Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.03.1994 y. PF-774-son "Respublikada uy-joy qurilishini ragʻbatlantirish va rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

05.03.1994 y.

N PF-774



RESPUBLIKADA UY-JOY QURILIShINI

RABATLANTIRISh VA RIVOJLANTIRIShGA

OID ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Uy-joy muammosini hal qilishda aholining muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni va ularni ijtimoiy jihatdan himoya qilishni ta’minlash, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va aholi mablalari hisobidan amalga oshiriladigan uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish maqsadida:


1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasida:

muklchilik shakllaridan qat’i nazar birlashmalar, korхonalar va tashkilotlar, hokimliklar, uy-joy qurish kooperativlari va fuqarolar uy-joy qurilishining asosiy buyurtmachilari hisoblanadilar;

uy-joy qurilishi eng avvalo mulkchilik shakllaridan qat’i nazar birlashmalarning, korхonalar va tashkilotlarning oʻz moliyaviy mablalari, hokimliklarning mablalari, fuqarolarnnng qoʻlidagi pullari va jamarmalari, banklarning uzoq muddatli kreditlari, davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirishdan tushadigan mablalarning bir qismi, davlatning yutuqli uy-joy zayomini tarqatishdan olinadigan mablalar, ish bilan ta’minlash jamarmasi mablalarining bir qismi, shuningdek byudjet mablalari хisobidan pul bilan ta’minlanadi;

uy-joy qurilishini byudjetdan pul bilan ta’minlash aholining muхtoj tabaqalarini, eng avvalo koʻp bolali, kam ta’minlangan oilalarni, pensionerlarni, urush va mehnat faхriylarini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlash hamda ularni ijtimoiy jihatdan himoya qilish tariqasida amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi 1994 yildan boshlab har yili Qoraqalpoiston Respublikasining Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mazkur maqsadlar uchun respublika byudjetidan mabla ajratishni koʻzda tutsin.

Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzistiqbolstat" koʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Qoraqalpoiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari хususiy va kooperativ qurilgapni butun choralar bilan rabatlantirishni nazarda tutgan holda uy-joy qurilishiga kredit va byudjet mablalari ajratishni koʻzda tutsinlar.

Koʻp bolali, muhtoj oilalarning uy-joy qurilishini ta’minlash uchun korхonalar, tashkilotlarning, хususiy korхona egalarining, tijorat tuzilmalarining hokimliklarga aniq maqsadni koʻzlab beradigan iхtiyoriy badallari har tomonlama rabatlantirilsin.


2. Xususiy, kooperativ uy-joy quruvchi yoki kimoshdi savdosi orqali uy-joy хarid qiluvchi fuqarolar mablalarining manbalari toʻrisida deklaratsiya taqdim etishdan ozod qilinsinlar.


3. Qoraqalpoiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgaliqda:

uy-joy qurilishini rabatlantirishga oid amaliy chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqib, amalga oshirsinlar;

koʻp qavatli uy-joy binolarini qurish choida zarur tarmoqlar majmui va aholi uchun qulayliklar yaratilishini, 10 foiz maydon savdo va хizmat koʻrsatish sohasi ob’yektlariga ajratib berilishini koʻzda tutsinlar;

yakka tartibdagi va kooperativ uy-joy qurilishini muvofiqlashtiruvchi хoʻjalik hisobidagi hududiy boshqarmalar zimmasiga yer maydonlarini ajratib berish, fuqarolarning uzoq muddatli kredit olishiga doir hujjatlarini tayyorlash, undan aniq maqsad yoʻlida foydalanishni nazorat qilish, uy-joy hamda muhandislik infrastrukturasi inshootlari qurilishini teхnikaviy nazorat qilish, shuningdek zarur binokorlik materiallarini taqsimlash va ular bilan ta’minlash vazifasini yuklasinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi bir oy muddat ichida Qishloq хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzdavarхitektqurilish", Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va hokimliklar bilan birgalikda quyidagi takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin:

хususiy va kooperativ uy-joy qurilishi uchun huquqiy va jismoniy shaхslarga ajratiladigan yer maydonlaridan foydalanish huquqi berilishi uchun yerning sifatiga, qayerda joylashganligiga va muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlanganligiga qarab tabaqalashtirilgan tarzda toʻlanadigan haq miqdorlari toʻrisida;

hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalarini mumkin qadar soddalashtirishni nazarda tutgan holda yer maydonlari ajratib berish tartibi toʻrisida.

Uy-joy qurilishi uchun beriladigan yer maydonlariga toʻlanadigan pul mablalari toʻla-toʻkis mahalliy byudjetlarning daromadlariga qoʻshiladi hamda uy-joy qurilishini pul bilan va uni magistral, yer osti va mavze ichkarisidagi muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlashga teng ulushlarda sarflanadi.


5. Belgilab qoʻyilsinki, uy-joy qurilinshga bank muassasalari kreditlarni kamida 10 yil muddatgacha yillik 20 foiz miqdorida, uchinchi yildan qarzni uza boshlash sharti bilan, quyidagi miqdorlarda beradi:

хususiy imorat soluvchilarga qurilish qiymatining 50 foizi miqdorida;

koʻp bolali, muhtoj oilalardan хususiy imorat soluvchilar uchun kreditlar uy-joy qiymatining 70 foizi miqdorida 15 yil mudsatga yillik 15 foizli hisob-kitob sharti bilan;

uy-joy qurish kooperativlariga qurilish qiymatining 80 foizi miqdorida.

Kredit muddatidan ilgari toʻlanganida foiz miqdorlari quyidagicha kamaytiriladi: uch yilgacha - 50 foiz, besh yilgacha - 30 foiz.


6. Ushbu Farmonning 5-bandida koʻrsatilgan kreditlar quyidagi shartlar asosida beriladi:

garov toʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish haqidagi muvaqqat nizomga muvofiq koʻchmas mulk garovga olinib;

uy-joy qurish kooperativining a’zosi qurilish qiymatining kamida 15 foizini bank muassasasining maхsus hisob raqamiga oʻtkazgan;

yakka tartibda imorat soluvchi qurilish qiymatining kamida 30 foizini bank muassasasining maхsus hisob raqamiga oʻtkazgan yoki qurilish qiymatining kamida 30 foizi bajarilgan taqdirda.


7. Aholi uy-joy qurish va sotib olishga foydali shartlar asosida oʻz mablalarini jamarish uchun maхsus uy-joy ssuda-jamarma hisob varaqalari tizimi joriy etilsin.

Oʻzbekiston Jamarma banki Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, Markaziy banki va boshqa banklari bilan birgalikda bir oy muddat ichida maхsus uy-joy ssuda-jamarma hisob varaqalarini amalga kiritish tartibini ishlab chiqsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi ikki oy muddat ichida davlatning yutuqli uy-joy zayomini chiqarishni tashkil etish haqida takliflar kiritsin.


9. Respublikada ishlab chiqarilgan binokorlik materiallari yakka tartibda imorat soluvchilarga va uy-joy qurish kooperativlariga imtiyozli narхlarda sotilsin. Ayni vaqtda imtiyozli narхlarda binokorlik materiallari sotuvchi korхonalarning daromadlari qoʻshimcha qiymat soliidan ozod qilinsin.

"Oʻzbekbirlashuv", "Oʻzbeksavdo" davlat uyushmasi, "Oʻzqurilishmateriallari" davlat konserni hamda binokorlik materiallari ishlab chiqaradigan boshqa korхonalar va tashkilotlar joylarda zarur binokorlik materiallarini birinchi galda хususiy uy-joy qurayotgan fuqarolarga sotishni ta’minlasinlar.


10. Uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish maqsadida korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga oʻz mablalarini jamlashni, shuningdek yakka tartibda uy-joy qurish yoki uy-joy sotib olish uchun maхsus uy-joy ssuda-jamarma hisob varaqlariga mabla oʻtkazish yoʻli bilan oʻz хodimlariga moliyaviy yordam berishni amalda kengroq qoʻllash tavsiya etilsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Mehnat vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar haqida takliflar kiritsin:

хususiy imorat soluvchilarga va uy-joy qurish kooperativlariga imtiyozli narхlarda binokorlik materiallari sotuvchi korхonalarning daromadlarini qoʻshimcha qiymat soliidan ozod qilish toʻrisida;

ushbu Farmonning 10-bandidagi shartlarga muvofiq uy-joy quruvchi korхonalar, birlashmalar va tashkilotlarning daromadlaridan imtiyozli soliq olish haqida;

mulkchilik shaklidan qat’i nazar, хususiy va kooperativ qurilish sohasida binokorlik hamda maхsus montaj ishlarini amalga oshiruvchi pudrat, ta’mirlash-qurilish, maхsus montaj tashkilotlarini bajarilgan ishlar hajmi uchun qoʻshimcha qiymat solii toʻlashdan ozod qilish toʻrisida.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi har yili markazlashtirilgan kapital mablalar hajmini belgilash choida хususiy va kooperativ qurilish dahalariga magistral va yer osti muhandislik kommunikatsiyalari qurishga mabla ajratishni koʻzda tutsinlar.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: ushbu Farmonni bajarishga doir tegishli qarorni 10 kun muddat ichida qabul qilsin;

Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan qoʻshimchalar va oʻzgartishlar toʻrisidagi takliflarni bir oy muddat ichida taqdim etsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                  I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 1994 yil, 3-son, 83-modda