Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Umumta’lim muassasalarida oʻquv darsliklarining ijaraga berilishi, foydalanishdan chiqarilishi (utilizatsiya qilinishi), yoʻqotilishi hamda oʻtkazilgan inventarizatsiya natijalariga koʻra aniqlangan kamomadi bilan bogʻliq jarayonlarning hisobda aks ettirilishi hamda hisobotlarning topshirilishi boʻyicha

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

30.10.2008 y.

N YoT/03-04-04/173


XATI



Qoraqalpoiston Respublikasi

Moliya vazirligi, viloyatlar va

Toshkent shahar moliya boshqarmalariga


Nusхasi: Xalq ta’limi vazirligiga



Umumta’lim muassasalarida oʻquv darsliklarining ijaraga

berilishi, foydalanishdan chiqarilishi (utilizatsiya qilinishi),

yoʻqotilishi hamda oʻtkazilgan inventarizatsiya natijalariga

koʻra aniqlangan kamomadi bilan boliq jarayonlarning

hisobda aks ettirilishi hamda hisobotlarning

topshirilishi boʻyicha


   Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 1 iyundagi PQ-363-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek barcha umumta’lim muassasalari tomonidan oʻquv darsliklarining oʻquvchilarga ma’lum muddatga haq toʻlash sharti bilan ijaraga berilishi va ijara toʻlovlarining hisobda aks ettirilishi, oʻquv darsliklarining foydalanishdan chiqarilishi (utilizatsiya qilinishi), oʻtkazilgan inventarizatsiya natijalariga koʻra aniqlangan oʻquv darsliklarining kamomadi hamda ijaraga oluvchilar tomonidan oʻquv darsliklarining yoʻqotilishi bilan boliq operatsiyalarni hisobda aks ettirish boʻyicha joylarda (umumta’lim muassasalarida) ayrim savollar yuzaga kelmoqda.

Yuqoridagilarga aniqlik kiritish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan umumta’lim muassasalarida oʻquv darsliklarining ijaraga berilishi, foydalanishdan chiqarilishi (utilizatsiya qilinishi), yoʻqotilishi hamda oʻtkazilgan inventarizatsiya natijalariga koʻra aniqlangan kamomad bilan boliq jarayonlarning hisobda aks ettirilishi hamda hisobotlarning topshirilishi boʻyicha Koʻrsatma ishlab chiqildi (ilova qilinmoqda).

Moliya vazirligi Sizlardan ushbu Koʻrsatmani barcha umumta’lim muassasalariga yetkazishingizni hamda ijrosini doimiy nazoratga olishingizni soʻraydi.


Ilova _______ varaqda.



Vazir oʻrinbosari                                                     Yo. Tursunov