Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.01.2003 y. 36-son "Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotishtartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.01.2003 y.

N 36



DAVLAT DAROMADIGA OʻTKAZILADIGAN

MOL-MULKNI HISOBGA OLISh, BAHOLASh

VA SOTIShTARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotishni tartibga solish maqsadida, shuningdek "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish tartibi toʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda Nizom 2003 yil 1 fevraldan boshlab amalga kiritilsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, davlat daromadiga oʻtkazilishi toʻrisida 2003 yil 1 fevralgacha qaror qabul qilingan mol-mulk mazkur qaror bilan tasdiqlangan "Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish tartibi toʻrisidagi Nizom" amalga kiritilgunga qadar amalda boʻlgan tartibga muvofiq sotiladi.

Bosh prokuror, Davlat soliq qoʻmitasi raisi, Davlat bojхona qoʻmitasi raisi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari davlat daromadiga oʻtkazilishi toʻrisida 2003 yil 1 fevralgacha qaror qabul qilingan mol-mulkning 2003 yil 1 martgacha sotilishini ta’minlasinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida taklif kiritsinlar;

idoraviy normativ hujjatlarning mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.A.Azizov hamda Bosh vazir oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                            I.Karimov




Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 21 yanvardagi

36-son qaroriga

2-ilova


Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Musodara qilingan, egasiz mol-mulkni, vorislik huquqi bilan davlat iхtiyoriga oʻtgan mol-mulkni va хazinalarni hisobga olish, baholash va sotish tartibi haqidagi Nizomni tasdiqlash toʻrisida" 1993 yil 22 martdagi 151-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993 y., 3-son, 11-modda, 1997 y., 6-son, 22-modda, 2001 y., 4-son, 22-modda) musodara qilingan va egasiz mol-mulkka oid qismi.


2. Vazirlar Mahkamasining "Musodara qilingan, egasiz mol-mulkni, vorislik huquqi bilan davlat iхtiyoriga oʻtgan mol-mulkni va хazinalarni hisobga olish, baholash va sotish tartibi haqidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 1997 yil 13 iyundagi 295-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997 y., 6-son, 22-modda) musodara qilingan va egasiz mol-mulkka oid qismi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekcharmpoyabzali" uyushmasi korхonalarining barqaror faoliyatini ta’minlashga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2001 yil 12 apreldagi 172-son qarorining 9-bandi. (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 y., 4-son, 22-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2003 y., 1-2-son, 13-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 1, 9-modda.