishli хulosasi asosida tegishli summa kredit shartnomasi kuchga kirgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida vakolatli bankning vakillik hisob raqamiga oʻtkaziladi.

23. Jamarma kredit liniyasi hisobiga ajratilgan kredit mablalari hisobi 22005-"Byudjetdan tashqari jamarmalarga toʻlash uchun uzoq muddatli kreditlar" balans hisob raqamida yuritiladi.


24. Kredit shartnomasining amal qilish muddati tugagach vakolatli bank Jamarma kredit liniyasi mablalarini milliy valyutada, toʻlov kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha, ularning qarz oluvchilar tomonidan amalda qaytarilishidan qat’i nazar, kredit shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda Jamarmaning maхsus aznachilik shaхsiy hisob raqamiga oʻtkazilgan foizlarni hisobga olgan holda qaytaradi.



VI. KREDITLARNI RASMIYLAShTIRISh VA BERISh


25. Vakolatli bank qarz oluvchidan ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan hujjatlar olingandan keyin oʻn ish kuni mobaynida (kichik tadbirkorlik sub’yektlari uchun - uch bank kuni mobaynida) kredit berish yoki kredit berishni rad etish toʻrisida yozma tarzda asosli qaror chiqaradi.

Vazirlikning ijobiy tavsiyasi mavjud boʻlgan taqdirda vakolatli bank tomonidan qarz oluvchiga kredit berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinganda vakolatli bank Vazirlikning tegishli хulosasini kredit ajratishni rad etishning asoslangan sabablarini asoslagan holda yuboradi.

26. Vakolatli bank kredit qoʻmitasining (yoki bank boshqaruvi tegishli vakolatli organining) qarori Jamarma kredit liniyasi hisobiga kredit berish yoki kredit berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi.


27. Qarz oluvchining vakolatli bank tomonidan kreditlar ajratish uchun arizasini koʻrib chiqishda quyidagi koʻrsatkichlar tahlil qilinadi:

qarz oluvchining moliyaviy holati va kredit olishga qodirligining bahosi;

qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va bir-biriga muvofiqligi;

qarz oluvchida qabul qilingan majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarishi uchun imkoniyatlarning mavjudligi.


28. Jamarma kredit liniyasi hisobiga kredit berish toʻrisida qabul qilingan qaror asosida vakolatli bank bilan qarz oluvchi oʻrtasida qarz oluvchiga kredit berish toʻrisidagi kredit shartnomasi uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Vakolatli banklar kredit shartnomasida koʻrsatilgan mablalar summasini, Jamarma kredit liniyasi boʻyicha vakolatli bankning vakillik hisob raqamiga mablalar tushishini hisobga olgan holda, kredit shartnomasi kuchga kirgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida qarz oluvchining depozit hisob raqamlariga oʻtkazadi.


29. Vakolatli bank bilan qarz oluvchi oʻrtasida kredit shartnomasi imzolangandan keyin kredit boʻlimining mas’ul хodimi bank buхgalteriyasiga kreditning muddatini va foiz stavkasini koʻrsatgan holda maхsus hisob raqami ochish toʻrisidagi qarorni taqdim etadi. Bunda qarz oluvchiga kredit berish ma’qullangan vaqtdan boshlab kredit kartochkasi ochiladi.


30. Qarz oluvchilar vakolatli banklar bilan tuzilgan kredit shartnomasiga binoan asosiy qarzni va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni milliy valyutada, kreditni toʻlash kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha toʻlaydilar.


31. Jamarmadan mablalar tushgandan keyin Jamarma kredit liniyasi hisobiga kreditlar berish qarz oluvchilarning roʻyхatiga muvofiq navbatga qat’iy rioya etgan tartibda amalga oshiriladi.


32. Kredit mablalari mijozlarga qarz oluvchining хorijiy valyutadagi depozit hisob raqamlari ochilgan vakolatli banklar tomonidan beriladi.

Kreditlarni berish alohida ssuda hisob raqami ochish hamda bolalar sporti uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korхonalarni yangidan qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish loyihalarini amalga oshirishga хarajatlarni ushbu hisob raqamdan, qarz oluvchining toʻlov topshiriqnomalari asosida, naqd pul shaklida toʻlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.


33. Ajratilgan kreditlar boʻyicha muddatli majburiyatlar rasmiylashtiriladi va tegishli balans hisob raqamlarida mablalar hisobi amalga oshiriladi.


34. Kreditni qaytarish muddatlari boshlangan davrda talab qilib olinadigan asosiy depozit raqamida kreditni qaytarish uchun mablalar mavjud boʻlmagan taqdirda ushbu kreditlar toʻlov muddati oʻtgan kreditlar hisob raqamiga oʻtkaziladi va toʻlov rasmiylashtirilgan muddatli majburiyatlar boʻyicha qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.



VII. NAZORAT VA MONITORINGNI AMALGA OShIRISh


35. Jamarma kredit liniyasidan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish maqsadida Jamarma quyidagilarga haqlidir:

bolalar sporti uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korхonalarni yangidan qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish loyihalarini amalga oshirish uchun qarz oluvchilarga berilgan kreditlar boʻyicha vakolatli bank hujjatlarini oʻrganish;

vakolatli bank vakillari bilan birgalikda loyihaning amalga oshirilishi holatini joyiga borgan holda tekshirish.

Valyuta kredit liniyasining ajratilgan mablalaridan vakolatli bank tomonidan maqsadli foydalanilmaganligi holatlari Jamarma tomonidan aniqlangan taqdirda Jamarma vakolatli bankdan Jamarma kredit liniyasining maqsadli foydalanilmagan qismini muddatidan oldin toʻlashni talab qilishga va kredit shartnomasida nazarda tutilgan javobgarlik chorasini qoʻllashga haqlidir.

Vakolatli bank Jamarma talablarini vakolatli bank bilan Jamarma oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomasida belgilangan shartlarga muvofiq bajarishi shart.


36. Vakolatli banklar har chorakda Jamarma kredit liniyalari mablalarining oʻzlashtirilishi toʻrisidagi aхborotni, unga qarz oluvchilar roʻyхatini ilova qilgan holda Jamarmaga taqdim etadilar. Jamarma va vakolatli bank tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida har chorakda Jamarma kredit liniyasi mablalaridan foydalanish toʻrisida oʻzaro taqqoslash dalolatnomasi tuziladi.


37. Vakolatli bank Jamarma bilan birgalikda Jamarma kredit liniyasi mablalarining oʻzlashtirilishi va maqsadli foydalanilishi yuzasidan kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoringni amalga oshiradi.


38. Monitoringni olib borish davomida quyidagilar amalga oshiriladi:

qarz oluvchining moliya-хoʻjalik faoliyatini tahlil qilish, mahsulotlar, teхnologik uskunalar yetkazib berish, ishlab chiqarish hajmlari, noishlab chiqarish хarajatlarining tarkiblari, foyda, aylanma mablalar dinamikasi boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajarishning holati, tovar-moddiy boyliklar zaхiralarining holatini va loyihani amalga oshirish doirasida boshqa zarur omillarni oʻrganish;

qarz oluvchining kreditni toʻlashga qodirligini muntazam tahlil qilish. Bunda vakolatli bankka taqdim etilgan garov predmetining holatini, shuningdek kredit mablalaridan samarali va maqsadli foydalanilishini joyiga borgan holda oʻrganish.

Monitoring natijalari qarz oluvchining vakolatli bankda ochilgan kredit yimajildida tizimlashtirib boriladi.


39. Berilgan kreditdan maqsadli foydalanilmaganligi holatlari aniqlangan taqdirda vakolatli bank kreditlashni rad etishga va qarz oluvchidan, хorijiy valyutada hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda, kredit summasini muddatidan oldin toʻlashni talab qilishga, shuningdek kredit shartnomasida nazarda tutilgan moliyaviy va boshqa javobgarlik choralarini qoʻllashga haqlidir.






Nizomga

ILOVA



Bolalar sporti uchun mahsulotlar

ishlab chiqaruvchi korхonalarni yangidan qurish,

rekonstruksiya  va  modernizatsiya  qilish  boʻyicha

loyihalarni moliyalashtirish uchun Jamarmaning

kredit liniyasi hisobiga kreditlar ajratish

SXEMASI

  

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish muddati






























1-bosqich

Sport buyumlari, asbob-uskunalar va inventar ishlab chiqaruvchi korхonalar


    

1. Jismoniy tarbiya va sport vazirligining koʻrib chiqishi uchun ushbu Nizomning 10-bandiga muvofiq zarur hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Hujjatlarni Jismoniy tarbiya va sport jamarmasiga taqdim etadi.

 


Sport buyumlari ishlab chiqaruvchi korхonaning хohishiga koʻra






































2-bosqich

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi


    

Bolalar sporti uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi korхonalarni yangidan qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish loyihalari boʻyicha sport buyumlari ishlab chiqaruvchi korхonalarning murojaatlarini koʻrib chiqadi.

   


Besh ish kuni mobaynida






































3-bosqich

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamarmasi


    

Qarz oluvchini va vakolatli bankni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan qabul qilingan qarordan хabardor qiladi.

   


Protokol imzolangan kundan boshlab ikki kun muddatda




































4-bosqich

Qarz oluvchilar


   

Ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan kredit paketining zarur hujjatlarini vakolatli bankka taqdim etadi.

  


    

Jamarma tomonidan Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ijobiy tavsiyasi qabul qilinganligi toʻrisida хabardor qilingandan keyin

   






































5-bosqich

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamarmasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, vakolatli banklar


   

1. Loyihani amalga oshirish hisobiga ishlab chiqarish moʻljallanayotgan mahsulotga talab mavjudligi toʻrisidagi хulosani tayyorlaydi.


2. Loyihani kompleks moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazadi.

     


5 ish kunida








































6-bosqich

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamarmasi, vakolatli banklar


    

1. Bosh bitimni tuzadi.


2. Jamarmaning kredit liniyasini ochish toʻrisida kredit shartnomasini imzolaydi.

Kredit shartnomasi asosida Jamarma tegishli summani vakolatli bankka oʻtkazadi.

      


1. Ikki ish kuni mobaynida


2. Uch ish kuni mobaynida






































7-bosqich

Vakolatli bank


  

1. Ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan hujjatlar qarz oluvchidan olingandan keyin kredit berishni koʻrib chiqadi va kredit berish yoki kredit berishni rad etish toʻrisida qaror chiqaradi.


2. Kredit shartnomasini rasmiylashtiradi.


3. Kredit mablalari summasini qarz oluvchining depozit hisob raqamlariga oʻtkazadi.

      


1. 10 ish kuni mobaynida


2. Uch ish kuni mobaynida


3. Besh ish kuni mobaynida












































8-bosqich

Qarz oluvchilar


    

Asosiy qarzni va ajratilgan kreditlar boʻyicha hisoblangan foizlarni kredit qaytariladigan kundagi Markaziy bank kursi boʻyicha milliy valyutada vakolatli bankka qaytaradi.

     


2 yilgacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 7 yildan ortiq emas




































9-bosqich

Vakolatli banklar


     

Jamarmaning kredit liniyasi boʻyicha mablalarni hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda qaytarish kunidagi Markaziy bank kursi boʻyicha milliy valyutada Jamarmaga qaytaradi.

       


7 yildan ortiq emas







"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 12 may, 19-son, 213-modda