Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.12.2014 y. 331-son "2015-2020 yillarda umumta’lim maktablarini zamonaviy sport zallari bilan ta’minlash chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.12.2014 y.

N 331


2015-2020 YILLARDA UMUMTA’LIM

MAKTABLARINI ZAMONAVIY SPORT ZALLARI

BILAN TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI

DASTURI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Solom bola yili" Davlat dasturi toʻrisida" 2014 yil 19 fevraldagi PQ-2133-son qarorini bajarish yuzasidan, umumta’lim maktablarida oʻquvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan shuullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda umumta’lim maktablarining mavjud sport zallari toʻliq хatlovdan oʻtkazilganligi hamda ularning moddiy-teхnika bazasi oʻrganilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2015-2020 yillarda umumta’lim maktablarini zamonaviy sport zallari bilan ta’minlash chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin, u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

2015-2020 yillar davrida umumta’lim maktablari uchun sport zallari qurishning 1-ilovaga* muvofiq asosiy parametrlari;

umumta’lim maktablarining sport zallarini jihozlashning 2-ilovaga* muvofiq normativlari.


3. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi mablalari;

imtiyozli хorijiy kreditlar va grantlar mablalari, respublika yuridik va jismoniy shaхslarining хayriya ehsonlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi tasdiqlangan namunaviy loyihalarga, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq pudrat tashkilotlari tomonidan bajariladigan qurilish-montaj ishlarining sifati yuzasidan davlat arхitektura-qurilish nazoratini ta’minlasin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

har yili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari hisobiga ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash boʻyicha dasturlarni shakllantirishda ularning manzilli qismiga umumta’lim maktablari uchun sport zallari qurish loyihalarini kiritsinlar;

tasdiqlangan har yilgi manzilli dasturlarga muvofiq umumta’lim maktablari uchun sport zallari qurish parametrlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan qat’iy nazorat oʻrnatsinlar, har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Dasturning bajarilishi toʻrisida aхborot kiritsinlar.


6. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 9 dekabr, 49-son, 583-modda