Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 30.11.2002 y. 26/14-son "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buхgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida"gi nizomni tasdiqlash haqida Qarori (AV tomonidan 22.01.2003 y. 1204-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

22.01.2003 y.

N 1204




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

30.11.2002 y.

N 26/14


QARORI



"Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan

tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari

hamda bosh buхgalterlari lavozimlariga tavsiya

etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka

talablari qoʻyish tartibi toʻrisida"gi

nizomni tasdiqlash haqida


(2003 yil 1 fevraldan kuchga kiradi)


"Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buхgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻrisida"gi Nizom loyihasini koʻrib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buхgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻrisida"gi Nizom tasdiqlansin.


2. Tijorat banklari rahbar хodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasi (M.M. Azmetov), Bank tizimida metodologiya ishlarini muvofiqlashtirish departamenti (X. Nurmuratov) bilan birgalikda ushbu Nizomni oʻrnatilgan tartibda Adliya vazirligida Davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlasin.


3. Ushbu Qaror Adliya vazirligida Davlat roʻyхatiga olingandan soʻng, 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.


4. Mazkur qaror kuchga kiritilishi munosabati bilan, Markaziy bank Boshqaruvining 2000 yil 29 iyuldagi 14/9-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Rais oʻrinbosari A.V. Akmalov zimmasiga yuklatilsin.



Markaziy bank Raisi                                                   F.M. Mullajonov