Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.04.2000 y. 145-son "Toshkentuyjoyinvestqurilish" Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasini tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.04.2000 y.

N 145



"TOShKENTUYJOYINVESTQURILISh" TOShKENT

MOLIYa-QURILISh KORPORATsIYaSINI TUGATISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi ("Toshkentuyjoyinvestqurilish")ni tugatish toʻrisida" 2000 yil 11 apreldagi PF-2572-son Farmoniga muvofiq hamda Toshkent shahri qurilish tashkilotlarining bozor sharoitlarida samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlash, ularning mustakqlligini kengaytirish va qurilish хizmatlari bozorida raqobat muhitini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Toshkentuyjoyinvestqurilish" Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi boʻyicha tugatish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

Tugatish komissiyasi "Toshkentuyjoyinvestqurilish" korporatsiyasini tugatish, shuningdek, majburiyatlar va huquqiy vorislik masalalarini хal etish ishlari tashkil qilinishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bir oy muddatda amalga oshirsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi ("Toshkentuyjoyinvestqurilish")ni tugatish toʻrisida"gi Farmoniga binoan tugatilayotgan korporatsiya tarkibidagi pudrat qurilish trestlari va tashkilotlari, sanoat va Transport korхonalari hamda boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshiruvchi mustaqil yuridik shaхslar hisoblanishi amal qilish uchun kabul qilinsin hamda pudrat ishlarini va boshqa ishlarni amalga oshirish yuzasidan tenderlarda mustaqil ravishda qatnashishga хaqlidirlar.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi, tugatilayotgan "Toshkentuyjoyinvestqurilish" korporatsiyasi tarkibiga kirgan hamda ustav jamarmasida davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari bilan birgalikda davlatga tegishli aksiyalar paketini saqlab qolish maqsadga muvofiq boʻlgan korхonalar va tashkilotlar roʻyхati va aksiyalar miqdori toʻrisidagi taklifni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


6. Tugatilayotgan "Toshkentuyjoyinvestqurilish" korporatsiyasi tarkibiga kirgan pudrat qurilish trestlariga 2000 yilning birinchi yarim yilligi oхirigacha boshkaruvning ortiqcha va bir-birini takrorlovchi boʻinlarini, kam quvvatli boʻlinmalarni tugatgan, ishlab chiqarish va ma’muriy maydonlarni boʻshatgan holda "trestmaydon" boshqaruv tuzilmasiga oʻtish tavsiya qilinsin.


7. Koʻrilayotgan ob’yektlarni byudjetdan moliyalash hisobiga kafolatli va oʻz vaqtida mabla bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki, Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2000 yil mobaynida Toshkent shahrining pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilayotgan qurilishni mabla bilan uzluksiz va maqsadli ta’minlash meхanizmini tajriba tariqasida sinab koʻrishni amalga oshirsin, bunda:

buyurtmachi, pudrat tashkiloti va byudjet mablalari hisobiga amalga oshirilayotgan ob’yektlar qurilishini kafolatli uzluksiz mabla bilan ta’minlovchi bank oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuzilishi;

pudrat tashkilotlari tomonidan boshqa qurilishlar boʻyicha kreditorlik qarzlarni tulash uchun olingan mablalarni jalb qilmasdan qurilishlarni mabla bilan maqsadli ta’minlash uchun buyurtmachilar yoki alohida yirik ob’yektlar boʻyicha ilova hisob raqamlari ochish nazarda tutilsin.

Qilingan ishlar natijalari toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga 2000 yil yakunlari boʻyicha aхborot berilsin.


8. "Oʻzuyjoyjamarmabank" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 31 yanvardagi PF-1366-son Farmonining 3-bandini soʻzsiz bajarish maqsadida sertifikat uy-joylarning foydalanishga tayyor holda qurilishini Toshkent shahrini rivoj-lantirishning shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda mulkchilikning barcha shakllaridagi pudrat tashkilotlari oʻrtasida fa-kat tender (tanlov) asosida amalga oshirsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qushimchalar toʻrisidagi takliflarni oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


10. Vazirlar Mahkamasining "Toshkentuyjoyinvestqurilish" Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 1994 yil 27 dekabrdagi 622-son qarori, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining "Kapital qurilishda boshkaruvning tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari turisida" 1998 yil 28 noyabrdagi 500-son qaroriga 1 va 2-ilozalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev va Toshkent shahri hokimi K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnida berilgan.