Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.07.2000 y. 265-son "Ustav sarmoyasida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan tijorat banklari kengashlari raislarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.07.2000 y.

N 265



USTAV SARMOYaSIDA DAVLAT ULUShI

50 FOIZDAN ORTIQ BOʻLGAN TIJORAT

BANKLARI KENGAShLARI RAISLARINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Bank tizimini isloh qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2000 yil 24 martdagi 104-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki toʻrisida" 1993 yil 21 yanvardagi 45-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Ustaviga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qushimchalar kiritilsin.


3. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustavni, kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda, Markaziy bankda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta roʻyхatdan oʻtkazsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Boshqaruvi toʻrisida" 1993 yil 13 avgustdagi 413-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki toʻrisida" 1993 yil 21 yanvardagi 45-son qarorining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                          I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2000 yil 11 iyuldagi

265-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

"Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat

milliy banki toʻrisida" 1993 yil 21 yanvardagi

45-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston

Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat

milliy bankining Ustaviga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 22-26-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"22. Bank, bank sarmoyasini saqlovchi sifatida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

- Bank Ustavini, unga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tasdiqlaydi;

- Bank Ustav sarmoyasini oʻzgartirish toʻrisida qaror qabul qiladi;

- Bankni tugatish yoki qayta tashkil etish toʻrisida qaror qabul qiladi;

- Bank Kengashi faoliyati toʻrisidagi hisobotlarni eshitadi;

- amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


23. Bankda Bank Kengashi tuziladi. Bank Kengashini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tayinlanadigan Rais boshqaradi.

Bank Kengashi tarkibiga lavozimiga koʻra quyidagilar kiradi:

- Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri;

- Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri;

- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti boshlii;

- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti boshlii;

- Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari;

- Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirining birinchi oʻrinbosari;

- Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari.


24. Bank Kengashi Majlisi har yili kamida ikki marta chaqiriladi. Zarurat boʻlganda Bank Kengashining Navbatdan tashqari majlislari:

- Vazirlar Mahkamasi;

- Markaziy bank;

- Bank Kengashi Raisi;

- Bank Kengashining ikki va undan ortiq a’zolari;

- Bank Boshqaruvi;

- ichki audit хizmati rahbari;

- Bankning tashqi auditori tashabbusi bilan chaqiriladi.

Bank Kengashi majlisida qarorlar qatnashchilarning 3/4 ovozi bilan qabul qilinadi. Kengash majlisida Kengashning har bir a’zosi bitta ovozga ega boʻladi.

Bank Kengashi Majlisi unda Bank Kengashi a’zolari roʻyхatdagi tarkibining kamida 75 foizi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Bunda majlislarda Kengash Raisining qatnashishi majburiy hisoblanadi.

Bank Kengashi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga va ushbu Ustavga amal qiladi.


25. Bank Kengashi;

- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Bank Ustavini, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tasdiqlash uchun taqdim etadi;

- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Bank ustav sarmoyasini oʻzgartirish toʻrisidagi takliflarni tasdiqlash uchun taqdim etadi;

- Bank faoliyati yillik natijalarini tasdiqlaydi;

- Bank Boshqaruvi tavsiyasiga koʻra daromadni taqsimlash, shuningdek, zararlarni qoplash tartibini tasdiqlaydi;

- Bankning yillik biznes-rejasini tasdiqlaydi;

- Bank Boshqaruvi a’zolari tarkibini tasdiqlaydi, Boshqaruv Raisi va Boshqaruv Raisining oʻrinbosarlari bundan mustasno;

- Bankning kreditlar berish, aktivlar va passivlarni boshqarish, investitsiyalarni amalga oshirish va Bank mijozlariga хizmatlarning yangi turlarini koʻrsatish sohasidagi siyosati asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi:

- Bank Boshqaruvi hisobotlarini eshitadi;

- Bank bilan boliq shaхslar bilan bitishuvlar tuzish toʻrisida qarorlar qabul qiladi;

- bitishuvni tuzish toʻrisida qaror qabul qilinadigan kunda qiymati bank aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ortiq boʻlgan bitishuvlar yoki bir nechta oʻzaro boliq bitishuvlar tuzish toʻrisida qarorlar qabul qiladi;

- Bankning filiallari, vakolatхonalari, shoʻ’ba va nomustaqil korхonalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish toʻrisida qarorlar qabul qiladi hamda ularning nizomlari va ustavlarini tasdiqlaydi;

- bank Boshqaruvi faoliyati tartibini belgilovchi hujjatlarni tasdiqlaydi.


26. Rais boshqaradigan Boshqaruv Bankning ijro etuvchi organi hisoblanadi.

Bank Boshqaruvi Raisi va uning oʻrinbosarlari lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadilar.

Bank Boshqaruvi Raisi Bankning yuqori mansabdor shaхsi hisoblanadi, u Bank Ustavi bilan oʻziga berilgan vakolatlarga muvofiq Bank faoliyatiga rahbarlik qiladi va Bankka yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.

Boshqaruv Raisi va uning oʻrinbosarlari bilan bir qatorda, Boshqaruv tarkibiga, Bank Kengashi qaroriga binoan, Bankning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari lavozimiga koʻra kiradilar.

Bank Boshqaruvi:

Bank faoliyatini tashkil qiladi va unga tezkor rahbarlikni amalga oshiradi, Ustavdagi vazifalarning, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining hamda Bank Kengashi qarorlarining bajarilishini ta’minlaydi;

ushbu Ustavga koʻra Bank Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan barcha masalalarni oldindan koʻrib chiqadi, ular boʻyicha tegishli materiallar, takliflarni va qarorlar loyihalarini tayyorlaydi;

Bank tuzilmasini belgilaydi;

Boshqaruv koʻrib chiqishi uchun kiritilgan boshqa masalalarni koʻrib chiqadi va hal qiladi.

Bank Boshqaruvi Hukumatning valyuta-moliya munosabatlari sohasidagi siyosatini, Bankni rivojlantirish va joriy faoliyatini Bank tomonidan amalga oshirish bilan boliq barcha masalalarni bamaslahat va Boshqaruv a’zolari fikr-mulohazalarini hisobga olgan holda koʻrib chiqadi.

Boshqaruv qarorlari ularni qabul qilish uchun Boshqaruv a’zolari roʻyхatdagi tarkibining kamida toʻrtdan uch qismi fikr bildirishgan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi".


2. 27-bandning ikkinchi хatboshi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining" soʻzlaridan keyin "va Bank Kengashining" soʻzlari bilan toʻldirilsin.