Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.2014 y. 186-son "Davlat kadastri sohasida davlat хizmatlari narхlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.07.2014 y.

N 186



DAVLAT KADASTRI SOHASIDA DAVLAT

XIZMATLARI NARXLARINI BELGILAShDA

TABAQALAShTIRILGAN YoNDAShUV TARTIBINI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish bilan boliq tartibotlarni soddalashtirish va kadastr хizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan kiritilgan koʻchmas mulk ob’yektlarining davlat kadastri sohasida davlat хizmatlari narхlarini belgilash tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Belgilansinki, ilovada qayd etilgan koʻchmas mulk ob’yektlariga kadastr ishini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish davlat хizmatlari qiymatidan 10 foizi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining byudjetdan tashqari jamarmasiga oʻtkaziladi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 14 iyul, 28-son, 344-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 7-son, 71-modda