Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 01.04.1992 y. 158-son "Adabiyot va san’at asarlari nashri ommaviy ijrochilik va boshqa хildagi koʻrinishlarda foydalanilganlik uchun mualliflik stavkalari miqdori haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.04.1992 y.

N 158




ADABIYoT VA SAN’AT ASARLARI NAShRI

OMMAVIY IJROChILIK VA BOShQA XILDAGI

KOʻRINIShLARDA FOYDALANILGANLIK

UChUN MUALLIFLIK STAVKALARI

MIQDORI HAQIDA


Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 1992 yil 1 yanvardan boshlab adabiyot va san’at asarlari nashri ommaviy ijrochilik va boshqa хildagi koʻrinishlarda foydalanganlik uchun mualliflik stavkalari miqdori Oʻzbekiston SSSR Ministrlar Sovetining "Adabiyot va san’at asarlari nashri, ommaviy ijrochilik va boshqa хildagi koʻrinishlarda foydalanganlik uchun mualliflik stavkalari miqdori haqida" 1988 yil 16 noyabrdagi 428-son Qarorida belgilangan mualliflik stavkalari va 1991 yilda roʻznomalar va jurnallarga ajratilgan mualliflik fondlari miqdori ikki barobar koʻpaytirilgan holda qoʻllansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika byudjetidan Oʻzbekiston respublikasi Madaniyat vazirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi va davlat teleradioeshittirish kompaniyasiga koʻrsatilgan harajatlarni qoplash uchun mabla ajratsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      A.Mutalov