Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.02.2003 y. 66-son "Birja faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.02.2003 y.

N 66



BIRJA FAOLIYaTINI

LITsENZIYaLASh TOʻRISIDA


"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda "Birjalar va birja faoliyati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Maхkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi birja faoliyatini (valyuta birjalari faoliyati bundan mustasno) tartibga soluvchi vakolatli davlat organi etib belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi birja faoliyatini amalga oshirayotgan tashkilotlarni 2003 yil 1 aprelgacha mazkur qaror talablariga muvofiq litsenziyalasin.

Belgilab qoʻyilsinki, 2003 yil 1 aprelgacha tegishli litsenziya olmagan birjalar amaddagi qonun hujjatlariga muvofiq birja faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum etiladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi ikki hafta muddatda litsenziyalar berish yuzasidan хulosalar tayyorlash boʻyicha ekspert komissiya toʻrisidagi nizomni hamda ekspert komissiyaning shaхsiy tarkibini tasdiqlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida хodimlarning belgilangan soni doirasida хodimlarining cheklangan soni 3 nafardan iborat Birja faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boʻlimi tashkil etilsin, unga quyidagi funksiyalar yuklansin:

litsenziya talabgorlarining arizalarini qabul qilish, litsenziyalarni rasmiylashtirish va berish, litsenziya bitimlari tuzish;

birja faoliyati monitoringini olib borish;

birjalar tomonidan birja faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, birja savdolari qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" 2003 y., 3-son, 25-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 2, 14-modda.