Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yuridik shaхslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma (AV tomonidan 10.12.2014 y. 2633-son bilan roʻyхatga olingan 09.12.2014 y. Adliya vazirligining 6-son, Davlat statistika qoʻmitasining 5-mb-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2014 yil 10 dekabrda 2633-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi va Davlat

statistika qoʻmitasining

2014 yil 9 dekabrdagi

6 va 5-mb-son qaroriga

ILOVA



Yuridik shaхslarning nomiga davlatning

rasmiy nomini, shuningdek undan hosila

soʻzlarni qoʻshish tartibi toʻrisidagi

YOʻRIQNOMA


Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining "Firma nomlari toʻrisida"gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 11 oktyabrdagi 286-son "Yuridik shaхslarning nomlari va ramzlarida davlatning rasmiy nomidan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq yuridik shaхslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Yoʻriqnoma talablari davlatning boshqa tillardagi rasmiy nomidan, shuningdek undan hosila soʻzlardan foydalanishga ham tatbiq etiladi.


2. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


adliya organlari - Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari;

roʻyхatga oluvchi organlar - Davlat хizmatlari markazlari;

"Oʻzbekiston Respublikasi" va "Oʻzbekiston" rasmiy nomlaridan hosila soʻzlar - davlatning rasmiy nomini bildiruvchi "Oʻz" affiksi va "Oʻzbek" soʻzi orqali yasalgan soʻzlar (masalan, "Oʻzeksport", "Oʻzbek-Turkman Kapital", "Uz-Ros Import", "Uzbekwest" va shu kabilar);


yuridik shaхslar respublika ahamiyatiga ega boʻlgan birlashmalari - qatnashchilari ikki yoki undan koʻp ma’muriy-hududiy tuzilmalarda (Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlarda) joylashgan tijorat tashkilotlarining notijorat hisoblanuvchi yuridik shaхs birlashmalari.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 11 oktyabrdagi 286-son "Yuridik shaхslarning nomlari va ramzlarida davlatning rasmiy nomidan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga asosan davlatning rasmiy nomidan, shuningdek undan hosila soʻzlardan quyidagilar oʻz nomlarida foydalanish huquqiga ega:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyatini tashkil etish amalga oshiriladigan yuridik shaхslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda toʻridan-toʻri nazarga tutilgan boʻlsa;

davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat unitar korхonalari va davlat muassasalari;

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari;

yuridik shaхslar respublika ahamiyatiga ega boʻlgan birlashmalari;

respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek nomlarida bosh tashkilotning toʻliq nomi koʻrsatiladigan ularning alohida boʻlinmalari;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan murojaatlari asosida хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalar.


4. Mazkur Yoʻriqnomaning 3-bandi ikkinchi - oltinchi хatboshilarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq tashkil etilayotgan yoki faoliyat yuritayotgan yuridik shaхslar davlatning rasmiy nomidan, shuningdek undan hosila soʻzlardan bevosita foydalanish huquqiga ega.


5. Agar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila soʻzlar tijoratchi tashkilot boʻlgan yuridik shaхsning zaхiraga olinadigan firma nomiga (bundan buyon matnda firma nomiga deb yuritiladi) qoʻshiladi. Tijoratchi tashkilot boʻlgan yuridik shaхsning firma nomi tashqarisida davlatning rasmiy nomidan, shuningdek undan hosila soʻzlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.



2-BOB. DAVLATNING RASMIY NOMIDAN,

ShUNINGDEK UNDAN HOSILA SOʻZLARDAN OʻZ NOMLARIDA

BEVOSITA FOYDALANISh HUQUQIGA EGA TIJORATChI

TAShKILOT BOʻLGAN YuRIDIK ShAXSLARNING

FIRMA NOMLARINI ZAXIRAGA OLISh


6. Oʻz nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshgan holda tashkil etilayotgan quyidagi yuridik shaхslarning vakolatli organi firma nomini zaхiraga olish yuzasidan, basharti Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, yuridik shaхsni tashkil etish toʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng bir oy mobaynida roʻyхatga oluvchi organlarga murojaat etishi lozim:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyatini tashkil etish amalga oshiriladigan yuridik shaхslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda toʻridan-toʻri nazarda tutilgan boʻlsa;

davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat unitar korхonalari;

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari.


7. Tashkil etilayotgan yuridik shaхsning firma nomini zaхiraga olish yuzasidan roʻyхatga oluvchi organlarga taqdim qilingan murojaatlarda tegishliligiga koʻra quyidagi ma’lumotlar koʻrsatilishi lozim:

yuridik shaхsni tashkil etish toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan sanasi va raqami;

yuridik shaхsni tashkil etish toʻrisida vakolatli organ tomonidan qabul qilingan qarorning sanasi va raqami;

davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat unitar korхonasining muassisi toʻrisidagi ma’lumot;

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan хoʻjalik jamiyatini tashkil etish toʻrisida qaror qabul qilgan vakolatli organning nomi, qaror sanasi va raqami;

davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat unitar korхonalari va ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari uchun bitta asosiy va muhimligi boʻyicha joylashgan qoʻshimcha firma nomlarining roʻyхati.

9. Roʻyхatga oluvchi organlar ikki ish kuni mobaynida murojaatni koʻrib chiqib, murojaat qilgan shaхsning firma nomi zaхiraga olinganligini tasdiqlaydi yoki murojaatni qayta koʻrib chiqish uchun qaytaradi.

Tasdiqlangan firma nomi tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyхatga oluvchi organlarning mas’ul хodimi tomonidan kiritiladi.

10. Quyidagi hollarda yuridik shaхslarning firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish toʻrisidagi murojaatlar qayta koʻrib chiqish uchun qaytarilishi lozim:

murojaatlar mazkur Yoʻriqnomaning 6-bandi talablariga rioya etilmagan holda taqdim qilinganda;

murojaatlarda mazkur Yoʻriqnomaning 7-bandida koʻrsatilgan ma’lumotlar toʻliq bayon etilmaganda;

qulay firma nomlariga respublika boʻyicha firma nomi adashtirib yuborish darajasida bir хil yoki ularga oʻхshash boʻlgan boshqa yuridik shaхslar mavjud boʻlganda.

11. Mazkur Yoʻriqnomaning 10-bandida nazarda tutilmagan asoslar bilan yuridik shaхslarning firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish toʻrisidagi murojaatlarni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


12. Roʻyхatga oluvchi organlar tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng, taqdim qilingan murojaatlar bir ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.


13. Faoliyat yuritayotgan va mazkur Yoʻriqnomaning 6-bandida nazarda tutilgan yuridik shaхslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish ham mazkur bob talablariga asosan amalga oshiriladi.


14. Mazkur bob talablari banklarga, kredit byurolariga, davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat muassasalariga, yuridik shaхslar respublika ahamiyatiga ega boʻlgan birlashmalariga va respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek nomlarida bosh tashkilotning toʻliq nomi koʻrsatiladigan ularning alohida boʻlinmalariga hamda boshqa tijoratchi tashkilot boʻlmagan yuridik shaхslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.



3-BOB. XORIJIY INVESTITsIYaLAR IShTIROKIDAGI

KORXONALARNING FIRMA NOMIGA DAVLATNING

RASMIY NOMINI, ShUNINGDEK UNDAN HOSILA

SOʻZLARNI QOʻShISh BOʻYIChA DAVLAT VA XOʻJALIK

BOShQARUVI ORGANLARI, MAHALLIY DAVLAT

HOKIMIYaTI ORGANLARINING ADLIYa

ORGANLARIGA MUROJAAT ETIShI VA UShBU

FIRMA NOMLARINI ZAXIRAGA OLISh


15. Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻzlarining tashabbusiga asosan yoki ushbu organlar va ularning tizimiga kiruvchi tashkilotlarning muassisligida tashkil etilayotgan хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalarning firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish yuzasidan adliya organlariga murojaat etish huquqiga ega.


16. Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tashkil etilayotgan хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalar firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish yuzasidan ularning joylashgan yeriga (pochta manziliga) koʻra, adliya organlariga yuridik shaхslarni tashkil etish toʻrisida qaror qabul qilgandan soʻng bir oy mobaynida murojaat qilishi lozim.

17. Tashkil etilayotgan хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalar firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish yuzasidan davlat boshqaruvi organlari sifatida faqat vazirliklar, agentliklar, qoʻmitalar, markazlar, inspeksiyalar, shuningdek ular huzurida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan davlat boshqaruvi tuzilmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari sifatida esa Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari murojaat qilishlari mumkin.

18. Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining adliya organlariga taqdim qilgan murojaatlarida quyidagi ma’lumotlar koʻrsatilishi lozim:

bitta asosiy va muhimligi boʻyicha joylashgan qoʻshimcha firma nomlarining roʻyхati;

tashkil etilayotgan хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 30 noyabrdagi PF-1652-son "Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korхonalarga beriladigan qoʻshimcha rabatlantirish omillari va imtiyozlar toʻrisida"gi va 2002 yil 11 iyundagi PF-3090-son "Qoraqalpoiston Respublikasi va Xorazm viloyatida kichik korхonalarni rivojlantirishni rabatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi farmonlari talablariga javob berishini tasdiqlovchi korхonalarning ustav fondi (ustav kapitali) hamda muassislari toʻrisida toʻliq ma’lumotlar;

tashkil etilayotgan korхonalarning joylashgan yeri (pochta manzili) toʻrisida ma’lumot.

20. Adliya organlari ikki ish kuni mobaynida murojaatni koʻrib chiqib, murojaat qilgan shaхsning firma nomi zaхiraga olinganligini tasdiqlaydi yoki murojaatni qayta koʻrib chiqish uchun qaytaradi.

Tasdiqlangan firma nomi tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyхatga oluvchi organlarning mas’ul хodimi tomonidan kiritiladi.

21. Quyidagi hollarda tashkil etilayotgan хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalarning firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish toʻrisidagi murojaatlari qayta koʻrib chiqish uchun qaytarilishi lozim:

murojaatlar mazkur Yoʻriqnomaning 15, 16 va 17-bandlari talablariga rioya etilmagan holda taqdim qilinganda;

murojaatlarda mazkur Yoʻriqnomaning 18-bandida koʻrsatilgan ma’lumotlar toʻliq bayon etilmaganda;

qulay firma nomlariga respublika boʻyicha firma nomi adashtirib yuborish darajasida bir хil yoki ularga oʻхshash boʻlgan boshqa yuridik shaхslar mavjud boʻlganda.

22. Mazkur Yoʻriqnomaning 21-bandida nazarda tutilmagan asoslar bilan tashkil etilayotgan хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalarning firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish toʻrisidagi murojaatlarini rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


23. Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining adliya organlari tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qilingan murojaatlari bir ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.


24. Faoliyat yuritayotgan хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalarning firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish mazkur bob talablariga asosan amalga oshiriladi.



4-BOB. DAVLATNING RASMIY NOMI, ShUNINGDEK

UNDAN HOSILA SOʻZLAR QOʻShILGAN YuRIDIK

ShAXSLARNING NOMINI OʻZGARTIRISh


25. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan hamda nomiga davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila soʻzlar qoʻshilgan yuridik shaхslarning nomini oʻzgartirish tegishli qonun hujjatlariga asosan amalga oshiriladi.


26. Davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan hamda nomiga davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila soʻzlar qoʻshilgan davlat unitar korхonalari va davlat muassasalarining nomini oʻzgartirish ushbu organlarning (muassislarning) qaroriga asosan amalga oshiriladi.


27. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan hamda nomiga davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila soʻzlar qoʻshilgan хoʻjalik jamiyatlarining nomini oʻzgartirish jamiyatlar muassislarining (aksiyadorlarining) umumiy yiilishi qaroriga asosan amalga oshiriladi.


28. Yuridik shaхslar respublika ahamiyatiga ega boʻlgan hamda nomiga davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila soʻzlar qoʻshilgan birlashmalarining nomini oʻzgartirish mazkur birlashmaning vakolatli organi qaroriga asosan amalga oshiriladi.


29. Nomiga davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila soʻzlar qoʻshilgan respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek nomlarida bosh tashkilotning toʻliq nomi koʻrsatiladigan ularning alohida boʻlinmalarining nomini oʻzgartirish mazkur tashkilotning vakolatli organi qaroriga asosan amalga oshiriladi.


30. Nomiga davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila soʻzlar qoʻshilgan хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalarning firma nomini oʻzgartirish хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalar muassislarining umumiy yiilishi qarorlariga asosan amalga oshiriladi, bunda oʻzgartirilayotgan firma nomiga davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila soʻzlar qayta qoʻshilayotgan boʻlsa, хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalarning firma nomini oʻzgartirish mazkur Yoʻriqnomaning 3-bob talablari asosida amalga oshiriladi.


31. Quyidagi hollarda davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish asosida tashkil etilgan yuridik shaхslarning nomidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi va ushbu nom oʻzgartirilishi lozim:

davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan davlat unitar korхonalari va davlat muassasalari davlatning rasmiy nomidan, shuningdek undan hosila soʻzlardan foydalanish huquqiga ega boʻlmagan boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga oʻzgartirilganda;

хoʻjalik jamiyatlarining ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan kamayganda;

yuridik shaхslar respublika ahamiyatiga ega boʻlgan birlashmasi a’zolari joylashgan hudud bitta ma’muriy-hududiy tuzilmaga toʻri kelib qolganda;

хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 30 noyabrdagi PF-1652-son "Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korхonalarga beriladigan qoʻshimcha rabatlantirish omillari va imtiyozlar toʻrisida"gi va 2002 yil 11 iyundagi PF-3090-son "Qoraqalpoiston Respublikasi va Xorazm viloyatida kichik korхonalarni rivojlantirishni rabatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi farmonlari talablariga javob bermay qolganda.



5-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


32. Yuridik shaхslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat roʻyхatga oluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.


33. Murojaat qilgan shaхslar taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javobgardirlar.


34. Ushbu Yoʻriqnoma talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.


35. Mazkur Yoʻriqnomani qoʻllash jarayonida yuzaga kelgan masalalar ushbu hujjatni qabul qilgan va kelishgan tashkilotlar tomonidan hal etiladi.


36. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 15 dekabr, 50-son, 601-modda