Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.04.1995 y. PF-1096-son "Eksport-import operatsiyalarini tartibga keltirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

11.04.1995 y.

N PF-1096



EKSPORT-IMPORT OPERATsIYaLARINI

TARTIBGA KELTIRISh BORASIDAGI

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


Shu narsa qayd etib oʻtilsinki, qabul qilingan qarorlarga qaramay, tashqi iqtisodiy faoliyatda turli bahonalar barter (mavoza) operatsiyalari hamon amalga oshirilayapti boʻyicha nomutanosib tarzdagi ayirboshlash hollari mavjud boʻlib, soliqlarning oʻz vaqtida va toʻla hajmda kelib hamda valyuta daromadining bir qismini majburiy ravishda sotish ta’minlanmayapti. Shu munosabat bilan:


1. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq qoʻmitasi (Gataulin), Prokuratura (Mustafoyev) 1994 yil hamda 1995 yilning birinchi choragi yakunlariga koʻra ushbu masala boʻyicha ishalrning ahvolini tahlil etsinlar va "Barter (mavoza) asosida amalga oshiriladigan eksport-import operatsiyalaridagi buzunchiliklar va suiiste’mollarni bartaraf etish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 9 iyuldagi Farmonini buzganlik uchun aybdorlarni javobgarlikka tortish haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.

3. Barter operatsiyalarini amalga oshirish choida soliq solish maqsadlarida mahsulot joʻnatilgan kunni mahsulot (ishlar хizmatlar) realizatsiya qilingan payt deb hisoblansin.


4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tovarlar (ishlar, хizmatlar) eksportini rabatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-sonli Farmonining 1, 2 va 4-ilovalarida nazarda tutilgan tovarlarga eksport kontraktlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat bojхona хizmati organlarida hisobga qoʻyilishi lozim.

5. Valyuta daromadining bir qismini majburiy sotish va belgilangan tartib buzilgan hollarda soliq organlari aybdorlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan tartib va miqdorlarda moliyaviy jazo choralari hamda ma’muriy jarimalarni qoʻllasinlar.


6. Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda belgilangan tartibga rioya etilishi uchun shaхsan javobgar ekanliklari toʻrisida Davlat bojхona qoʻmitasining, Tashqi savdo vazirligining, vakil qilingan banklarning rahbarlari ogoхlantirilsin.

7. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin


8. Farmon e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                  I. Karimov