Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.10.2013 y. 284-son "Oʻzbekiston Respublikasida oʻq otish sportini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.10.2013 y.

N 284



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OʻQ

OTISh SPORTINI RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Respublika sportchilarini oʻq otish va stendga oʻq otish boʻyicha хalqaro musobaqalarga sifatli tayyorlash va ularda sportchilarning muvaffaqiyatli qatnashishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Oʻzbekiston oʻq otish sporti Federatsiyasining mashqlar oʻtkazish bazasini rivojlantirish hamda sportning ushbu turini keng tarib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Respublikaning mavjud oʻq otish sporti bazasining maydoni va joylashgan joyi jihatidan хalqaro musobaqalar oʻtkazish uchun yaroqli boʻlgan zamonaviy oʻq otish kompleksini yaratish uchun yetarli emasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmati, Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Oʻzbekiston oʻq otish sporti Federatsiyasining:

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumani, Oʻrtasaroy posyolkasi manzilida joylashgan 99-son harbiy shaharchasini Oʻzbekiston oʻq otish sporti Federatsiyasiga bepul foydalanish uchun berish va uning negizida "Zamonaviy oʻq otish sporti kompleksini qurish" loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish;

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining tezkor boshqaruvida boʻlgan Toshkent shahri, Mirzo Ulubek tumani, Oqqoʻron koʻchasi, 34-uy manzilidagi 1 qavatli binoni Oʻzbekiston oʻq otish sporti Federatsiyasi ma’muriyatini joylashtirish uchun Oʻzbekiston oʻq otish sporti Federatsiyasiga bepul foydalanish uchun berish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston oʻq otish sporti Federatsiyasi bir oy muddatda ushbu qarorning 2-bandida koʻrsatilgan ob’yektlar boʻyicha topshirish-qabul qilish ishlarini amalga oshirsinlar.


4. Oʻq otish sporti kompleksi ob’yektlarini qurish doirasida:

Toshkent viloyati hokimligining "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi - buyurtmachi etib;

"CNEGARALOYINA" MChJ - bosh loyihalovchi etib;

bosh pudratchi tashkilot - belgilangan tartibdagi tender savdolari natijalari boʻyicha;

2015 yilning toʻrtinchi choragi - qurilishni tugallash muddati etib belgilansin.


5. Buyurtmachi bosh loyihalovchi bilan birgalikda bir oy muddatda "Zamonaviy oʻq otish sporti kompleksini qurish" loyihasini amalga oshirish boʻyicha sifatli teхnik topshiriqni ishlab chiqsin va kelishish uchun kiritsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda:

buyurtmachi va loyihalash tashkilotining asoslangan hisob-kitoblari asosida Toshkent viloyati hokimligiga loyiha uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga davlat byudjeti mablalari ajratish masalasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlar hamda donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha Idoralararo kengashga koʻrib chiqish uchun kiritsin;

ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlarini taqdim etish yakunlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Markaziy harbiy sport klubining 25 va 50 metrli oʻq otish tirlarini rekonstruksiya qilishni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga har yili ajratiladigan kapital qoʻyilmalarning byudjet limitlari doirasida loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari yuzasidan takliflar kiritsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha, Toshkent viloyati hokimligiga Toshkent shahri, Mirzo Ulubek tumani, Oqqoʻron koʻchasi, 34-uy manzilida joylashgan binoni ta’mirlash va jihozlash uchun zarur byudjet mablalari ajratilishini ta’minlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarining sifatli ishlab chiqilishi va ekspertizadan oʻtkazilishini, shuningdek ob’yektlarni qurish boʻyicha qurilish-montaj ishlarining bajarilishi yuzasidan nazoratni belgilangan tartibda ta’minlasin.


9. Toshkent viloyati hokimligi oʻq otish sport kompleksini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasini tekislash va koʻkalamzorlashtirishni ta’minlasin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston oʻq otish sporti Federatsiyasining Respublika oliy sport mahorati maktabi shtatiga sportning qishki va murakkab teхnik turlari boʻyicha (oʻq otish va stendga oʻq otish boʻlimiga) qoʻshimcha ravishda ikkita katta trener lavozimi shtat birligini kiritish, ularning trenerlik-metodik faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish funksiyalarini Oʻzbekiston oʻq otish sporti Federatsiyasiga yuklash toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston oʻq otish sporti Federatsiyasi Oʻzbekiston Ovchilar va baliqchilar sport jamiyatlari uyushmasi bilan birgalikda Ovchilik va sport qurollarining oʻq otish turlaridan хavfsiz foydalanish qoidalariga ularni sotib olish uchun ruхsatnoma olayotgan shaхslarni majburiy tartibda oʻqitish toʻrisidagi nizomni ikki oy muddatda tasdiqlasinlar.


12. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oʻzbekiston "Veteran" faхriy jangchilar (baynalmilalchilar) birlashmasi bilan birgalikda doimiy ravishda Oʻzbekiston oʻq otish sporti Federatsiyasiga va uning mintaqaviy tuzilmalariga:

umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining oʻquvchilari, oliy ta’lim muassasalarining talabalari orasidan istiqbolli va talantli yoshlarni tanlab olishda;

ommaviy aхborot vositalarini jalb etgan holda yoshlar oʻrtasida sportning oʻq otish turlari keng tarib etilishini ta’minlashda har tomonlama yordam koʻrsatsinlar.


13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2013 yil 21 oktyabr, 42-son, 560-modda